Oʻzbekiston boʻylab tranzit avtotashuvlari uchun yangi yoʻnalishlar ochildi
Vazirlar Mahkamasining 30.06.2018 yildagi 492-son qarori bilan Xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakat qilishi uchun moʻljallangan yoʻnalishlar roʻyxatiga tuzatishlar kiritildi
Tinchlik maqsadida foydalaniladigan atom: uzoq muddatli konsepsiya va rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi
Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Uzsard kartalarga mablagʻlarni qaytarish jarayonini soddalashtirdi
Yagona umumrespublika protsessing markazi «XTT» koʻp funksiyali softida ishlaydigan Uzcard ning barcha POS-terminallarida «Operatsiyani bekor qilish» va «Yakunlarni solishtirish» funksiyalarini ishga tushirdi
Baxtiyor Xudoyberdiyev: «direktor.uz yordamida biznes yuritmoqchiman»
direktor.uz ish boshlashi bilan oʻzbek tilidagi masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda biznes asoslarini oʻrganish imkoniyati yuzaga keldi, bu juda samarali jarayondir, – deya qayd etdi norma.uz portali muxbiri bilan suhbatda buxorolik Baxtiyor Xudoyberdiyev
Buxgalterlarga yordam turkumidagi yangi kitoblar
«Norma» nashriyoti boshlovchi buxgalterlar uchun Buxgalterlar malakasini baholash bir.uz tizimi materiallariga asoslangan yangi turkumdagi kitoblarni nashr qilishga kirishdi
2018/2019 oʻquv yiliga Bank-moliya akademiyasiga kvotalar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul toʻgʻrisida»gi 550-son qarori e’lon qilindi
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi (16.07.2018 yilda 3039-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan gidrotexnika inshootlaridan xavfsiz foydalanish, ularning elektr ta’minoti, aloqa, signalizatsiya va yoritish tizimlariga doir talablar, shuningdek ularni nazorat va monitoring qilishni tashkil etish tartibi belgilandi
Mahkumlarni qayta tarbiyalash uchun boshqa mahkumlar jalb etiladi
Vazirlar Mahkamasining 17.07.2018 yildagi 543-son qarori bilan Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha 2018–2022 yillarga moʻljallangan «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi
Shaharlar va qishloqlarda ipoteka krediti berish shartlariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning 18.07.2018 yildagi «2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Jamoat transportida videoregistrator majburiy oʻrnatilishi mumkin, qoidabuzarlik qayd etilgan yozuv uchun jarimaning 5%ini toʻlaydilar
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirildi
Bank kafolatini olish osonlashdi
MB Boshqaruvining qarori (16.07.2018 yilda 2364-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berishning amaldagi tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Avtomobil «tonirovkasi» boʻyicha loyiha oʻzgartirishlarsiz qabul qilindi
Adliya vazirligi Telegram messenjeridagi oʻz kanalida shu haqda xabar berdi
1993 yil 17 iyungacha qabul qilingan umummajburiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotayapti
Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi «Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 538-son qarori e’lon qilindi
Botanika institutining vazifalariga tuzatishlar kiritildi
Prezidentning 17.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida shu va boshqa tashkiliy tadbirlar nazarda tutilgan
IIV yangi interaktiv xizmatni joriy etdi
Sudlanmaganlik (sudlanganlik) toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish uchun arizani YaIDXP orqali topshirish mumkin
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashiga moliya vazirining oʻrinbosari boshchilik qilishi mumkin
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Dyuti-fri doʻkonlariga muddatsiz litsenziyalar berish taklif etilmoqda
Erkin va bojxona omborlari, shuningdek bojsiz savdo (dyuti-fri) doʻkonlari faoliyatini litsenziyalashtirishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi mumkin
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasini muhokama qilishda davom etamiz
Notariuslar va FHDYo xizmatlari uchun haq toʻlash qulaylashadi
Vazirlar Mahkamasining 16.07.2018 yildagi «Notarial harakatlar va FHDYo organlari xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 540-son qarori e’lon qilindi
YaIDXP orqali bolani bogʻchaga rasmiylashtirish mumkin
YaIDXPda «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza topshirish» yangi xizmati ochildi
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzishni cheklashlari mumkin
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan
Qishloq tumanlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yilgacha barcha soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqildi
Xalqaro moliya institutlari ishtirok etgan loyihalarga – yangi bojxona va soliq imtiyozlari
Prezidentning 16.07.2018 yildagi PQ–3857-son qarori bilan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirok etgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi, ularni amalga oshiruvchi tashkilotlarga esa soliq va bojxona imtiyozlari berildi
Avgust va sentyabrda bayram kunlariga toʻgʻri keladigan ta’til muddatini toʻgʻri hisoblash usuli
2018 yil avgust–sentyabr oylarida ta’til kunlari rejalashtirilishi, rasmiylashtirilishi, hisob-kitob qilishini va haqi toʻlanishi munosabati bilan Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son Farmoniga muvofiq ish vaqtini hisobga olish tabeliga tuzatish kiritish zarur
Sud hokimiyati organlarida mehnatga haq toʻlash qayta koʻrib chiqildi
Prezidentning 13.07.2018 yildagi PF–5482-son Farmoni bilan tegishli normalar tasdiqlandi
Mualliflar ilmiy faoliyat natijalari uchun qoʻshimcha mukofot oladilar
OʻzAda Prezidentning «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Hisobvaraq ochish, soliq solish tartibini tanlash va direktorni tayinlash biznesni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi
Bunday chora-tadbirlar Oʻzbekiston Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Doing Business» reytingida koʻtarilishiga imkon beradi (13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarorga qarang)
TDYuU qoshidagi Markazning 6 oylik kurslari bitiruvchilari yurisprudensiya bakalavrlari singari yuridik xizmatga rahbarlik qila oladilar
Prezidentning 11.07.2018 yildagi PF–5475-son Farmoni bilan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


