1 yanvardan nima oʻzgardi
Shu yil boshidan koʻp sonli NHH va amaldagi hujjatlarga tuzatishlar kuchga kirdi. Norma.uz portali 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlarning sharhini taqdim etadi.
QQSni qaytarishda nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda
Davlat soliq qoʻmitasi QQS summalarini qaytarish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Eksport qiluvchilarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish davom ettiriladi
Eksport qiluvchilarga moliyaviy koʻmak, avvalgidek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
«Gʻalaba bogʻi» majmuasi Jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
Mudofaa vazirligining «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Denov tadbirkorlik instituti moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi
Institutga sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini beriladi.
Tibbiyot xodimlari attestatsiyadan ochiq-oshkora oʻtkaziladi
Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translyatsiya qilinadi.
Qanday xizmatlari uchun oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻldirildi.
IMEI-kodni roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, «GSMA (Global System for Mobile Communication Association)», «import qiluvchi», «qora roʻyxat» tushunchasi kengaytirildi va toʻldirildi.
Oliy ta’lim muassasalarida – kredit-modul tizimi
U 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab OTMda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga koʻmaklashgan shaxslar ragʻbatlantiriladi
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki unga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar uni olishlari mumkin.
2021 yilda soliq solishda katta oʻzgarishlar boʻlmaydi
Moliya vazirligi va DSQning «Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida»gi axborot xabari e’lon qilindi.
Xodimni muntazam “kasallik varaqasi”da boʻlishi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi?
“Xodim tez-tez kasal boʻladi va deyarli “kasallik varaqasi”da oʻtiribdi. Tabiiyki, u oʻz funksiyalarini barqaror bajara olmaydi. Shaxs qancha uzoq muddat “byulletenda” boʻlishi mumkin? Biz uni sogʻligʻi holatiga koʻra ishdan boʻshatishimiz mumkinmi?”
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarining vazifalari belgilandi
Ular orasida - zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila - muqaddas», «Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat», «Oila - jamiyat va davlat himoyasida» va «Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi» konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish.
Toshkent-Termiz avtomobil yoʻli uchastkalari rekonstruksiya qilinadi
Loyiha Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladi.
JB shaffof bozor iqtisodiyotiga oʻtishni qoʻllab-quvvatlaydi
Jahon banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi "Oʻzbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga oʻtishni rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish uchun qarz taqdim etadi.
Soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olish tartibida nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga (roʻyxatga) olish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Bir qator idoralarning byudjet boʻyicha vakolatlari kengaytirildi
Byudjet kodeksiga va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Fiskal strategiya va tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar
Bular nima va qanday ishlashi haqida Byudjet kodeksiga tuzatishlarda aytib oʻtilgan.
Byudjet sohasida yangi jarimalar joriy etiladi
MJTK va Byudjet kodeksiga bir qator tuzatishlar kiritildi.
Qurol uchun ruxsatnoma qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasi qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish uchun qanday chora-tadbirlar rejalashtirilmoqda
Bosh prokuratura tomonidan Vazirlar Mahkamasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Hujjat 3 yilga (2021–2023 y.) moʻljallangan. Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari Prezidentning 28.12.2020 yildagi PQ-4936-son qarorida nazarda tutilgan.
Byudjet jarayoni ochiq-oshkora boʻladi
30 dekabr kuni Prezident tomonidan «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Fevral oyida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, MHEKM va BHM miqdori oshiriladi
Qaror «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Elektromobillar va velosipedlar harakatini rivojlantirish qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasi avtomototransportni yollash va ijaraga berishni rivojlantirish, elektromobillar, mototransport va velosipeddan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Yaqin uch yillikka moʻljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlardan foydalanish darajasini monitoringdan oʻtkazadigan tuilma tashkil etildi.
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar qanday qoʻllaniladi
Oliy sud Plenumining 19.12.2020 yildagi «Cudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida»gi 35-son qarori qabul qilindi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va dehqonlar uchun qoidalar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


