Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.09.19

Migratsiya bosh boshqarmasining sayti interaktiv xizmatlar bilan ishga tushirildi

Vazifasi - Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, Oʻzbekistonda boʻlish hamda mamlakatdan chetga chiqish uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishtirish va ma’lumot berish.

09.09.19

Atrof tabiiy muhitning monitoringi kengaytiriladi

Unga yangi komponentlar kiritildi: kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi.

09.09.19

Namangan viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi

U Mingbuloq va Pop tumanlarida qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi 19 ta korxonadan tashkil topgan.

09.09.19

Qurilish qiymati oshib ketgan boʻlsa nima qilish kerak

Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlarining hisoblangan qiymatini koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi.

09.09.19

OPEK jamgʻarmasi Namangan viloyatida suv ta’minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi

Loyiha TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan.

07.09.19

Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tuzatish kiritildi

Saylov tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi.

07.09.19

Kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni berish nazoratga olinadi

2019 yil 1 dekabrdan boshlab ular muomalasining yangi tartibi joriy etiladi. 2020 yilda dorixonalar uchun qoʻshimcha litsenziya talabi paydo boʻladi.

07.09.19

YaTT va fermer xoʻjaliklari: qachon hisobvaraqdan naqd valyutani yechish mumkin

Prezidentning 2019 yil 5 sentyabrdagi PF-5811-son Farmoni bilan davlat rahbarining ayrim hujjatlariga tuzatishlar kiritildi.

07.09.19

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarning ishga joylashishi toʻgʻrisida hisobot beradilar

2019/2020 oʻquv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi.

07.09.19

Yangiyoʻl KSZ kengaytiriladi

Uning tarkibiga Yangiyoʻldagi foydalanilmayotgan ob’yektlar va uchta korxona hududi qoʻshiladi.

07.09.19

Onlayn-NKM yoki virtual kassa – tadbirkor tanloviga koʻra

Savdo (xizmat koʻrsatish) shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan ma’lumotlar almashinuvi platformasi – virtual kassalar onlayn-NKM qatorida joriy etiladi.

07.09.19

Madaniy merosni muhofaza qilish: litsenziyalash joriy etiladi, jarimalar oshiriladi

Qonunchilikka moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga oid tuzatishlar kiritildi.

07.09.19

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish osonlashdi

Tegishli arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi yangi xizmat yordamida yuborish mumkin.

07.09.19

Diplomni YaIDXP orqali tasdiqlash mumkin

Portalda yangi interaktiv xizmat – xorijda berilgan umumiy oʻrta yoki oʻrta ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza berish xizmati taqdim etiladi.

07.09.19

Yer osti suvlariga quduq burgʻulovchilar uchun yangi xizmat

1 sentyabrdan boshlab yer osti suvlariga quduq burgʻulash uchun ruxsatnomaga buyurtmani YaIDXP orqali berish mumkin.

07.09.19

Raqamli iqtisodiyot sohasida doktorlar tayyorlash boshlanadi

Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi qoshida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.

07.09.19

Aqtau shahrida Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Konsullik okrugiga Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe, Atirau, Mangʻistau va Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatlari kiradi

07.09.19

Suv ta’minoti tizimining bir qismi tadbirkorlarga beriladi

Oʻzbekiston Prezidenti 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

06.09.19

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagoglari qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

06.09.19

Bosh prokuratura Akademiyasiga kimlar oʻqishga qabul qilinadi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi tasdiqlandi

06.09.19

Talaba-kontraktchining oʻqishi qanchaga tushadi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi 2019/2020 oʻquv yili uchun kontraktlar qiymatini e’lon qildi.

06.09.19

Barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan tillarni oʻqitish maktablari ochiladi

Vazirlar Mahkamasi 21.08.2019 yildagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 701-son qarorni qabul qildi.

06.09.19 NHH loyihalari
06.09.19

Buzilishlar – xalq deputatlari Kengashlari qaroriga koʻra

QHTBT portalida fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari yerlarini olib qoʻyish va mulklarini buzish, shuningdek ularga kompensatsiya taqdim etish mexanizmini tartibga soluvchi hujjat loyihasi joylashtirilgan.

05.09.19

Yangi Soliq kodeksi qanday qilib QQS neytralligini ta’minlaydi

Nazariyada, qoʻshilgan qiymat soligʻi ideal soliq hisoblanadi. Uni toʻlash yukni pirovard iste’molchi koʻtaradi. Biroq koʻpchilik tadbirkorlar u yoki bu holatda ham tushumning bir qismidan ayrilishlariga toʻgʻri kelganligi sababli QQSni toʻlaymiz deb hisoblashadi.

05.09.19

«Oʻzbekkosmos» agentligi tashkil etildi

Mazkur davlat boshqaruvi organi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi

05.09.19

IIV boʻlinmalarida ovqatlanish – autsorsing asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

05.09.19

Jins boʻyicha kamsitishga duch keldingizmi – shikoyat qiling

2.09.2019 yildagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-562-son Qonun kuchga kirdi.

05.09.19 NHH loyihalari
05.09.19

Tovarlarni markirovkalash: qanday joriy etiladi

Sentyabr oyida tovarlarni markirovkalash va kuzatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishning pilot loyihasini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu DSQ tomonidan ishlab chiqilib, QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan hujjat loyihasidan kelib chiqadi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.