Siz Oʻzbekistonning eng yaxshi buxgalteri yoki auditori ekanligingizni qanday tasdiqlash mumkin
“Eng yaxshi buxgalter - 2021”, “Eng yaxshi auditor - 2021” va “Eng yaxshi ichki auditor - 2021” tanlovlarida ishtirok eting.
Mustaqillik kuni bayramida qancha dam olish kunlari boʻladi
Barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, 5 kunlik dam olish kunlari taqdim etiladi.
Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi
Ular rasmiy sanalarni nishonlash va dam olish kunlarini koʻchirish davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar tufayli 8 sentyabrga qadar uzaytiriladi.
Ta’lim kreditlari qanday beriladi
Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi qanday faoliyatni amalga oshiradi
Jamgʻarma vazifalari jumlasiga qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini maqsadli mablagʻlar hisobidan stajirovka oʻtash orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirish ham kiritildi.
Harbiy-akademik litseyga kiruvchilar qat’iy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun mudofaa ishlari boʻlimlari huzurida tibbiy komissiyalar tuziladi.
Suv ob’yektlarining xavfsizligi ta’minlanadi
Suv xoʻjaligi ob’yektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi qator hujjatlar qabul qilindi.
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar oshiriladi
Prezident tomonidan 17 avgust kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Tovarni almashtirish/qaytarishdagi muammolarni qanday chetlab oʻtish mumkin
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi» – supermarketlar yoki kiyim-kechak va poyabzal doʻkonlarida aynan shunday ogohlantiruvchi yozuvlarni uchratish mumkin. Bu qonuniymi? Bunday vaziyatda iste’molchi qayerga murojaat qilishi kerak?
Nogironligi boʻlgan shaxslar protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanadi
2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasi ishga tushiriladi. U protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalariga muhtoj boʻlgan shaxslarning shaffof elektron navbat tizimini ta’minlaydi.
DipIFR ACCA diplomiga ega mutaxassislar soni ortmoqda
21 iyunda boʻlib oʻtgan ASSA a’zoligi doirasida oʻtkaziladigan imtihonlarga 182 nafar nomzod roʻyxatdan oʻtgan.
Kam ta’minlangan oilalarga kuni uzaytirilgan guruhlar uchun toʻlov qoplab beriladi
Mablagʻlar "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasidan ajratiladi.
Mudofaa vazirligining foydalanilmayotgan avtomototransporti auksion orqali sotiladi
U Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilariga yopiq auksionlar oʻtkazish orqali sotiladi.
MTTdagi inklyuziv guruhlarda qanday ta’lim beriladi
Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish uchun chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Surxondaryo viloyatini rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi
Ular aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, bandlikni ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirishni oʻz ichiga oladi.
ITIM oldiga qoʻshimcha vazifalar qoʻyildi
Markaz joylarda mavjud resurslar bazasini oʻrganish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Vazirlar Mahkamasining boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi
Hujjatlar nazorat va ijro intizomi, AKTni joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimlari faoliyatini tartibga solishga yoʻnaltirilgan.
Elektromobillarda alohida roʻyxatdan oʻtkazish raqam belgilari boʻladi
Elektrdvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport uchun alohida farqlovchi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
DXSh loyihalari qanday moliyalashtiriladi
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi.
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili instituti ta’sis etildi
Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Nomzod Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kv.metrdan kam boʻlmagan 1 kvartiralar ajratiladi.
«Rasmiy statistika toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
«Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi
Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ular moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.
Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar toʻlash tartibi oʻzgardi
Chora-tadbirlar kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Gʻallaorol, Kogon va Urgut oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etildi
Oʻrmon xoʻjaliklari Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tashkil etildi va tegishincha 37 870, 1 000 va 10 577 ga maydonga ega.
Jarimalar miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda
«Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tibbiy yordam koʻrsatishda davolash muassasalarida nimalar boʻlishi kerak
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Faoliyat mavjud emasmi - xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar reyestridan chiqarishadi
3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqariladi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


