Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
20.05.19

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlariga – imtiyozli ipoteka

Kredit EKIHning 3 000 baravari doirasida, muddati – kamida 15 yilga 5 yillik imtiyozli davr (faqat foizlar toʻlanadi) va 7% stavka bilan

20.05.19

XUMShning puli boʻlmasa, kredit boʻyicha qarzni hokimlik soʻndiradi

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

20.05.19

Samarqand viloyati: yangi yoʻllar, suv ombori va sement zavodi

Mazkur mintaqadagi qurilish ishlariga doir Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilindi (2019 yil 17 maydagi 412, 413, 415-son).

20.05.19

Sugʻurta boʻyicha kompensatsiya olish uchun onlayn iltimosnoma berish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda

20.05.19

Baliq ovlovchilar suv havzalari ijarasi uchun qancha toʻlaydilar

Baliq ovlash xoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash xoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

17.05.19 NHH loyihalari
17.05.19

Biznesni sun’iy ravishda boʻlishga yoʻl qoʻymaydilar

2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish strategiyasining loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi

17.05.19

Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

17.05.19

Bojxona bojini pasaytirish yoki imtiyoz olish toʻgʻrisida qayerga yoziladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

17.05.19

Investitsiya dasturi 3 yillik davrga qabul qilinadi

Prezidentning 14.05.2019 yildagi PF-5717-son Farmoni bilan Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning yangi tizimi joriy etiladi

17.05.19

Buxgalter boʻlishni xohlovchilar diqqatiga

«Norma» PRM «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif qiladi

16.05.19

Guvohnoma, attestat, sertifikat: qay koʻrinishda boʻladi va qanday beriladi

Vazirlar Mahkamasi umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning namunalari va ularni berish tartibini tasdiqladi

16.05.19

Navoiy viloyati hududi – erkin iqtisodiy zona

Prezidentning 2019 yil 15 maydagi tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan

16.05.19

Banklar iste’mol kreditining toʻliq qiymatini qanday hisoblaydilar

Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

16.05.19

Sement boʻyicha bojxona imtiyozi 1 oktyabrdan bekor qilinadi

2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi

15.05.19

Bolalar bogʻchalarining faoliyati oʻrganilib, maqbullashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 14.05.2019 yildagi «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 391-son qarori shunga yoʻnaltirilgan

15.05.19

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar tayyorlanmoqda

14 mayda Qonunchilik palatasida Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ning ijrosini monitoring qilish boʻyicha Ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

15.05.19

Biznes muammolarini hal etish – Hukumat nazorati ostida

Prezidentning 14.05.2019 yildagi «Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

15.05.19

Band boʻlmagan aholi yangi kasblarni egallaydi

Buning uchun DXSh shartlarida kasbga oʻqitish markazlari tashkil etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 394-son qarorida nazarda tutilgan

15.05.19

Oliy ta’lim muassasasiga kirish: birinchi yil bepul, keyin – 0,5 EKIH

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi islohot: biryoʻla uchtagacha yoʻnalishda tanlovda ishtirok etish mumkin; testlar iyul–avgustda oʻtkaziladi; ta’lim muassasalarini oʻtgan yillarda bitirgan abituriyentlardan toʻlov undiriladi va h.k.

15.05.19

Baxshichilik san’ati YuNESKOning nomoddiy merosi roʻyxatiga kiritiladi

Termizda Respublika markazi va Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning 14.05.2019 yildagi qarorida nazarda tutilgan

15.05.19

Til sertifikatlari sohiblariga – oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar

Vazirlar Mahkamasi 13.05.2019 yildagi «Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 395-son qarorni qabul qildi

15.05.19

MB va Visa raqamli toʻlovlar infratuzilmasini rivojlantiradi

Markaziy bank va VISA xalqaro toʻlov texnologiyalari kompaniyasi ushbu sohada Oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar

15.05.19

Mamlakatimizni rivojlantirish: kelgusi qadamlar

Oʻzbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi konsepsiyasining jamoatchilik eshituvlari boshlandi

14.05.19

Sudda ovoz yozib olish: nimalar oʻzgardi?

Fuqarolik protsessual kodeksning 208-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksning 165-moddasi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 143-moddasiga kiritilgan tuzatishlarni koʻrib chiqamiz

14.05.19

Ipoteka krediti ajratishning yangi tartibi joriy etiladi, imtiyozlar qayta koʻrib chiqiladi

Prezidentning 13.05.2019 yildagi «Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

13.05.19

Parlamentariylarga – uzaytirilgan ta’til, ishga joylashtirish kafolatlari

Mehnat kodeksi hamda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi

13.05.19

Oʻzbekistonda ishlash: keluvchi va taklif qiluvchilar uchun davlat xizmatlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashki mehnat migratsiyasi agentligi YaIDXPda 3 ta yangi interaktiv davlat xizmatini ishga tushirdi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.