266-son VMQ boʻyicha qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona boji qanday hisoblanadi
2027 yil 1 martga qadar qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va bojxona toʻlovlarini hisoblashning yangi tartibi tajriba tariqasida amal qiladi.
Qurbon hayitida yetim bolalar va bemorlarga yordam beriladi
Prezident qarorida ogʻir ahvoldagi bolalar va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashni moliyalashtirish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga pul toʻlovlari berish, masjid va qabristonlarni obodonlashtirish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi
Xalqaro moliya instituti bilan hamkorlik mamlakatning transport, energetika, suv ta’minoti, raqamlashtirish va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Eksportning fitosanitar nazorati xavflarni boshqarish tizimiga oʻtkaziladi
Yangi tizim tekshiruvlar sonini qisqartirish, yuklarni rasmiylashtirishni tezlashtirish va biznes xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, xavf darajasi past boʻlgan mahsulotlarning bir qismi esa "E-Fitouz" platformasi orqali avtomatik ravishda nazoratdan oʻtkaziladi.
Prezidentning yangi PF-95-son Farmoni soliq ma’muriyatchiligida nimalarni oʻzgartiradi
2026 yil 1 iyuldan soliq toʻlovchilar uchun tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
Yoshlarni oilaviy hayotga qanday tayyorlashadi
Tuman va shaharlarda psixologik, huquqiy va tibbiy yordam koʻrsatuvchi oilaviy maslahat punktlari ochiladi. Ular yosh oilalarga bola tarbiyasi, oilaviy byudjet va nizolarning oldini olish boʻyicha ta’lim berish bilan shugʻullanadi.
Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar 5 kun dam olishadi
Prezident "Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Soliq organlari koʻchmas mulk va qurilish materiallari boʻyicha bozor narxlari va soliq bazasini qanday aniqlaydilar
Vazirlar Mahkamasining 18.05.2026 yildagi 253-son qarori bilan koʻchmas mulk ob’yektlari va yogʻochdan tayyorlangan qurilish materiallari uchun tovarlarning bozor narxini va uning asosida soliq bazasini aniqlash tartibi belgilangan.
Yer ijarasini onlayn uzaytirish mumkin boʻladi
Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali yer uchastkalari ijara shartnomalarini yangi muddatga uzaytirish tartibi tasdiqlandi. Yangi ma’muriy reglament ariza topshirish muddatlari, rad etish asoslari va qarorlar ustidan shikoyat qilish tartibini belgilaydi.
Gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasi takomillashtiriladi
Fuqaro aviatsiyasi parvozlarining meteorologik xavfsizligini ta’minlash uchun gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash zamonaviy texnologiyalarga asoslanadi.
Davlat auditi oliy maktabiga kiruvchilar uchun talablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarorida iqtidorli yoshlarni davlat auditi sohasiga maqsadli yoʻnaltirish, ushbu sohadagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Yer toifalari qanday oʻzgaradi
Agroportalda qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish uchun arizalar qabul qilinadi, kompensatsiya toʻlovlari esa avtomatik tarzda hisoblanadi.
Binolarning energiya samaradorligi avtomatik ravishda baholanadi
Turar va noturar binolarning energiya samaradorligini tezkor baholash tizimi joriy etilib, elektr va gazni tejash choralari kengaytirilmoqda. Shuningdek, energiyani tejashning keng koʻlamli koʻrsatkichlariga erishish uchun "yashil" kreditlashni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi qonunlashtirildi
Qabul qilingan OʻRQ-1145-son Qonun kurort va rekreatsion zonalarda xoʻjalik faoliyatini cheklash, ekologik zararli ishlab chiqarishlarni taqiqlash hamda tabiiy komplekslarni sanoat va antropogen ta’sirdan qoʻshimcha himoya qilishni nazarda tutadi.
Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy
Sanoat korxonalarining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish va kamaytirish boʻyicha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy mexanizmlar joriy etilmoqda.
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi aylanmasiga jalb qilishning yangi tizimi qariyb 1 million gektar yerni oʻzlashtirish, togʻ va togʻoldi hududlarida loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilganlik uchun davlat boji miqdorlari kamaytiriladi
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilganlik uchun, Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun davlat boji miqdorlari yuridik shaxslar uchun keskin kamaytiriladi.
Yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan subsidiya va ssudalar berish tartibi yangilandi
Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Ma’muriy qonunchilik yangilanadi
Ma’muriy javobgarlik tizimini kompleks qayta koʻrib chiqish ishlari boshlandi. Prezidentning F-30-son farmoyishi bilan zamonaviy sharoitlarni hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va sud nazoratini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Tibbiy xizmatlar sifati yagona standartlar asosida nazorat qilinadi
Tibbiy xizmatlar sifati va tibbiyot muassasalarini litsenziyalash tizimiga qoʻyiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Tegishli chora-tadbirlar Prezidentning PQ-170-son qarorida nazarda tutilgan.
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida huquqiy tartibga solish takomillashtiriladi
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etiladi.
Xususiy tibbiyot uchun yangi imkoniyatlar
Prezidentning PF-74-son Farmonida nodavlat klinikalarning davlat tibbiy sugʻurtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish, yangi soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, hududlarda tibbiy infratuzilmani rivojlantirish uchun investitsiya mexanizmlarini ishga tushirish nazarda tutilgan.
Gaz ta’minoti korxonalarining xatlov va koʻrik dalolatnomalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi
Gaz ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchilarda oʻtkazilgan xatlov va koʻrik dalolatnomalari bir sutka davomida “HGT Billing” tizimiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu dalolatnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Elektr ta’minoti qoidalari yangilandi: shartnomalar elektron shaklga oʻtkaziladi
Energiya ta’minoti sohasini raqamlashtirish va elektr energiyasi iste’moli ustidan nazoratni kuchaytirish davom etmoqda. Shartnomalarning elektron shakli joriy etilib, hisobga olinmagan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi aniqlashtirildi.
Yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 05.05.2026 yildagi 224-son qarori "Face-ID" va "Mobile-ID" tizimlaridan foydalanishni, YaIDXP orqali masofadan roʻyxatdan oʻtish imkoniyatini nazarda tutadi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish va bekor qilish asoslarini aniqlashtiradi.
Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari joriy etiladi
Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va barqaror rivojlanish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish standartlari”ni joriy etish va ushbu standartlar asosida hisobot tayyorlash qoidalari tasdiqlandi.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirildi
Yuridik shaxslar uchun atrof-muhitni ifloslantirganlik, daraxtlarni noqonuniy kesganlik va ruxsat etilgan chiqindilardan oshib ketganlik uchun jarimalarni bir necha barobar oshirishni nazarda tutuvchi moliyaviy sanksiyalar tizimi joriy etilmoqda.
Yuliya Galtseva: «Imtihon oldidan bevosita maslahat berganlari ma’qul»
Yuliya Galtseva Bir.uz tizimi attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib oldi. Bilimiga yarasha I toifali bosh buxgalter attestatini qoʻlga kiritdi
«Norma» nashriyotining bestselleri yana sotuvda
1 avgustdan Abdusalom Risqullayevning «Nastolnaya kniga menedjera po personalu» uchinchi nashri sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkonining xaridorlari nashrni ikki koʻrinishda sotib olishlari mumkin
Natalya Krasilnikova: «Bir.uz professional darajani saqlashda koʻmak beradi»
«CLASS SHINE» MChJ bosh buxgalteri Natalya Krasilnikova – Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining faol foydalanuvchisi. U 9 ta ixtisoslik boʻyicha elektron sertifikatlarni oldi. Oʻtgan shanba kuni esa II toifali buxgalter-kassir attestati beriladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi
knigi.uz internet-doʻkoniga kirish uchun 5 ta sabab
«Norma» nashriyoti buxgalterlar, kadrlar ishi xodimlari va yuristlar uchun foydali boʻlgan kitoblarni xarid qilishning qulay usulini taklif qiladi. knigi.uz internet-doʻkoni xizmatlaridan foydalaning
2019 yilda qanday foyda olasiz?
Yangi soliq solish sharoitida tushum, tannarx va soliq yukini prognozlay olgan har bir tadbirkor bu savolga javob topa oladi. Norma PRMda oʻtkaziladigan maxsus trening bunda yordam beradi. Markaz kompaniyalar rahbarlari, muassislari va mulkdorlarini yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini baholash noyob uslubiyati bilan tanishishga taklif etadi
Davlat Nazarov: «Direktor.uz da onlayn-kursdan oʻtdi, malaka imtihoniga navbat keldi»
Oʻnlab foydalanuvchilar Direktor.uz saytida onlayn-kursdan oʻtishdi. Ular orasida «Daewoo Textile» XK MChJ (Fargʻona) bosh menejeri Davlat Nazarov ham bor. Shu munosabat bilan u norma.uz portali muxbirining savollariga javob berdi
Korporativ oʻqishni tanlang
«Norma» professional rivojlanish markazi kompaniyangiz oldida turgan strategik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan korporativ ta’lim dasturlarini taklif etadi
Baxtiyor Xudoyberdiyev: «direktor.uz yordamida biznes yuritmoqchiman»
direktor.uz ish boshlashi bilan oʻzbek tilidagi masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda biznes asoslarini oʻrganish imkoniyati yuzaga keldi, bu juda samarali jarayondir, – deya qayd etdi norma.uz portali muxbiri bilan suhbatda buxorolik Baxtiyor Xudoyberdiyev
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


