Maktabgacha ta’limda oʻzgarishlar kutilmoqda
Mamlakatimiz maktabgacha ta’limida ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks loyiha amalga oshirilmoqda
Ma’muriy jarimaning 70%ini toʻlang - qolgani «kechiriladi»
Qonunchilik palatasining 22 iyulda boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorida ilmiy konsultant boʻladi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Kirish imtihonlariga ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazlarida beriladi
Endi ruxsatnomani olish uchun yaqin oradagi DXMga 24/7 rejimida murojaat qilish mumkin.
Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnika universitetining filiali ochiladi
Oʻzining birinchi talabalarini u 2020/2021 oʻquv yilida qabul qiladi.
Advokatni sud orqali litsenziyadan mahrum qilish mexanizmi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqildi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga doir axborot – foydalanish uchun ochiq
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborot vazirliklar va idoralarning hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomlarning yangi namunalari tasdiqlandi
Ular 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.
«Tonirovka» hamma uchun: deputatlar masalani hal etishdi
“Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari tomonidan eng maqbul yoʻl sifatida avtomobil oynalarini termal plyonka bilan qoplashga ruxsat berish taklif etilmoqda. Ularni Vazirlar Mahkamasi, DYHXX va «Oʻzstandart» agentligi mutaxassislari ham qoʻllab-quvvatlashmoqda.
Yetimlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi normalar bitta hujjatda jamlanadi
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Oʻzbekiston yangi lokomotivlar xarid qiladi
2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSh dollarini sarflash koʻzlanmoqda
Fargʻona vodiysida qishloq biznesini rivojlantirish uchun - $300,6 mln
Umumiy qiymati 300,6 mln AQSh dollari boʻlgan “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi
Qaysi maktab – sizniki?
Yangi xizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga oʻzlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.
Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgarmadi
Markaziy bank Boshqaruvi 20 iyuldagi qarori bilan qayta moliyalashtirish stavkasini yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga 30 yil
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
FHDYo yagona elektron arxivining 36,8%i shakllantirildi
60 mln dalolatnoma yozuvlaridan 20,1 mln dan ortigʻi raqamlashtirilib elektron arxivga kiritildi, FHDYo yagona elektron arxivi fondini shakllantirish 2021 yil oxirigacha yakunlanadi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlariga – imtiyozli avtokreditlar
Ularni berish shartlari va tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi 596-son qarorida belgilangan.
Mamlakatimiz turistik industriyasiga nimalar kiradi
“Turizm toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda e’lon qilindi (18.07.2019 yildagi OʻRQ-549-son Qonun). U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Mahalliy avtosanoat qanday rivojlanadi
Asosiy ustuvorliklar Prezidentning 2019 yil 18 iyuldagi qarorida belgilangan.
Ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga quduqlarni burgʻulashga subsidiyalar qanday ajratiladi
Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi tasdiqlandi.
Ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda qanday daromadlar hisobga olinmaydi
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Mamlakatda Internet sohasidagi BIMT shartnomalari amal qila boshladi
1996 yil 20 dekabrda Butunjahon intellektual tashkiloti doirasida qabul qilingan ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.
Bank mijozlariga – yanada koʻproq huquq va imkoniyatlar
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar 2019 yil 16 oktyabrdan kuchga kiradi.
NKMK sohaga oid boʻlmagan aktivlardan xalos boʻlmoqda
Ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilinmagan ob’yektlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga beriladi
Psixolog mos keladigan kasb tanlashda yordam beradi
Vazirlar Mahkamasi 12.07.2019 yildagi “Oʻquvchilarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 577-son qarorni qabul qildi.
Istiqbolli startaplarga – ilgari siljitish va moliyalashtirish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERI talab etilmaydi
Davlat xizmatlari agentligi qonun hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritilishi boʻyicha tashabbus koʻrsatdi.
Qorakoʻl maktab-internati sport zaxiralarini tayyorlaydi
Buxoro viloyatida sportning olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaxiralarini shakllantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


