Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.01.22

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring qanday amalga oshiriladi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi qator NHHlar tasdiqlandi.

17.01.22

Turizm sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini nazarda tutuvchi tartib tasdiqlandi.

17.01.22

AXS boʻyicha bir yilda 48 ta bepul vebinar oʻtkaziladi

Ular Moliya vazirligining tashabbusi bilan Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi hamda “NORMA professional rivojlanish markazi” nodavlat ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

17.01.22

Chorvachilikni rivojlantirishga 100 mln yevro ajratildi

Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida "Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish" loyihasi Qoraqalpogʻistonda, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi

17.01.22

2022 yil uchun jamoa shartnomasi umumiy maketi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari organlaridan olingan takliflar hamda qonunchilikdagi yangiliklar asosida 2022 yil uchun jamoa shartnomasining umumiy maketi ishlab chiqildi.

14.01.22

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga baliq yetishtirishga ruxsat berildi

Baliq mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.

14.01.22

Elektron onlayn-auksionlar va tanlovlar: yangi normalar joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ijro hujjatlari boʻyicha ob’yektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va sotishning oʻziga xos xususiyatlari, elektron-auksion va tanlovni oʻtkazilmagan deb hisoblash va ularni takroriy oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi normalar kiritildi.

14.01.22

Meteorologik xizmatda qanday oʻzgarishlar boʻladi

«Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi, unda ushbu sohadagi asosiy tushunchalar, faoliyat prinsiplari, gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar hamda undan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilandi.

14.01.22

Samarqand davlat universiteti transformatsiya qilinadi

Universitet tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Muhandislik fizikasi instituti va OTMning Urgut filiali tashkil etiladi.

14.01.22

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida reyting baholash tizimi joriy etiladi

U 1 fevraldan boshlab eksperiment tariqasida oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkiloti faoliyatiga joriy etiladi.

13.01.22

Investitsiya loyihalari yangi shartlar boʻyicha amalga oshiriladi

Ular shundan iboratki, endi hududida loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotgan yer uchastkalarining mutlaqo barcha mulkdorlarining roziligini olish talab qilinadi.

13.01.22

Biznes-ombudsmanning huquqlari kengaytirildi

U ma’muriy huquqbuzarlikning ayrim turlarini koʻrib chiqish va jarima shaklida ma’muriy jazo qoʻllash huquqiga ega.

13.01.22

Texnikumlar a’lochilari OTMga suhbat asosida oʻqishga kiradi

Texnikumdagi butun oʻqish davrida a’lochilarda semestrlar yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5” va “4”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50%i (tibbiyot OTM uchun kamida 85%i) “5” boʻlishi kerak.

12.01.22

Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi tashkil etildi

Uning ta’sischisi - Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, uning vazifalari jumlasida esa - ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali Toshkent viloyati aholisiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3 marta hosil olishga erishishga koʻmaklashish.

11.01.22 NHH loyihalari
11.01.22

Koʻchmas mulkni baholashni qanday rejalashtirishmoqda

“Koʻchmas mulklarni davlat kadastr baholash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

11.01.22

Minimal iste’mol xarajatlari qiymati – oyiga 498 ming soʻm

Oʻtgan yilning may oyida ushbu koʻrsatkich 440 ming soʻmni tashkil qilgan.

11.01.22

Atom energiyasidan foydalanish sohasi xodimlari muntazam attestatsiyadan oʻtkaziladi

Rahbarlar - besh yilda bir marta, muhandis- texnik va boshqa ishchi xodimlar - bir yilda bir marta.

11.01.22

Poytaxtning yillik byudjeti 6,44 trln soʻmni tashkil qildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjeti tasdiqlandi.

10.01.22

YaIDXP orqali fuqarolikni olish mumkin

Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

07.01.22

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish: yangi qoidalar va talablar

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

07.01.22

Hunarmandlar imtiyozli kreditlar va subsidiyalar oladilar

2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning 500 mlrd soʻmi hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

07.01.22

Davlat byudjeti mablagʻlarining miqdorlari tasdiqlandi

2022 yilda soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi summasi 2021 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

06.01.22

Davlat byudjeti–2022: asosiy koʻrsatkichlar

«2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.

06.01.22

Transport vazirligining past rentabelli davlat korxonalari xususiy sektorga oʻtkaziladi

Ular investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ommaviy auksionlar orqali oʻtkaziladi.

05.01.22

Etil spirti ishlab chiqarishda davlat monopoliyasi bekor qilindi

Shuningdek, investitsiya va boshqaruv kompaniyalari uchun ularga berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.

05.01.22

Ekologiya idoralarining yangi vazifalari belgilandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.

05.01.22

"Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etiladi

Shuningdek, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi.

03.01.22

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki $200 mln ajratadi

Koronavirus pandemiyasi davrida biznesni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.