Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’yektlari roʻyxati qisqartirildi
29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan mol-mulk soligʻi faqat koʻchmas mulkka solinadi
1.01.2018 yildan boshlab alkogol uchun eng kam narxlar oshadi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 2017 yil 29 dekabrda 2959-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqildi
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq oshadi, biroq 20%dan koʻp emas
29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq solinadigan bazasi va stavkalari oʻzgartirildi
«Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi
28.12.2017 yildagi OʻRQ-451-son Qonun bilan «Kelajak bunyodkori» medali toʻgʻrisidagi nizom va uning tavsifi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda yangi daraxtzorlar paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv xoʻjaligi ob’yektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasi 5 yanvargacha ishlab chiqiladi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi F-5155-son farmoyishi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini tayyorlash boʻyicha Yigʻma ishchi guruh tashkil etildi
BIR.UZ tizimi boʻyicha birinchi imtihon sessiyasi qanday oʻtdi
16-17 dekabr kunlari «Norma» professional rivojlanish markazida BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi boʻyicha ilk imtihonlar boʻlib oʻtdi. Ularning qanday oʻtgani, bunda muammolar yuzaga kelgani yoki yoʻqligi xususida PRM direktori Moʻmin Xurramovich Ashurov bilan suhbatlashdik
Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi
2017 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisining “Qurilish materiallari, mahsulotlari ishlab chiqarilishining holati va istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi
5 kunlik yangi yil ta’tili va 2018 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 25.12.2017 yildagi 1019-son qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi
Chegara nazorati qanday tartibda oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1007-son «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 13 yoʻnalish boʻyicha baholanadi
Vazirlar Mahkamasining 18.12.2017 yildagi 993-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1003-son «Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yangi tariflar 2018 yil 15 yanvargacha joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 22.12.2017 yildagi 1010-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Toshkentda aviakosmik injiniring sohasidagi mutaxassislar tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.12.2017 yildagi 996-son qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlashni tashkil etish koʻzda tutilgan
Eksport kontrakti oʻzida nimani saqlashi kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1006-son qarori bilan Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bolalar nogironligi kamaytiriladi
Prezident 25.12.2017 yildagi “2018-2022 yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
2018 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 19.12.2017 yilda 2956-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
BIR.UZ buxgalterlar va ish beruvchilarga yordam beradi
Savdo-sanoat palatasida mamlakatimizning ixtiyoriy sertifikatlash dasturi — BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda SSP, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, «Norma» professional rivojlanish markazi vakillari hamda amaliyotchi buxgalterlar va OAV vakillari ishtirok etishdi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tekshirishlarda ishtirok etadi
Vazirlar Mahkamasining 18.12.2017 yildagi 993-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat xizmatlari – hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarisiz
Hukumat oʻzining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan davlat organlariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat xizmatlarini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning aslidan oʻzlari nusxa olishlari va tasdiqlashlari majburiyatini yukladi. Hujjatlarning asli egalariga qaytariladi
Quruvchilar kuni – avgust oyining ikkinchi yakshanbasi
21.12.2017 yildagi OʻRQ–450-son «Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi
Eksport hajmi 2017 yilda 15%ga koʻpaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 dekabr kuni mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Poytaxtda vaqtinchalik propiska olish taomili soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Ijara shartnomasisiz – koʻproq qarindoshlar vaqtinchalik propiskaga
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik propiska qilish tartibi soddalashtirildi
Toshkent shahrida eri (xotini)ni propiska qilish – mahalla va profilaktika inspektorining ma’lumotnomasisiz
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik propiska qilish tartibi soddalashtirildi
Markaziy bank va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi – xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi idoralar
Prezidentning 20.12.2017 yildagi PQ–3439-son «Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»shi qarori qabul qilindi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badalini kim toʻlaydi
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qarori bilan (AV tomonidan 19.12.2017 yilda 2957-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Fermer xoʻjaliklarining a’zolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



