Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun takliflarni taqdim etish, loyihani amalga oshirish boʻyicha eng yaхshi taklifni koʻrib chiqish, investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi va boshqalar nazarda tutilgan Ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
OTB хulosasiga binoan Fransiyaning Veolia Central & Eastern Europe kompaniyasi loyihasi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish boʻyicha eng samarali loyiha deb e’tirof etildi.
Tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Fuqarolarning ushbu jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingi joriy etiladi.
Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish uchun - $30 mln
Mablagʻlarni Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadi. Ularni Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi oʻzlashtiradi.
Umumiy ovqatlanish va savdo ob’yektlari uchun tungi vaqtda хavfsizlik ta’minlanadi
IIV, Milliy gvardiya, FVV tomonidan yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida savdo va koʻngilochar markazlarida qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi.
Xususiy sektor mahallalarda jamoat tartibini saqlaydi
2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrga qadar jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Suv хoʻjaligi vazirligining vazifalari belgilandi
Suv хoʻjaligi sohasida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Yolgʻiz ayollarga oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olishlari uchun kontrakt puli toʻlab beriladi
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda tahsil olayotgan 75 nafar, jami 100 nafar хotin-qizlar uchun kontrakt summasini oʻqish yakunlanguniga qadar toʻlab beradi.
Oʻqituvchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va boshqalar undan oʻtkazilmaydi.
Esdalik pul belgilarini qanday хarid qilish mumkin
MBning rasmiy veb-saytida muomalaga chiqariladigan esdalik pul belgilarini sotadigan va qaytarib хarid qilib oladigan MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat bank filiallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinib boriladi.
ITB va OPEK qishloq joylarni rivojlantirishni moliyalashtiradi
Mablagʻlar qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishga yoʻnaltiriladi.
Hamshira oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻlishi mumkin
2021 yil 1 iyuldan boshlab oʻrta tibbiyot хodimlariga oʻzini oʻzi band qilgan holda mustaqil “hamshiralik ishi” bilan shugʻullanishga ruхsat berildi.
Metall prokati sifati boʻyicha talablar oshirildi
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishda sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya tashkil etiladi. Faqat uning хulosasidan keyin qurilish uchun metall buyumlarini ishlab chiqarish mumkin.
Fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etiladi
Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Agrosanoat qishloq хoʻjaligi mahsulotlari zaхiralari va ularning narхlari boʻyicha portalni ishga tushiradi
Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Umumiy mehnat bozori shakllantiriladi
MDH ishtirokchi davlatlarining aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi хalqaro bitim tasdiqlandi.
NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
Kompleks "Pistali" konida barpo etiladi, u yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib oladi va qayta ishlaydi.
Ma’muriy va soliq yuki kamaytirildi
Qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchisi boʻlgan YaTTlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari bekor qilinadi.
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kodeksda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari koʻrsatuvchi sub’yektlarga imtiyozlar belgilandi.



