Oʻzbekiston 2020: mamlakatni yangi yildan nimalar kutmoqda
Yanvar oyida soliqqa tortish, tashqi savdo, biznesning turli sohalari, mehnat munosabatlari va ijtimoiy soha, davlat sektorini isloh qilish va boshqa masalalarni tartibga soluvchi 75 ga yaqin yangi hujjatlar va qator huquqiy normalar kuchga kiradi.
Bu qanday ishlaydi: reklama va kripto-aktivlar oboroti
Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan boʻlishi kerak
Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Qanday qilib noshirlik faoliyati uchun litsenziya olish mumkin
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Yer noqonuniy olib qoʻyilganligi uchun jinoiy sanksiyalar joriy etiladi
Adliya vazirligi mansabdor shaxslarning mulkdorlarga keltirgan zarari uchun javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutadigan tuzatishlarni ishlab chiqdi.
Oʻzbekiston jahon oʻsimliklar himoyasi tizimining bir qismiga aylandi
Davlatimiz Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga qoʻshildi.
Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi: nimalar oʻzgardi
«Prokuratura toʻgʻrisida»gi va «Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida»gi qonunlarning tegishli moddalariga tuzatishlar kiritildi.
BMTning qizil pasporti bilan – 30 kunga vizasiz
2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
Idoralararo tarif komissiyasi qanday ishlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar e’lon qilinadi
Bu boshqa chora-tadbirlar qatorida Prezidentning 2019 yil 13 dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Korxonalarning yana bir turini xususiylashtirish mumkin
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Elektron kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun avans miqdori belgilandi
U iqtisodiyot va sanoat vazirining tegishli buyrugʻi bilan belgilandi.
Qarz yuki tartibga solinadi
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangi agrokompleksda eksport bilan bogʻliq barcha masalalar hal qilinadi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BMB-NRC Agrologistics” Oʻzbekiston-Rossiya MChJ QK kuchi bilan zamonaviy agrologistika kompleksi quriladi.
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati qanday aniqlanadi
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish tartibi belgilandi.
Yongʻinga qarshi koʻrik oʻtkazilishi haqidagi bildirishnoma faqat qoʻlga beriladi
Pochta orqali bildirishnoma yuborish bekor qilinmoqda. Uch oy oʻtgach kuchga kiradigan bu va boshqa tuzatishlar Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan ob’yektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritildi.
10 abituriyent har yili grant asosida xususiy oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Toshkentdagi Yodju texnika instituti toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
Mehnat shartnomalari qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
“Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan ishlash mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 5.12.2019 yildagi 971-son qarorida taqdim etilgan.
Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi moliyalashtiriladi
Prezidentning 13.12.2019 yildagi PQ-4550-son qarorida muassasaning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Ta’lim, bukmekerlik, VAR – oʻzbek futboli yangi darajaga chiqmoqda
Prezidentning 4 dekabrdagi Farmonida milliy futbolni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Yangi namunadagi kadastr pasporti 2020 yil 1 martdan joriy qilina boshlaydi
Vazirlar Mahkamasining 12.12.2019 yildagi “Koʻchmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 987-son qarori qabul qilindi.
Sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida – maxsus rejim
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Toshkent viloyatida Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ITI quriladi
Institutning bino va inshootlarini qurish uchun Zangiota tumani, Erkin qishlogʻi, Quyoshli MFY hududida 3,5 gektar ajratildi.
Qachon bogʻ va tokzorlar yaroqsiz deb topiladi
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Isitishga haq toʻlash tartibi keyingi mavsumda oʻzgartiriladi
Prezident tomonidan 2 dekabrda Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiyalash toʻgʻrisidagi va soha korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar imzolandi.
2021 yildan boshlab XMHSga oʻtiladi
Bu chora QHTBT portalida muhokama uchun e’lon qilingan Prezidentning qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash qanday oʻtkaziladi
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


