Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
21.07.20

Bir qator imtiyozlar uzaytirildi, umumiy ovqatlanish va ijara sohasida – yangilari joriy etildi

Prezident aholi, biznes, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasi uchun inqirozga qarshi chora-tadbirlarning yangi paketini tasdiqladi.

21.07.20

Davlat organlari va tashkilotlari jamoatchilik oldida hisobot beradilar

Vazirlar Mahkamasi elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibini joriy etish chora-tadbirlarini tasdiqladi.

20.07.20

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga ikkita injiniring kompaniyasining ulushlari beriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 16.07.2020 yildagi “Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 445-son qarorida belgilangan.

20.07.20

“Raqamli Toshkent” dasturi qanday joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2020 yildagi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

18.07.20

Kredit muddatidan oldin soʻndirilganda sugʻurtaning bir qismini qaytarish mumkinmi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassisi sugʻurta kompaniyasi avtokredit muddatidan oldin qaytarilganidan keyin sugʻurta mukofotining bir qismini qarz oluvchiga toʻlashni rad etish holatini koʻrib chiqdi.

18.07.20

Kredit tashkilotlari axborot xavfsizligini qanday ta’minlaydilar

Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablarni belgiladi.

17.07.20

Deklarantlarni qanday penya va jarimalar kutmoqda

2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 1 avgustda tugaydi. Sizga jarima va penya solmasliklari uchun maslahatlardan foydalaning.

16.07.20

1 noyabrdan ikkita soliq boʻyicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi

Prezident tomonidan yer resurslari va davlat mulki ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga yoʻnaltirilgan hujjat imzolandi.

16.07.20 NHH loyihalari
16.07.20

Litsenziyalarning qariyb 100 turini bekor qilish koʻzlanmoqda

QHTBT portalida Prezidentning “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

15.07.20 NHH loyihalari
15.07.20

OAVni roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilinib, xabardor etish tartibi orqali ular faoliyatini boshlash yoʻlga qoʻyiladi

QHTBT portalida “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri) muhokama uchun joylashtirilgan.

15.07.20

Biznesni rivojlantirish uchun – qoʻshimcha $150 mln

Bu Prezidentning 2020 yil 14 iyuldagi PQ-4782-son qarorida nazarda tutilgan.

14.07.20

Ov qilish uchun qanday hujjatlar kerak

8.07.2020 yildagi «Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-627-son Qonun e’lon qilingan, u 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

14.07.20

«Orol artemiya sanoat» DUK tashkil etildi

U artemiya sistasini sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

14.07.20

Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Tovar-moddiy zaxiralar» tasdiqlandi

Hujjat yuridik shaxslarga mulk huquqida tegishli boʻlgan TMZning buxgalteriya hisobini yuritish va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini belgilaydi.

14.07.20

Soliq auditini oʻtkazish tartibi belgilandi

U soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning hisobot hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash yoʻli bilan oʻtkaziladi.

14.07.20

Ishlab chiqarish: uchinchi smenada elektr energiyasi arzonlashadi

Prezidentning «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

13.07.20

Tijorat banklarida korporativ boshqaruv qanday boʻladi

Markaziy bankning qarori bilan Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

13.07.20

Qanday dori vositalari kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun ruxsat etilgan

Sogʻliqni saqlash vazirligi Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatini yangiladi.

13.07.20

Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

13.07.20

Suv ta’minoti ob’yektlari – xususiy sektorga

Prezident Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqladi.

13.07.20

1 avgustdan yana qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Prezidentning 2020 yil 8 iyuldagi PF-6021-son Farmoni bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

11.07.20

Muhim toʻlov tizimlarining mezonlari aytildi

Markaziy bank toʻlov tizimlarining muhimligini aniqlash mezonlarini belgiladi.

11.07.20

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ishonchli boshqaruvga beriladi

Vazirlar Mahkamasi 8.07.2020 yildagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 430-son qarorni qabul qildi.

11.07.20

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklanadi

Bitta tovar bozorida 5 ta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda davlat ishtirokida xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tashkil etish taqiqlanadi.

10.07.20

Temir yoʻl va aviaqatnovlar toʻxtatiladi

13 iyuldan boshlab mahalliy yoʻnalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar toʻxtatiladi.

10.07.20

Qanday soliq qarzi undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

10.07.20

Mulkdor xususiylashtirishga qarshi – oqibati qanday boʻladi

Davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirishning amaldagi tartibiga ayrim tuzatishlar kiritildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.