Barcha xohlovchilar muassislar, rahbarlar va biznes-sub’yektlarning koʻchmas mulki haqida Internetdan bilib oladilar
Bu Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» («Doing Business») hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan. Hujjat Prezidentning 13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarori bilan tasdiqlangan
Prezidentning 2 ta yangi hujjatida sud qarorlarini Internetda e’lon qilish nazarda tutilgan
PF–5482-son Farmonda va PQ–3852-son qarorda shu haqda soʻz yuritilgan. Ikkala hujjat 13.07.2018 yilda qabul qilingan
2021 yilgacha mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish taklif etilmoqda
2030 yilga kelib Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha 50 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kirishni koʻzlagan. QHTBT portalida Prezidentning «2021 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida»gi tegishli farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda
Nefrologiya va buyraklarni transplantatsiya qilish markazi tashkil etildi
Bu Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan amalga oshirildi
Shaxs identifikatsiyalanganda Wi-Fi xizmatidan foydalanish mumkin
Joriy yilning 12 oktyabridan yangi Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (roʻyxat raqami 3038, 10.07.2018 yil) joriy etiladi
Ibrohim Xudoyberganov: «Direktor.uz ni doʻstlarimga tavsiya qilaman»
Direktor.uz da deyarli 600 kishi roʻyxatdan oʻtishdi va ta’lim olishyapti. Ular orasida Toshkent shahridan Ibrohim Xudoyberganov ham bor. Norma.uz portali muxbiri undan resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradi
Xostellarga qoʻyilgan 18 ta pozitsiyadagi talab bekor qilindi
Qabul qilingan O’zDSt 3220:2017 «Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» standarti mamlakatimizda hamyonbop turizm rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda
Oʻsimliklar karantini: nimalarni olib kirish va olib chiqish taqiqlangan
«Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
Qum-shagʻal materiallarini qazib olish – «Xavfsiz daryo» DUK bilan hamkorlikda
Prezidentning 9.07.2018 yildagi «Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3841-son qarori e’lon qilindi
«Oʻzbekenergo» AJda moliyaviy sogʻlomlashtirish boshlandi
«Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha 2018 yilgi «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi. U Vazirlar Mahkamasining 6.07.2018 yildagi «Oʻzbekenergo» AJ tashkilotlari moliyaviy sogʻlomlashtirilishini va aktivlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 515-son qarori bilan tasdiqlandi
XUMShda ishlovchi pensionerlar toʻliq pensiya olishlari mumkinmi
Prezidentning 4.05.2018 yildagi PF–5430-son Farmoni 4-bandini koʻrib chiqamiz, unga muvofiq 1.06.2018 yildan boshlab nodavlat notijorat tashkilotlarida (NNT) ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi
YaIDXPda xususiy ta’lim muassasalari uchun yangi xizmat
YaIDXPda Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish mumkin
Voyaga yetmaganlarning xorijga chiqishi uchun ruxsatnoma olish tizimi bekor qilindi
Joriy etilgan tartibga koʻra, voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqishi uchun ariza-anketa bevosita ta’lim muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi, deya xabar beradi Toshkent IIBB
Bosh buxgalterning mehnati qanchaga baholanadi?
Bugungi kunda 10–15 million soʻm ish haqi oladigan bosh buxgalterlar kam emas. Shu bilan birga, bir million soʻm atrofida maosh oladiganlari ham bor. «Balans plyus» konsalting kompaniyasi bosh direktori Olga Igamratova bosh buxgalterlarning mehnat haqi miqdori haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi
«Buxoro-Agro» EIZda issiqxona xoʻjaliklari tashkil etganlarga imtiyozlar beriladi
Buxoro viloyatida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari qurilib, ularda tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtiriladi
Mehmonxonalarga «yulduzlar» yangi qoidalar boʻyicha beriladi
«Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK O’zDSt 3296:2018 «Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va shunga oʻxshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi» yangi standartini ishlab chiqdi. Joriy etish sanasi – 2018 yil avgust
DYHXX xodimlari yangi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 6.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 514-son qarorida shunday maqsad koʻzlangan
Xronometrajda aniqlangan naqd tushumni takroran kamaytirib koʻrsatish soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga tenglashtiriladi
1 oktyabrdan xronometraj natijalariga koʻra soliqlar qoʻshimcha hisoblanishi, bunday tartibda tushumni kamaytirib koʻrsatish takroran aniqlanganda esa ularni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida malakalanishi belgilangan yangilikni koʻrib chiqamiz
Bakalavriat va magistraturaning kunduzgi boʻlimlarida oʻqish qiymati ma’lum boʻldi
Kontrakt summasi EKIHda hisoblanadi. «Xalq soʻzi» gazetasining saytida shu haqda xabar berildi
Oʻzbekiston hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 5.07.2018 yildagi 504-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Davlat oʻsimliklar klinikalari tashkil etilishi va kelgusida faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
CCP Oʻzbekistondagi barcha yirik korxonalarni birlashtiradi
«Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
Qay darajada shikastlangan kupyuralar toʻlov uchun qabul qilinadi
MB valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida banknotalar muomalaga yaroqli yoki yaroqsiz deb hisoblanishiga sababchi boʻladigan shikastlanishlarning tuzatish kiritilgan roʻyxatini taqdim etdi (MB Boshqaruvining 29.06.2018 yilda 3029-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qarori)
«Oʻzbekneftgaz» tashkilotlari xodimlariga uy-joy sotib olishda yordam beradilar
Neft-gaz sohasi xodimlari uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalanib, uy-joy sotib olishlari mumkin boʻladi. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Iste’molchilar huquqini yangi davlat tuzilmalari himoya qiladi
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi, ishlab chiqaruvchilar va tovarlar nomenklaturasi boʻyicha ma’lumotlar bazalari, shuningdek Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida Prezident Farmonining tegishli loyihasi muhokama qilinmoqda
Biznes-ombudsman tergov hibsxonalariga moneliksiz kirishga hamda tergov qilinayotganlar va mahkumlarning murojaatlarini olishga haqli
Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013 y.) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga (roʻyxat raqami 2456, 13.05.2013 y.) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Tonirovkalashga ruxsat berishni taklif etmoqdalar: 15,5 mln soʻmdan ortiq haq toʻlashga toʻgʻri keladi
QHTBT portalida «Tonirovkalangan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi muhokama qilinmoqda
Davlat olimlarga ilmiy ishlanmalarni sotishda yordam beradi
QHTBT portalida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning «Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilina boshladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


