Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Ushbu reglament kemalarni roʻyxatga olish, hisobini yuritish, oʻzgartirish kiritish va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Restavratorlar malakasini oshirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi
Ma’muriy reglament bilan talabgorning malaka sertifikati olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza yoki hujjatlar topshirish tartibi belgilandi.
Ekologiya va madaniyat sohasida huquqbuzarlik haqidagi xabar uchun pul mukofoti miqdorlari belgilandi
Xususan, moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqbuzarlik haqidagi xabar uchun mukofot summasi BHMning 1 baravarini tashkil qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi
Besh yillik dastur aholi va tadbirkorlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilaydi.
Pensiyalarni hisoblash va toʻlash tizimi avtomatlashtiriladi
1 sentyabrga qadar xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish bekor qilinadi.
Oʻzbekistonda olimpiya harakati keng targʻib etiladi
Shu maqsadda har yili Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlgan sportchilar hayoti va faoliyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar tashkil qilinadi.
OTB avtomobil yoʻllari rekonstruksiyasiga 273,8 mln AQSh dollari ajratadi
Oʻzbekiston Respublikasi va OTB “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qarz bitimi imzolashdi.
Hukumat tomonidan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi
Ular soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soladi.
Davlat tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlaydi
Xususan, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini shartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida amalga oshirishda talab etiladigan oldindan toʻlov miqdori 100 foizdan 50 foizga kamaytirildi.
Jizzaxda Futbol akademiyasi tashkil etiladi
Akademiya qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab olish va tayyorlashga yoʻnaltirilgan nodavlat sport ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi
Xususan, hukumat tomonidan mazkur viloyatda aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
“Tashkent Pharma Park” ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish loyihasi amalga oshiriladi
U ikkita bosqichda qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish va amalga oshirish bilan roʻyobga chiqariladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash muddatlari tasdiqlandi
Dori vositalari guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish nazarda tutilgan.
Maishiy texnika mahsulotlarining qaysi turlari raqamli markirovkaga ega boʻlishi kerak
Maishiy texnika mahsulotlarini bosqichma-bosqich majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish muddatlari belgilandi.
Yoʻl harakati xavfsizligi qanday ta’minlanadi
2022 yil 1 dekabrdan boshlab haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
Hukumat tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Shu maqsadda Qozogʻistondan 100 ming tonna bugʻdoy xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilmoqda
U Samarqand davlat tibbiyot institutining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi
Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish universitetning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
Uning asosiy vazifalaridan biri veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi
Bir qator vazirliklar kelgusi yildan Xalq ta’limi vazirligining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblash tajribasini oʻzlashtiradi.
Xotin-qizlarning muammolari qanday hal etiladi
"Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun xarajatlar qoplab beriladi.
1 apreldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2022 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Muborak Ramazon oyi 2 aprel kuni boshlanadi
Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Soliq ma’murchiligidagi yangi mexanizmlar boʻyicha yil yakunigacha jarima qoʻllanmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, biznesni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Chet el fuqarolariga tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi
Fuqarolik kodeksiga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi: 2022 yilda qaysi sohalar tekshiriladi
Davlat organlari va tashkilotlariga NHHlarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni faol jalb qilish choralarini koʻrib borish topshirilgan.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi ekologiyasi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi
Ekologiya nazorati maqsadida, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, suv sathini barqaror saqlash boʻyicha ishchi guruhi tashkil qilingan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


