Mudofaa sanoati agentligi tashkil etiladi
Uning vazifalari jumlasiga – harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish, yoʻq qilish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi mudofaa ahamiyatiga ega tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tartibga solish kiradi.
Chet ellik mutaxassislar masofadan turib ishlaganda nimalarni inobatga olish zarur
Agar xodim yil davomida ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar olgan boʻlsa, uning ish yili tugashi davri suriladimi? Agar - surilsa, aniq qanday kunlar soniga? Xodimning ish yilini hisoblash tartibi qanday?
“Elektron shahodatnoma” axborot tizimi joriy etilmoqda
Maktab shahodatnomalarini onlayn yuklab olish mumkin boʻladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etuvchi fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti boʻyicha choralar belgilandi
Huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etgan va tan jarohati olgan fuqarolarga bir martalik nafaqa tayinlanadi.
2023 yilgi bonuslar: kimga va qancha taqdim etiladi
2023 yilda dasturiy mahsulotlardan foydalanuvchilarga qanday bonuslar taqdim etiladi?
Aholining biznes tashabbuslari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trln soʻm yoʻnaltiriladi.
Chet elliklarni vaqtinchalik roʻyxatga olish boʻyicha talablar soddalashtirilmoqda
Endilikda mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olish uchun ichki ishlar organlaridan ruxsat olish talab etilmaydi.
Konsert-tomosha faoliyati uchun davlat boji kamaytirildi
Elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta’sischilarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʻladigan munosabatlariga ta’sir oʻtkazish qat’iyan man etiladi.
Banklarga kredit boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar taqdim etish vazifasi yuklatilmoqda
Xususan, banklar kredit olishdan oldin uni muddatidan oldin toʻlash tartibi toʻgʻrisida iste’molchini xabardor qilishlari shart.
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etiladi
Uning vazifalari jumlasiga – ilmga asoslangan, xalqaro tan olingan sifat standartlarini – Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalarni joriy eta oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash kiradi.
Agar sud ishdan boʻshatishni noqonuniy deb tan olsa
Xodimni mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun ishdan boʻshatishmoqchi, ammo buning uchun asoslar yetarli emas. Xodim esa ishdan boʻshatilgan taqdirda sudga murojaat qilishi haqida allaqachon ogohlantirgan. Uning ishga tiklanishi qanday moddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin?
1 fevraldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirishga – 300 mln AQSh dollari
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi «Agrobank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB va AT Xalq bankiga mablagʻlar ajratmoqda.
Yosh bolali xodimalar uchun qoʻshimcha ta’til haqidagi savollarga 9 ta javob
Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ota-onadan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) har yili toʻrt kalendar kundan kam boʻlmagan davomiylikda haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.
MBning qayta moliyalashtirish stavkasi 15% darajada saqlanib qoldi
Qaror Markaziy bank Boshqaruvining 26 yanvardagi yigʻilishida qabul qilindi.
Ijro xokimiyati organlari xodimlari qisqarmoqda
Vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalardagi jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 56 573 shtat birligini tashkil etadi.
Keyinchalik ishdan boʻshatish sharti bilan ta’til qanday taqdim qilinadi
Xodim 8 oy-u 14 kun ishlagandan soʻng, keyinchalik ishdan boʻshatish sharti bilan mehnat ta’tilini taqdim qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qildi. Ushbu tartib-taomilni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerak? Xodim ta’tilining umumiy davomiyligi – 24 kalendar kun.
Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar mahallalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi
Ayrim davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berish uchun auksionga qoʻyilganda ijara muddati uch yil etib belgilanadi va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Savdo-sanoat palatasining vazifalari kengaytirildi
Shuningdek, mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari Palata a’zoligiga a’zolik va kirish badallarini toʻlamasdan qabul qilinadi va Palata xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Toshkent shahrida kogeneratorlardan foydalanish rejalashtirilmoqda
Poytaxt aholisini qoʻshimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bir qator tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga qaror qilindi.
OTM tomonidan yuborilgan bitiruvchini ishdan boʻshatish mumkinmi
Kompaniyada OTM tomonidan oʻqishni «grant asosida» bitirgandan soʻng yuborilgan bitiruvchi ishlaydi. Oʻz majburiyatlarini yomon bajaradi, mehnat intizomini buzadi – ishga kechikadi, ish vaqti tugashidan oldin ketadi. Biz unga intizomiy jazo qoʻllashimiz yoki ishdan boʻshatishimiz mumkinmi?
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish uchun – 120 mlrd soʻm va $54 mln yoʻnaltiriladi
Mablagʻlar test-tizimlari va retrovirusga qarshi vositalarni xarid qilish, OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo diagnostika laboratoriyalari mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va hokimlar ayrim vakolatlardan mahrum boʻlishmoqda
Shuningdek, aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan koʻp boʻlgan MChJlar uchun har yilgi tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtish majburiyati bekor qilinmoqda.
Ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi
IIV va uning xududiy tuzilmalarida jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.
Ftiziatriya va pulmonologiya xizmati qanday rivojlantiriladi
2023–2026 yillarda latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari sonini oshirish, tuberkulyoz mikrobakteriyasining ayrim dori vositalariga rezistentligini aniqlovchi gen-molekulyar tashxislash qamrovini kengaytirish koʻzda tutilgan.
Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga qoʻshimcha talablar oʻrnatilmoqda
Davlat ulushi bor MChJlarning kuzatuv kengashlarida kamida bir nafar mustaqil a’zosi boʻlishi lozim.
Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln soʻmgacha ustamalar toʻlanadi
Mablagʻlar Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


