Rieltorlik xizmatlari koʻrsatish sohasida qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi
Bu haqda QHTBT portalida taqdim etilgan Prezidentning Rieltorlik xizmatlari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasida aytib oʻtilgan. Hujjatni 2018 yil 1 martdan qabul qilish va amalga kiritish rejalashtirilmoqda
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Charm-poyabzal tarmogʻi tashkilotlarini qator soliqlardan ozod etish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Charm-poyabzal, teri-moʻyna va jun yetishtirish tarmoqlarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi e’lon qilindi
$2000 gacha olib kirish va olib chiqib ketishda – deklaratsiyalashsiz
Prezidentning 6.12.2017 yildagi PF-5276-son “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Advokatlik tuzilmalari uchun yangi nomenklatura tasdiqlandi
Advokatlar palatasi raisining 20.11.2017 yildagi 1-kx-son buyrugʻi bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi
Samarqandda yangi loyiha-qidiruv tashkiloti ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2017 yildagi 945-son «Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti huzurida «Samarqand me’mor loyiha» loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
IIO xodimlari uchun xizmat tartibi va ijtimoiy kafolatlar qanday
Prezidentning 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Konstitutsiya kuni arafasida 2700 nafar sudlanganlar afv etildi
OʻzA davlat rahbarining tegishli farmoni qabul qilinganligi haqida xabar beradi
Investorlarga – investitsiyaviy soliq kreditlari va boshqa imtiyozlar
QHTBT portalida Investitsiya kodeksining loyihasi e’lon qilindi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 1.12.2017 yildagi 957-son qarori bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ustavi tasdiqlandi
Chorvoqda erkin turistik zona tashkil etildi
Prezidentning tegishli Farmoni 2017 yilning 5 dekabr kuni imzolandi
Maxsus turdagi tovarlar import-eksporti qanday litsenziyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 1.12.2017 yildagi 959-son qarori bilan Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
BIR.UZ dasturning birinchi ishtirokchilariga pullarini qaytaradi!
BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi imtihonining barcha ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik! 16-17 dekabr kunlari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Attestat olganlar uchun biz imtihon qiymatining 90%ini qaytaramiz
BIR.UZ: malaka oshirish oson!
Buxgalter – uzluksiz bilim olishni talab etuvchi ba’zi kasblardan biri. Qonunchilik oʻzgarmoqda, yangi hujjatlar deyarli har kuni e’lon qilinmoqda. Bularning barchasi u yoki bu tarzda buxgalteriya hisobida aks etadi
Ob’yektdan ifloslangan mashina chiqarilgani uchun quruvchi jarimaga tortiladi
Toshkent shahar hokimi 11.10.2017 yildagi 158-f-son farmoyishga imzo chekdi, u atrof-muhitni himoya qilish va shahar koʻchalari ifloslanishining oldini olishga qaratilgan
Ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlar importi uchun imtiyozlar uzaytirildi
Prezidentning 30.11.2017 yildagi PQ–3418-son 2017-2018 yillar qish-bahor davrida aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
OTMga nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda 2% oʻrin ajratiladi
Bunday chora-tadbirlar Prezidentning 1.12.2017 yildagi PF–5270-son «Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan
Yagona 30 kunlik turistik viza joriy etiladi
Prezidentning 4.12.2017 yildagi PQ-3423-son “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati ma’lum qiladi
Transport va logistika sohasida – soliqlar, bojxona toʻlovlari va kreditlar boʻyicha imtiyozlar
Prezidentning 2.12.2017 yildagi PQ-3422-son 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi
Hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etishning yangi shakli tasdiqlandi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 2017 yil 29 noyabrda 2439-5-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan har bir jismoniy shaxs kesimida fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summalari boʻyicha ma’lumot taqdim etish shakli tasdiqlandi
«Oʻzbekoziqovqatzaxira» korxonalari shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar mahsulotlarini xarid qiladi
Prezidentning 30.11.2017 yildagi PQ-3418-son qarori bilan «Oʻzbekoziqovqatzaxira» uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda migratsiya servis-markazlari paydo boʻladi
QHTBT portalida “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
YaIDXPda yangi xizmat: notariusga onlayn yozilish
Yangi interaktiv davlat xizmati tufayli aholi va biznes vakillari notarius qabuliga onlayn rejimida yozilishlari mumkin
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq – EKIHning 50%i, ularni ishga yollaganda – EKIHning 15%i
Prezidentning 1.12.2017 yildagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan ular uchun imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi
Fuqarolar yigʻini xodimlarining ish haqi miqdori va ish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2017 yildagi 944-son qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Faqat koʻrsatuvlar asosida ayblov hukmini chiqarish – qonunbuzarlik
Prezidentning 30.11.2017 yildagi PF-5268-son “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi
13 ta OTMda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarori bilan Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyini va 13 ta OTM tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi
Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda qanday asbob-uskunalardan foydalansa boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 941-son qarori bilan Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


