Moliya vazirligi huzuridagi Kengash qanday soliq nizolarini koʻrib chiqadi
Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda Kengash tarkibi tasdiqlandi
Buxgalterning kasbiy koʻnikmalarini qay yoʻnalishda rivojlantirish kerak?
Malakali va yuqori maosh oladigan buxgalter boʻlish, jadal rivojlanayotgan, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritayotgan tashkilotda muvaffaqiyat bilan ishlash uchun qanday bilimlar zarur? Zarur bilim va koʻnikmalarni qayerda olish mumkin? Bunga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz
Oʻzbekistonda onlayn-NKM qanday texnologiya boʻyicha ishlaydi?
Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchinchi pilot loyihani boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu variant maqbulmi? Pilot loyihani amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Uslubiy tavsiyalar korporativ boshqaruv kodeksi boʻyicha ishlashga yordam beradi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi «Korporativ boshqaruv kodeksining ayrim qoidalariga rioya qilishga doir uslubiy tavsiyalar»ni ishlab chiqdi
Rasima Daniyarova: «BIR.UZ tanlangan mutaxassislik boʻyicha universal buxgalter boʻlishga imkon beradi»
BIR.UZ tizimida attestatsiyadan oʻtishga tayyorlanish jarayonida malakani oshirish va ishda koʻmak boʻladigan yangi bilimlarni egallashga imkon berdi. «EUROASIA -LIFE» sugʻurta kompaniyasining bosh buxgalteri Rasima Daniyarova attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin erishgan natijalari boʻyicha ayni shunday xulosa chiqardi
Elektron hisobvaraq-fakturalar bosqichma-bosqich joriy etiladi
15 oktyabrdan Chirchiq shahrida, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida eksperiment boshlanadi. Elektron hisobvaraq-fakturalarni butun mamlakat boʻylab joriy etish yuzasidan takliflar 2019 yil 1 fevralga qadar taqdim etiladi
«Innovatsion gʻoyalar yetakchisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
U har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi – «InnoWeek.Uz» doirasida topshiriladi
2019 yilda statistika hisobotlarini qachon topshirish taklif etilmoqda
Davstatqoʻm saytida keyingi yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari loyihalari e’lon qilingan
Maxsus jamgʻarma uzumchilikni rivojlantirishni moliyalashtiradi
«Oʻzsharobsanoat» tuzilmasida Uzumchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. U sohani rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi
Propiskada turganlik va turgan joyi boʻyicha hisobga olinganlik haqidagi manzil-ma’lumot axborotlari qanday olinadi
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti (VMning 4.10.2018 yildagi 797-son qarori) tasdiqlandi
Ctatistika hisobotlarini topshirish muddatlarini uzaytirsangiz!
Statistika hisobotlarini taqdim etishning belgilangan muddatlari mehnat qonunchiligi talablari va korxonaning biznes jarayonlari tizimini inobatga olmaydi. Shuning uchun uni uzaytirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi «Norma» eksperti Aleksandr Lobanov. Batafsil - sharhimizda.
DSQ yer soligʻi va YaYeSni hisob-kitob qilish uchun deklaratsiyalar shakllarini ishlab chiqdi
Ushbu hujjatlar soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar uchun yer soligʻi va yagona yer soligʻi summalarini hisoblab chiqarish boʻyicha servis xizmatlari ishga tushirilishi uchun zarur
Minovar Toʻlaxoʻjayeva: «Auditorlik tashkilotlari faoliyati ustidan tashqi nazoratning roli oshdi»
Yaqin orada Moliya vazirligi tarkibida auditorlik tashkilotlari ishining sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazuvchi boʻlim ish boshlaydi. Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi buni hozirdanoq amalga oshirmoqda. Uyushma raisi Minovar Toʻlaxoʻjayeva bu haqda batafsil soʻzlab berdi.
Jamoatchilik nazorati uchun Jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi
Prezidentning 5.10.2018 yildagi «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-3962-son qarori imzolandi
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasi Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamentini (VMning 4.10.2018 yildagi 797-son qarori) tasdiqladi
Yana 4 ta viloyatda paxta teruvchilarga ustama joriy qilindi
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 2018 yil hosilining qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta xom ashyosi uchun qoʻshimcha 100 soʻm naqd pulda ustama joriy qilindi
Bojxona brokerlari sugʻurtalanishi lozim
3.10.2018 yildagi OʻRQ–494-son Qonun bilan Bojxona kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Yoʻllarda velosipedchilar uchun maxsus yoʻlkalar barpo etiladi
2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda
Mahalladan tavsifnoma va ma’lumotnomalarning 3 ta turi bekor qilinmoqda
Ular orasida shaxsning yashash joyi boʻyicha yashayotganligi; shaxsning ishsizligi; bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida ma’lumotnomalar
Ishlovchi pensionerlarning qaysi biri toʻliq pensiya oladi
Ushbu sharhda 100 foiz pensiya olish huquqiga ega boʻlgan ishlovchi pensionerlar toifalarining toʻliq roʻyxati taqdim etilgan
Mikroqarzni bankda olish mumkin
«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida» va «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar (3.10.2018 yildagi OʻRQ-494-son Qonun) kiritildi
Yagona soliq toʻlovi: hisobotdagi oʻzgarishlar
Navbatdagi hisobot davri yakunlandi. Buxgalterlar soliq hisobotini tayyorlashga kirishdilar. Nogahon - kutilmagan holat. YaST boʻyicha hisobotda 2 ta yangi ilova paydo boʻldi. Bu haqda - sharhimizda
Tadbirkorlarga qanday interaktiv xizmatlar kerak
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi davlat xizmatlari sifati yuzasidan tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov yakunlarini chiqardi
Litsenziyalash: qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar (3.10.2018 yildagi OʻRQ-494-son Qonun) kiritildi
Saylovchilarning yagona roʻyxati mamlakatimiz koʻlamida kengaytiriladi
Prezidentning 4.10.2018 yildagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
2018/2019 oʻquv yilida Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 856 nafar tinglovchi malaka oshiradi
Ushbu sharhda malaka oshirishi lozim boʻlgan mansabdor shaxslar toʻgʻrisida, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqini saqlash, kontrakt puli, sutkalik, transport va yashash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida coʻz yuritamiz
Qutilar qayerda turishi shart
Hukumat joydagi qutilarning eng kam sonini, ular uchun mas’ul shaxslar roʻyxatini, shuningdek chiqindi toʻplash shoxobchalarini (chiqindilarni alohida toʻplash uchun turfa xil rangli konteynerlar) tashkil etish qoidalarini belgiladi
Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida
Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi intellektual mulk sohasini tartibga solishda muhim rol oʻynashi mumkin. Ushbu sharhda unda taklif etilayotgan patent vakillarining qayta attestatsiyalanishi koʻrib chiqiladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


