Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga vakolatlarning bir qismi qaytarildi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–496-son Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Isitish mavsumi boshlanishi e’lon qilindi
16 oktyabrdan boshlab Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi. Hokimlikning matbuot xizmati hokim tegishli qarorni qabul qilgani haqida xabar berdi
Uy-joy buzilganda faqat mulkdorga kompensatsiya toʻlanadi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 27, 28-moddalariga kiritilgan tuzatishlarni koʻrib chiqamiz
Advokat soʻrovini koʻrib chiqish muddatlari tasdiqlandi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonun va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
«Buxoro-Agro» EIZga investitsiya qanday kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.10.2018 yildagi 803-son qarori bilan «Buxoro-Agro» EIZ uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalari paydo boʻladi
KSZ davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida tashkil etiladi
Chiqishga cheklovni olib tashlash uchun qancha aliment toʻlash kerak
Vazirlar Mahkamasining 6.10.2018 yildagi 808-son qarori bilan alimentlarni oldindan toʻlash va qarzdorning aliment toʻlash majburiyatini garov bilan ta’minlash tartibi tasdiqlandi
Davlat ekologiya qoʻmitasi tuzilmasida yangi muassasalar tashkil etildi
Idoraga uning hududiy boʻlinmalarini mustahkamlash uchun 404 shtat birligi ajratildi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlarining soni esa qisqartirilmoqda
Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar 1 noyabrdan oshiriladi
Indeksatsiya miqdori 10%ni tashkil etadi, ularning yangi belgilangan eng kam qiymati bilan ushbu sharhda tanishish mumkin
Xususiylashtirish soddalashtirildi, kunu tun ishlaydigan savdo, koʻngilochar va umumiy ovqatlanish zonalari tashkil etiladi
Prezidentning 11.10.2018 yildagi “Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi
«Akfa» universiteti mutaxassislarni xorijiy OTM dasturlari boʻyicha tayyorlaydi
QHTBT portalida Toshkent shahrida yangi xalqaro OTMni tashkil etish muhokama qilinmoqda. Bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida, shuningdek boshqa yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi
Tovarlarni tashishda qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilganda bojxona toʻlovlari soʻzsiz undiriladi
Ushbu sharhda - bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yoʻqotilganda yoki manzil bojxona postiga yetkazilmaganligi holatlarida import bojxona boji, QQS, aksiz soligʻi va bojxona yigʻimlarini undirish haqida
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi, yangi sanksiyalar joriy etiladi
10.10.2018 yildagi OʻRQ–495-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar kiritildi
Xususiy maktablar davlat namunasidagi attestatlarni beradi
Nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga keyingi bosqichdagi muassasalarda oʻqishni davom ettirish huquqini beruvchi attestatlar berish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasida shu nazarda tutilgan
Xavfli ob’yektlarning sanoat xavfsizligi qachon ekspertizadan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 784-son qarori bilan buyurtmachining ariza berish va xulosa olish tartibi, ekspertizani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari va holatlari belgilandi
Auditor boʻlish osonlashadi
Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi
Biznesni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasiga koʻra boʻladilar
Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.10.2018 yilda 3075-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Moliya vazirligi huzuridagi Kengash qanday soliq nizolarini koʻrib chiqadi
Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda Kengash tarkibi tasdiqlandi
Buxgalterning kasbiy koʻnikmalarini qay yoʻnalishda rivojlantirish kerak?
Malakali va yuqori maosh oladigan buxgalter boʻlish, jadal rivojlanayotgan, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritayotgan tashkilotda muvaffaqiyat bilan ishlash uchun qanday bilimlar zarur? Zarur bilim va koʻnikmalarni qayerda olish mumkin? Bunga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz
Oʻzbekistonda onlayn-NKM qanday texnologiya boʻyicha ishlaydi?
Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uchinchi pilot loyihani boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu variant maqbulmi? Pilot loyihani amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Uslubiy tavsiyalar korporativ boshqaruv kodeksi boʻyicha ishlashga yordam beradi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi «Korporativ boshqaruv kodeksining ayrim qoidalariga rioya qilishga doir uslubiy tavsiyalar»ni ishlab chiqdi
Rasima Daniyarova: «BIR.UZ tanlangan mutaxassislik boʻyicha universal buxgalter boʻlishga imkon beradi»
BIR.UZ tizimida attestatsiyadan oʻtishga tayyorlanish jarayonida malakani oshirish va ishda koʻmak boʻladigan yangi bilimlarni egallashga imkon berdi. «EUROASIA -LIFE» sugʻurta kompaniyasining bosh buxgalteri Rasima Daniyarova attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin erishgan natijalari boʻyicha ayni shunday xulosa chiqardi
Elektron hisobvaraq-fakturalar bosqichma-bosqich joriy etiladi
15 oktyabrdan Chirchiq shahrida, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida eksperiment boshlanadi. Elektron hisobvaraq-fakturalarni butun mamlakat boʻylab joriy etish yuzasidan takliflar 2019 yil 1 fevralga qadar taqdim etiladi
«Innovatsion gʻoyalar yetakchisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
U har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi – «InnoWeek.Uz» doirasida topshiriladi
2019 yilda statistika hisobotlarini qachon topshirish taklif etilmoqda
Davstatqoʻm saytida keyingi yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari loyihalari e’lon qilingan
Maxsus jamgʻarma uzumchilikni rivojlantirishni moliyalashtiradi
«Oʻzsharobsanoat» tuzilmasida Uzumchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. U sohani rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi
Propiskada turganlik va turgan joyi boʻyicha hisobga olinganlik haqidagi manzil-ma’lumot axborotlari qanday olinadi
Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti (VMning 4.10.2018 yildagi 797-son qarori) tasdiqlandi
Ctatistika hisobotlarini topshirish muddatlarini uzaytirsangiz!
Statistika hisobotlarini taqdim etishning belgilangan muddatlari mehnat qonunchiligi talablari va korxonaning biznes jarayonlari tizimini inobatga olmaydi. Shuning uchun uni uzaytirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi «Norma» eksperti Aleksandr Lobanov. Batafsil - sharhimizda.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



