«Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasi muhtoj oilalarga yordam beradi
U «Mahalla» xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilmoqda.
Propiska tizimi qanday isloh qilinadi
Prezidentning 22 apreldagi doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilishga doir Farmoni imzolandi.
Karantin davrida dori vositalari qanday sotiladi va yetkazib beriladi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori-darmonlarni iste’molchilarga yetkazib berishda qoidabuzarliklar oʻsib borayotganligini qayd etdi.
Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki boʻlim ochishni koʻzlamoqda
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.
Aholi bandligi qanday ta’minlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni aholi bandligini ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Badiiy akademiya huzurida ikkita muassasa tashkil etildi
Prezident 21 aprelda tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qarorni imzoladi.
Behzod tavalludining 565 yilligini nishonlash yuzasidan nimalar rejalashtirilgan
2020 yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash yuzasidan bayram tadbirlari rejalashtirilgan.
Yirik soliq toʻlovchilarga avtoda harakatlanish uchun stiker beriladi
Ruxsat beruvchi stikerlar ushbu korxonalar xodimlarining shaxsiy va xizmat avtomobillariga Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yanada takomillashtiriladi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
Qibray tumanida «Invest Village» shaharchasi tashkil etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 242-son qarorida nazarda tutilgan.
Xususiy oliy ta’lim muassasasida biznes va boshqaruv asoslari oʻrgatiladi
Toshkentda yangi nodavlat OTM - TEAM universiteti ochilmoqda.
Karantin: uy-joyni ijaraga berish va ijaraga olishning oqibatlari
Yaqinda Toshkent shahar hokimi kvartiralarni ijaraga beruvchi poytaxt fuqarolarini ijarachilardan uy-joy uchun vaqtincha haq olmaslikka chaqirdi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Muborak Ramazon oyi 24 apreldan boshlanadi
Tegishli qaror Prezident tomonidan 2020 yil 20 aprelda imzolandi.
Davlat xaridlari: elektron tanlov va tenderlar qanday oʻtkaziladi
Moliya vazirligi elektron tanlov va tenderlarni oʻtkazish tartib-taomillarini belgiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi yangilandi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida yangi nizom tasdiqlandi.
Denovda tadbirkorlik va pedagogika instituti ochiladi
Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etiladi.
Harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinfga kimlar qabul qilinadi
Umumiy oʻrta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Muddati tugagan hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirildi
Karantin davrida amal qilish muddati tugagan litsenziyalar, pasportlar, yashash guvohnomalari va boshqa hujjatlar 1 iyulga qadar haqiqiy boʻladi.
Karantin muddati uzaytirildi
Respublika maxsus komissiyasi cheklovchi tadbirlarni 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytirdi.
Deputatlar masofaviy rejimda ishlashga oʻtadilar
16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Qarshi shahri va Xorazm viloyatida kanalizatsiya tizimi yaxshilanadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi amalga oshiriladi.
«Obod va xavfsiz mahalla» jamgʻarmasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2020 yildagi 228-son qarori bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Davlat xaridlari: strategik xaridorlar uchun nimalar oʻzgardi
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar amalga oshiradigan xarid shartlariga tuzatishlar kiritildi.
Hokimlarning qarorlari «Ye-qaror» tizimi orqali oʻtadi
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Davlat aktivlari ijarasi va bankrotlik: masalalar qanday hal etilmoqda
Investitsiya majburiyatlari bajarilishi, xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari boʻyicha toʻlovlar, bankrotlik - tadbirkorlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga shunday masalalar yuzasidan murojaat qilmoqda.
Byudjet tashkilotlari xodimlariga ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar vaqtincha toʻxtatiladi
2020 yil uchun Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar tasdiqlandi.
Sharqshunoslik instituti universitetga aylandi
Prezidentning 16 apreldagi qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutini isloh qilish nazarda tutilgan.
Prezident huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni 16 aprelda imzolangan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


