«Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi
Hujjat mazkur tibbiyot yoʻnalishi, uning amaliyotiga ilgʻor usullarni, shu jumladan bepushtlikni davolash usulini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratadi
Qashqadaryoda turizm – istalgan yoʻnalishda
Hukumat Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi
Butun mamlakat boʻylab «yashil zonalar» barpo etiladi
Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida Hukumatning tegishli farmoyishi chiqarilgani haqida xabar berildi
Ogʻir yuk tashuvchi mashinalar import bojxona toʻlovlaridan ozod etildi
Yarim tirkamalar uchun gʻildirakli traktorlar, barcha turdagi yuk konteynerlari, uchuvchi apparatlar, aviatsiya yoqilgʻisi va temir yoʻl texnikasiga ham imtiyozlar berildi
Qarz tan olinsa – sudsiz undirib olinadi
Soliq kodeksida ana shunday mexanizmni nazarda tutish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Mahsulotni ekologik markirovkalash – ixtiyoriy tartibda
Davlat ekologiya qoʻmitasi QHTBT portalida joylashtirilgan Prezident qarorida ana shunday taklifni kiritmoqda
Haydovchilik guvohnomalari 2021 yilgacha ortiqcha hujjatlarsiz almashtiriladi
Buning uchun ilgarigi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi – talon bilan birga) va pasport zarur boʻladi
Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish koʻrsatkichlari kengaytirildi
Unga Jahon bankining Voice and Accountability Index (Ovoz va mas’uliyat indeksi) hamda Control of Corruption (Korrupsiyaga qarshi kurashish) davlat boshqaruvi indikatorlari kiritildi
Xalqaro reytinglar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bilan moliya vaziri oʻrinbosari shugʻullanadi
Maxsus komissiya, shuningdek Moliya vazirligi tuzilmasiga kiritilgan moliya vaziri oʻrinbosari va boshqarma xalqaro maydonda Oʻzbekistonning mavqeini yuksaltirish bilan shugʻullanadi. Prezidentning 7.03.2019 yildagi PF–5687-son Farmonida shu nazarda tutilgan
Ayollar mehnati boʻyicha taqiq va cheklovlar bekor qilinadi
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar qabul qilindi (7.03.2019 yildagi PQ–4235-son qaror)
45% «Oʻzbekkoʻmir» AJ ishonchli boshqaruvga oʻtadi
Bu Prezidentning 2019 yil 7 martdagi PQ–4234-son qarorida nazarda tutilgan
1 iyuldan taksilar uchun «Toʻxtash taqiqlanadi» belgisi amal qilmaydi
Avtomobilni boʻyash oʻrniga oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga ruxsat berildi. NKM, terminal, taksometr va ratsiya oʻrnini mobil ilovalar egallaydi
XUMShni yopamizmi yoki yoʻqmi?
Koʻp qavatli uylarni professional boshqaruvchilarga berish rejalashtirilmoqda. Poytaxtimizning Yunusobod tumanida tegishli eksperiment boshlandi. Umuman olganda bu – yaxshi ish. Biroq qonunchilikka muvofiq kelmayotgan qoidalari mavjud boʻlgan hujjatning amalga oshirilishi nimalarga olib kelishi mumkin?
Transportda turistlar xavfsizligi kuchaytiriladi
Prezidentning 6.03.2019 yildagi «Transport va turizm ob’yektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4229-son qarori qabul qilindi
Turizm sohasi xodimlari Klassifikatorga kiritildi
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK–2017) qoʻshimchalar kiritildi
Mahsulot yetkazib berilgandan keyin pul oʻtkaziladi
Imtiyozli kreditlar berish va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash dasturlari boʻyicha yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tartibi oʻzgardi
Koʻp martalik uch yillik viza – $350
Koʻp martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi miqdori belgilandi. Prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimcha kiritildi
Aholini dori vositalari bilan ta’minlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi
Ular Vazirlar Mahkamasining 1.03.2019 yildagi 185-son qarorida nazarda tutilgan, u shu jumladan davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berishga yoʻnaltirilgan
«Turizm toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinadi
Qonunchilik palatasining majlisida u birinchi oʻqishda qabul qilingan. 6 mart kuni «Milliy tiklanish» partiyasi tomonidan qonun loyihasining muhokamasiga bagʻishlangan ochiq muloqot oʻtkazildi
Qimmatbaho metallarni birjada sotib olish mumkin
«Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ipoteka kreditlari berilishini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar taklif etilmoqda
Ular QHTBT portalida e’lon qilingan Prezident Farmoni loyihasida bayon etilgan
Vaqtincha saqlash hibsxonalari va ma’muriy qamoqqa olinganlar qanday qilib shifoxonaga yuboriladi
Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tasdiqlandi
Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritildi
5.03.2019 yildagi «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–527-son Qonun e’lon qilindi
Sportga xususiy investitsiyalar kerak
Ushbu sohada davlat-xususiy sheriklik shakllari, shuningdek ularni amalga oshirish, investitsiya loyihalari tanlovini tashkil etish va bitimlar tuzish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekiston uchta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi
Bular XMTning 144-sonli Konvensiyasi, MDH ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya va Havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston–Rossiya hukumatlararo bitimidir
Agrar soha olimlariga yerlar – faqat maqsadli foydalanish uchun
Yer kodeksiga uch oydan keyin kuchga kiradigan qoʻshimchalar kiritildi (4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun)
Yerdan foydalanganlik ustidan nazorat kuchaytiriladi
4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratingizni «qonuniylashtirishga» ulgurib qoling
Joriy yil 1 martdagi holatga koʻra Davlat xizmatlari markazlariga 398 400 ta oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar boʻyicha arizalar kelib tushgan, ularning 112 425 tasi qanoatlantirilgan, 48 405 tasi rad etilgan, 234 235 tasi esa koʻrib chiqilmoqda
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


