Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etiladi
U Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi, uning faoliyatini Qishloq xoʻjaligi vazirligi muvofiqlashtiradi.
Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish xususiy sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi
Haydovchilikka oʻqiyotganlar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, oʻquvchilarning davomatini nazorat qilish va ta’lim sifatini baholash uchun yagona axborot tizimi barpo etilmoqda.
Samarqand viloyatida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etiladi
“Mahallabay” ishlash markazlari tashkil etiladi, ularning vazifalari jumlasiga aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, kredit hamda subsidiyalar olishda koʻmaklashish va boshqalar kiradi.
Maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, maxsus qabulxonalarda saqlanishi va foydalanilishi taqiqlangan buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati yangilandi.
Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Tegishli buyruq ichki ishlar vaziri tomonidan imzolandi.
Haydovchilar endi avtomobil uchun ishonchnoma taqdim etishlari shart emas
Shuningdek, avtomototransport vositasining texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma taqdim etish bekor qilinadi.
Mansabdor shaxsga biriktiriladigan avtomobil qiymati belgilandi
Tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbarlariga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasining qiymati 2 000 BHMdan oshmasligi lozim.
BYuDni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Nizom dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibini reglamentlaydi.
Davlat ulushiga ega korxonalarning ixtisosli boʻlmagan aktivlari savdoga chiqariladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat mulki sifatida balans qiymatida oʻtkaziladigan va keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotiladigan ob’yektlar roʻyxati tasdiqlandi.
Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlar davom etadi
Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shtati 20 mingtaga oshiriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etildi
Uning vazifalari orasida - nogironligi boʻlgan shaxslarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish.
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasida mehmonlarni nima kutadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ushbu zonani rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Maktablarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan qanday foydalaniladi
Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan shaxslar reyestrga kiritiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrini yuritadi.
Milliy qonunchilik bazasi tizimlashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatoriga muvofiq tizimlashtirish boʻyicha ishlar boshlandi.
Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi
2022 yil 1 iyuldan boshlab davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
Transportda sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari oʻzgartirildi
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadi
Buning uchun xalqaro moliya institutlari hisobidan $150 mln jalb qilinadi.
Toshkent viloyatida «Nurafshon business city» quriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Aqlli shahar» konsepsiyasi boʻyicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish» investitsiya loyihasini «Nurafshon business city» konsepsiyasiga oʻzgartiriladi.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasini taqsimlash tartibi qayta koʻrib chiqildi, litsenziyalovchi organ nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talabgori va shartlariga rioya qilinishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazishga haqli boʻlgan muddat belgilandi.
Ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlanadi
Nafaqa 2021 yil 1 avgustdan boshlab toʻlanadi.
Mahsulot, tovar va xizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi
Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.
Muhtojlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik qoidalar tasdiqlandi
Qoʻllab-quvvatlash bandlikni ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, moddiy yordam hamda tibbiy xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.
Kunlik yurish uchun mukofot toʻlanadi
Mamlakat hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan Oʻzbekiston fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming soʻmdan oʻtkaziladi.
Ota-onalar bolalar bogʻchasi uchun qancha toʻlashadi
Badallarning tegishli miqdorlari hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Oʻsimlik yogʻi importi QQSdan ozod etildi
29.04.2021 yildagi “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-689-son Qonun qabul qilindi.
Fuqaro aviatsiyasi transformatsiya qilinadi
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar xalqaro aeroportlarning ijro etuvchi organi vakolatlari, istisno tariqasida, shartnoma asosida «Uzbekistan Airports» AJga beriladi.
Boks maktabi yangi darajaga olib chiqiladi
Turizm va sport vazirligi huzurida boks boʻyicha oliy sport mahorati maktablari davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


