Jinoyat ishi boʻyicha xususiy biznesga nisbatan taftish oʻtkazishning eng koʻp muddati – 60 kun
Jinoyat-protsessual kodeksga tadbirkorlik sub’yektlariga va davlat ulushi kamida 50% boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha taftish oʻtkazish muddatlarini ehtimoliy uzaytirishni hisobga olgan holda cheklaydigan tuzatishlar kiritildi (20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun)
Qanday qilib ekologik nazoratning jamoatchi inspektori boʻlish mumkin
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (21.07.2018 yilda 3041-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Jinoyatlarni hisobga olishdan yashirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
20.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–485-son Qonunni tahlil qilishda davom etamiz
Tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar prokurori roziligi bilan qoʻzgʻatiladi
20.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–485-son Qonunni tahlil qilishda davom etamiz
Qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jarima solinadi
20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 2191-modda bilan toʻldirildi. Unda qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan. Ilgari bu rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilariga daxldor boʻlgan
Innovatsion tadqiqotlarni moliyalashtirish kengaytiriladi
Ilmiy tadqiqotlarga davlat byudjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish va ularni YaIMning 1%igacha yetkazish dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezidentning «2021 yilgacha Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa normalarni ham oʻz ichiga olgan
Kommunal xizmatlar haqini toʻlamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Keyingi yilda qonun hujjatlariga kommunal xizmatlar iste’molchilarining toʻlov intizomini mustahkamlashga doir yangi normalar kiritildi. Bundan tegishli xizmatlarning eslatishiga oʻrin qoldirmay, oʻz vaqtida toʻlash kerak degan xulosa chiqarish mumkin
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi
20.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–485-son Qonun e’lon qilindi
Ayrim qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq oshirildi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ–3454-son qaroriga 14-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Toshkentda yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida kadrlar tayyorlanadi
Prezidentning 20.07.2018 yildagi «Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ–3875-son qarori imzolandi
«Ota-onalar universiteti» farzand tarbiyasida muammosi boʻlgan oilalar bilan shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 yildagi 554-son qarori bilan Fuqarolar yigʻini huzuridagi «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlandi
Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi
Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ–3870-son qarori e’lon qilindi
2019 yildan elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻlishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi
Energiya servis shartnomasi qanday tuziladi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 551-son qarori bilan Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar soni oshirildi, boshqa sudlarda esa qisqartirildi
Prezidentning 19.07.2018 yildagi PF–5487-son Farmoni bilan shtatdagi sud xodimlari, shu jumladan sudyalar soni qayta taqsimlandi. Prezidentning 21.02.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–4966-son Farmoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
«Urganch Eltexsanoat» MChJ kimoshdi savdosida sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi 541-son qarorida shu qarorga kelingan
Soliq kodeksini birgalikda yozamiz
Davlat soliq qoʻmitasi Soliq kodeksining yangi tahriri yuzasidan takliflarni qabul qilish uchun maxsus sahifa ochdi
Olimlar va oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining ish haqi rejalashtirilganidan koʻra koʻproq oshiriladi
Prezidentning 20.07.2018 yildagi «Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ta’tilni rasmiylashtirishda ish beruvchi eng koʻp yoʻl qoʻyadigan 5 ta xato
Ta’til mavsumida xodimlarni ta’tilga joʻnatayotgan ish beruvchilar har gal yoʻl qoʻyadigan qoidabuzarliklar haqida soʻz yuritib, ayrim dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirish beramiz: ta’tillar jadvalini yuritmasa ham boʻladimi, ta’tildan chaqirib olish qanday rasmiylashtiriladi, qaysi xodimlar oʻzlari uchun qulay vaqtda ta’tilga chiqishlari mumkin va b.
Ayrim da’vo arizalaridan undiriladigan davlat boji miqdori oshirildi
Vazirlar Mahkamasining 17.07.2018 yildagi 544-son qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Samarqand viloyatida 3 ta kichik sanoat zonasi kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 yildagi «Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 556-son qarori e’lon qilindi
Bojxonachilarga – imtiyozli ipoteka va ijara kompensatsiyasi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 553-son qarorida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar nazarda tutilgan
«Oʻzbekinvest» milliy kompaniyasini AJga qayta tashkil etish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekinvest» eksport-import sugʻurta milliy kompaniyasini qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Paxta va don yetishtirish qanday moliyalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.07.2018 yildagi 533-son qarori bilan qayta tuzilgan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, shuningdek uning ishchi organlari – Jamgʻarma kengashi va Departamentning faoliyat yuritish tartibi belgilandi
Mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun xorijiy ekspertlar jalb etiladi
Vazirlar Mahkamasining 12.07.2018 yildagi «Iqtisodiyotning muhim sohalarini isloh qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 534-son qarori qabul qilindi
Maktabgacha ta’lim vazirligi poytaxt va poytaxt mintaqasida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 552-son qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar olib keladigan mol-mulkka sertifikat 4 kunda rasmiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 549-son qarori bilan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Maxsus qabulxonada boʻlganlik uchun qanday haq toʻlanadi
Ushbu sharhda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tafsilotlari ochib berilgan (VMning 13.07.2018 yildagi 535-son qarori)
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


