«Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi testlar yangilandi!
«Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi elektron testlarning navbatdagi yangilangan versiyalari chiqarildi
Investitsiyaviy forum yakunlari
Poytaxtda oʻtkazilgan Forum doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolandi. Boshqa yangi loyihalar boʻyicha ham muzokaralar davom etmoqda
Toshkentda 2 ta koʻrgazma oʻtkaziladi
2015 yil 18 noyabrdan 20 noyabrga qadar “Oʻzekspomarkaz”da ikkita ixtisoslashtirilgan koʻrgazma: «Sport World Uzbekistan» (sport asbob-uskunalari, inventari va sport kiyimlari) va “Bolalik olami” (bolalar va oʻsmirlar uchun tovarlar va xizmatlar) oʻtkaziladi
Poytaxt koʻchalarida rejali qazish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2015 yilning noyabr oyida Toshkent shahrining koʻchalarida rejali qazish va ta’mirlash ishlari olib borilishi moʻljallanmoqda, – xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.
YHQ buzilishini videoqayd qilish: advokat mulohazasi
Toshkentda yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto- va videoqayd qilishning maxsus vositalari oʻrnatilmoqda. Ba’zilar bu uchastkalarda “Videoqayd qilish” belgisi oʻrnatilishi hamda tegishli yoʻl belgisi chizilishi kerak deb hisoblashmoqda
«Oʻzbekenergo»da bevosita muloqot xizmati
«Oʻzbekenergo» AJ energetika tizimining Call-markazi ochilishi toʻgʻrisida e’lon qildi, xabar beriladi e-kommunal saytida
Yuklarni joʻnatish. 1-qism: pochta joʻnatmalari
Shunday boʻladiki, siz boshqa shahar yoki qoʻshni mamlakatga ichida kitoblar bilan kichkina paketni, shaxsiy ashyolaringiz bor qopchani yoki hatto mebel garniturini joʻnatishingiz zarur boʻladi. Kimning xizmatidan foydalangan ma’qul, ular qanday shartlarda xizmat koʻrsatishadi – bu savollarni yuklarni turli usullarda joʻnatishga bagʻishlangan materiallar turkumida koʻrib chiqamiz
Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida
Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” Qonunning ijrosini oʻrganish natijalari muhokamasiga bagʻishlangan majlis oʻtkazildi
Lotereyalar yoʻriqnomaga asosan oʻtkaziladi
Moliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 28 oktyabrda 2724-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Sportchi, trener va hakamlarga qoʻyiladigan talablar oʻzgardi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi bilan Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritildi
Rejadan tashqari oʻquv mashgʻulotlariga haq toʻlanadi
Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilarining namunaviy shaxsiy yillik ish rejasiga oʻzgartirish kiritildi
Hujjatlar muhrsiz ham olib qoʻyiladi
Davlat soliq qoʻmitasining qarori bilan Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi
Abituriyentlar uchun testlarning narxi oʻzgardi
2015 yil 2 noyabrdan amal qiladigan yangi prays-listni taqdim etamiz
Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi bepul seminarlar oʻtkazadi
Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi OʻBFning amaldagi a’zolari va aksiyadorlik jamiyatlarining MHXSni joriy qilish departamentlari rahbarlarini har yili oʻtkaziladigan “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga bagʻishlangan kuzgi oʻqishlar” nomli bepul seminarlarga taklif qiladi
Yillik Investitsiyaviy forum shu hafta oʻtkaziladi
An’anaviy Xalqaro investitsiyaviy forum 5–6 noyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxtida oʻtkaziladi. Tadbir xorijiy investorlarga amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston bozorida oʻsishning yangi imkoniyatlarini ochish imkonini beradi
Yangi kasblar kiritildi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi bilan Vazirlar Mahkamasining 19.06.2015 yildagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
2016 yil uchun ish vaqti hisoblandi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi yillik ish vaqti fondi hisobi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqdi
Men – frilanser! Ijobiy va salbiy jihatlari
Odatda frilanserlar – bu Internetda ish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar: sayt dizaynerlari, kontent-menejerlar, SEO-optimizatorlar va boshqalar. Biroq shtatga rasmiylashririlmagan buxgalter, yurist yoki xodimlar boʻlimi mutaxassisi ham xuddi oʻsha frilanserlardir
Korporativ boshqaruv markazi nima bilan shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.10.2015 yildagi 305-son qarori bilan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining qator hujjatlari tasdiqlandi
Qimmatli qogʻozlar egalari haqidagi axborot ochiq boʻladi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi bilan Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oʻzbekiston poytaxtida koʻchalar nomi oʻzgardi
Oʻzgartirishlar Toshkent shahar Kengashining 14.10.2015 yildagi 55/7-5-son qaroriga asosan amalga oshirildi
Yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartasi: cheklov, biroq
Qonunchilikka asosan tadbirkor cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqiga ega boʻlsada, binobarin uning plastik kartasidagi mablagʻlardan foydalanishi yuzasidan cheklovlar mavjud
Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida 2016 yilga moʻljallangan “Byudjetnoma” – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi
Tadbirkorlar uchun “yagona darcha”: u qanday ishlaydi?
2016 yil 1 yanvardan boshlab e’tiboran davlat organlari tomonidan 16 ta ruxsat berish tusidagi xizmat tadbirkorlarga “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladi
IDXYaP orqali yuridik shaxslar uchun barcha soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish mumkin
“Yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlar ma’lumotnomasi” – Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan yangi avtomat tarzdagi xizmat shunday nomlanadi
«Doing Business-2016»: Oʻzbekiston pozitsiyalarini yaxshiladi
«Doing Business–2016» Reytingiga asosan: Jahon banki mutaxassislari tomonidan tuzilgan biznesni yuritish qulayligi boʻyicha tartibga solish sifati va samaradorlikni oʻlchash natijasiga koʻra jahonning 189 mamlakati ichida Oʻzbekiston 87 pozitsiyani egalladi
Homiylik majburiy tarzda boʻlmaydi
Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.2015 yildagi Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida materiallar siklini davom ettiramiz
Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi... Mavzuning davomi
Jamiyat qatnashchilari tarkibi oʻzgarganda, ular chiqib ketganda yoki yangi ishtirokchi qabul qilinganda koʻpincha taqsimlanmagan foyda bilan qanday yoʻl tutish zarurligi haqida savollar yuzaga keladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Volontyorlik kadrlar zaxirasiga va ishga kirishga yordam beradi
Faol volontyorlar davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritiladi, volontyorlik faoliyati uchun esa ehtiyojlarga sarflash mumkin boʻlgan «ijtimoiy tokenlar» hisoblanadi. «Fidoyi volontyor» koʻkrak nishoni ta’sis etilmoqda.
Qoraqalpogʻistonda 5 mlrd dollar investisiya jalb etish va 513 mingta ish oʻrnini yaratish rejalashtirilmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 2027 yilda investitsiyalar hajmini ikki baravarga oshirib, 5 mlrd dollarga yetkazish, eksportni 550 mln dollarga oshirish, 513 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda yangi sanoat, qishloq xoʻjaligi va IT-loyihalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirildi
Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.
Suv omborlari hududida turizm ob’yektlarini tashkil etishga doir talablar belgilandi
Suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Dam oluvchilarning xavfsizligi, suv resurslarini muhofaza qilish va ekologik infratuzilmaga oid talablar belgilandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


