Qachon gaz uchun toʻliq toʻlashga toʻgʻri keladi
Vazirlar Mahkamasi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi. Eng asosiylari – ushbu sharhda
2019 yil 1 apreldan mobil qurilmalar IMEI boʻyicha roʻyxatga olina boshlaydi
Maqsad – mobil qurilmalardagi oʻziga xos identifikatsiya kodlari toʻgʻriligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, apparatlardan ularning egalarini ogohlantirmasdan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik va sifatsiz qurilmalar sotilishining oldini olish (VMning 22.10.2018 yildagi 847-son qarori)
Yangi qurilgan uyda koʻchmas mulk 1 soʻmga sotib olinganda poytaxt propiskasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 845-son qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Talabalar va yoshlarga ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga yordam beradilar
Fargʻonada Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etishga kirishildi. U Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi (VMning 17.10.2018 yildagi 832-son qarori)
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yil oxiriga butkul tashkil etiladi
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) 2021 yilning 1 dekabriga kelib butun respublikani qamrab oladi. Prezidentning 23.10.2018 yildagi «Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan mazkur tizimni tashkil qilish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi
YaTT qurilish materiallarini sotishlari, plastik deraza va eshiklar tayyorlashlari mumkin emas
2019 yil 1 yanvardan yangi Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati kuchga kiradi (VMning 22.10.2018 yildagi 850-son qarori)
VPN va Proxy jinoiy va ma’muriy sanksiyalar ostiga tushadimi
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan yangi moddalarini koʻrib chiqamiz (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun)
Tadbirkorlar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga yordam beradilar
Elektr energiyasi, shu jumladan, muqobil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarini yagona energetika tizimiga ulash reglamentga solinadi, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari esa oshiriladi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 23.10.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan
Biznesga noqonuniy aralashuv: ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi, jinoiy sanksiyalar kuchaytirildi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning XVI-1-bobi va Jinoyat kodeksining XIII1-bobiga kiritilgan tuzatishlarni koʻrib chiqamiz
Ziyovuddin Zokirov: «bir.uz yordamida bosh buxgalter boʻlaman»
Ziyovuddin Zokirov – 20 yoshda, u boshlovchi buxgalter. bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida ikkinchi urinishda «Hisob raqamlar boʻyicha buxgalter» mutaxassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtdim. 10 noyabrda ish haqi va xodimlar bilan hisoblashishlar boʻyicha mutaxassis malakasini tasdiqlovchi hujjatni olish uchun bir.uz imtihoniga yana keladi. Bugun u «Norma» portali muxbirining savollariga javob beradi
Soliq kodeksining yangi tahririni tayyorlash jadvaldan ortda qolmoqda
Jurnalistlar bilan uchrashuvda moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov ushbu axborot bilan oʻrtoqlashdi
Qanday qilib oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshash mumkin
Ish beruvchi ishdan boʻshash haqida ariza yozgan xodimga mehnat daftarchasini bermay, uni ushlab qolishga urinadi. Uning bunday xatti-harakat qilishi toʻgʻrimi? Ushbu materialda mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayev bu savolga javob beradi
Toʻlanmagan qarz miqdoriga qarab sanksiya qoʻllaniladi
22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun bilan MJTKning 198-1-moddasiga (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) tuzatishlar kiritildi
Giyohvandlik vositalarining analoglari qonun bilan ta’qib qilinadi
Hali giyohvandlik vositalari deb tan olinmagan, biroq kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra ularga oʻxshash boʻlgan, shuningdek ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan moddalar yuzasidan jinoiy sanksiyalar belgilandi (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun)
Ayrim YHQni buzganlik uchun jarimalar oshirildi
22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun bilan MJTKning bir qator moddalariga transportdagi ayrim huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshirilishini nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritildi
Bemorlarga asossiz ravishda rad javobi berganlik uchun yarim yildan keyin jarima solinadi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun jazo belgilangan modda kiritildi (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun). U 6 oy oʻtgach amalga kiritiladi
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini isloh qilishni taklif etdi
Loyihada – xodimlar reyestrini taqdim etishning yangi muddatlari, jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini bekor qilish, Xalq bankining tavakkalchiliklarini fuqarolar zimmasiga yuklash va jamgʻarmalarni olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani soddalashtirilgan tarzda berish
Toshkentda «Smart-siti» texnologiyalarini joriy etuvchi hamkor belgilandi
Rossiya kompaniyasi Oʻzbekiston poytaxtida «Smart-siti» loyihasini ishlab chiqish va joriy etish uchun blokcheyn-platformani taqdim etadi
Oziq-ovqat sanoati korxonalari boshqaruvini isloh qilish taklif etilmoqda
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mustaqil ravishda ishlab chiqarish hajmlarini belgilash, eksportni koʻpaytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ruxsat berilishi mumkin
Biznes va fuqarolar uchun elektr energiyasi qiymati qanchalik qimmatlashishi mumkin
Tadbirkorlik sub’yektlari uchun tariflarni 44,8-59,6%ga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda - Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasining yakuniy sharhida
QQS qanday hisoblanadi
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan, 2019 yil 1 yanvardan oboroti 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan barcha korxonalar tomonidan QQS toʻlanishi kutilmoqda. Kelajakni oʻylab ish tutadigan tadbirkorlar hozirdanoq xodimlarini rejalashtirilayotgan oʻzgarishlarga tayyorlash ishlarini boshlab yuborishgan. Bunda mutaxassislar uchun maxsus oʻquv kurslari tashkil qilish orqali «Norma» professional rivojlanish markazi oʻz hissasini qoʻshmoqda
Gaz uchun tariflar: biznes 2 baravar koʻp toʻlaydimi yoki atamalardagi chalkashlik
Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini koʻrib chiqishda davom etamiz
Konstantin Ivanov: «Kitoblarimizni sotib olishda masofa muammo tugʻdirmaydi»
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotida chiqarilgan kitoblarni mintaqalarda osongina sotib olish mumkin. knigi.uz internet-doʻkoni faoliyat boshlagan dastlabki oylar natijalari shundan dalolat berdi. Nashriyot direktori Konstantin Ivanov muxbirimizga bergan intervyusida bu haqdagi ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdi
16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisi 200 soʻmga qimmatlashishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtmoqda
Turistik toifadagi mashinalarni sertifikatlashtirish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasi Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqladi (VMning 13.10.2018 yildagi 824-son qarori)
Davlat va biznes oʻrtasidagi sheriklik – Moliya vazirligi huzuridagi Agentlik bilan kelishilgan holda
Prezidentning 20.10.2018 yildagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Aziz Abduhakimov: «Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta’lim markaziga aylanadi»
Toshkentda «Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar» Oʻzbekiston-Rossiya ta’lim forumi boʻlib oʻtdi, unda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining 82 nafar rektori va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar rektori qatnashdi. Forum yakunlariga koʻra Rossiyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari, qoʻshma fakultetlar, «Double degree» dasturlari, akademik ayirboshlash va stajirovkalar dasturlari tashkil etilishi toʻgʻrisida 134 ta hujjat imzolandi
XUMSh: yangi qonun loyihasida nimalar taklif etilmoqda
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi «Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini QHTBT portalida muhokama qilish uchun e’lon qildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



