Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari qoʻllab-quvvatlanadi
Chora-tadbirlar orasida - hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlarini oshirish.
Toshkent metropoliteni Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi
2022 yil 1 iyulga qadar 7 ta metro bekatida: «Beruniy», «Chorsu», «Paxtakor», «Olmazor», «Turkiston», «Qoʻyliq bozori», «Chilonzor» transport oʻtish bogʻlamalari barpo etiladi.
Milliy estrada san’ati instituti ochiladi
Uning vazifalari jumlasiga - milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur oʻrganish, milliy estrada ijrochiligi namunalarini notaga koʻchirish kiradi.
Deputat yordamchisining maqomi belgilandi
Uning faoliyati deputatning siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda uning saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etishdan iboratdir.
SKga soliqlarni garovsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida normalar kiritildi
Soliq kodeksiga qator soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi normalar, BKga esa - TIF ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida normalar kiritildi.
Muqobil energetikani rivojlantirish qanday amalga oshiriladi
Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro- va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash nazarda tutilgan maqsadli kompleks dastur tasdiqlandi.
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
U nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish bilan shugʻullanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaganlik uchun davlat bojining yangi miqdorlari belgilandi
Xususan, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga doir faoliyat uchun davlat boji joriy qilindi.
Bolalar gematologiyasi markazini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Uning vazifalari jumlasiga - bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, tashxis qoʻyish va davolash, sohada yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish kiradi.
MHXSga oʻqiyotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
Ularni tugatgandan keyin buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻqitish va imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan uchta xalqaro tashkilotlar belgilandi.
Kim uchun uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom "Temir" va "Ayollar" daftariga kiritilgan oilalarning farzandlariga, shuningdek "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarga kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Kimlar alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirishga haqli
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish hamda ularni ekspertiza (test)dan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilish kuchaytiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari muomalasini tartibga solish sohasidagi bir qator NHHlar tasdiqlandi.
Rieltorlar va baholovchilar tushunchasi berildi
«Baholash faoliyati toʻgʻrisida» va «Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor kilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qaysi faoliyat turi uchun MBni xabardor qilish yetarli
Amalga oshirish uchun MBni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari roʻyxati «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan tuzatishlar bilan belgilangan.
Oliy Majlis Senatining XX yalpi majlisi 20 oktyabrda boʻlib oʻtadi
Majlisda “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalarni koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.
Davlat xaridlari ishtirokchilari dastlabki tanlovdan oʻtadilar
Korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom qabul qilindi.
Akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish sohasida qanday oʻzgarishlar kiritildi
Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalarida bir qator tushunchalarga aniqlik, ayrim normalarga tuzatishlar kiritildi.
Elektrotexnika sanoati qoʻllab-quvvatlanadi
Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga har yil uchun Davlat byudjeti hisobidan $10 mln miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.
Yer munosabatlariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Ushbu sohani tartibga soladigan bir qator hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasiga oʻtkazildi
Palata va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yigʻilishlarining jadvali Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari qanday faoliyat yuritadi
Zoʻrlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar oʻrtasida ishlar olib borilishini takomillashlashtirish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali qanday oʻtkaziladi
Tadbir har ikki yilda bir marotaba Buxoro shahrida oʻtkaziladi. Uning maqsadi - tajribali va iste’dodli hunarmandlarni aniqlash, milliy hunarmandchilikning noyob va yoʻqolib borayotgan namunalarini saqlash va qayta tiklash.
Yoʻlovchi avtotransport qatnovlari soni oshiriladi
Hududlarda jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari oʻzgartirildi
Xususan, talabnoma beruvchining xohishiga koʻra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda oʻtkazilishi bilan toʻldirildi.
Fuqarolik aviatsiyasi qoʻllab-quvvatlanadi
Xususan, endi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtiroki taqiqlanishi havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlashda qoʻllaniladigan hamda olib kiriladigan butlovchi va ehtiyot qismlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
XTVga qoʻshimcha funksiyalar yuklandi
Xususan, u oʻz joniga qasd qilishga moyil qizlar, shuningdek, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchi qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi va boshqalar.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


