Energiya tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda
Elektr, issiqlik, gaz va suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish uchun jarimalar oshirildi, ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin takroran huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik ham belgilandi.
Oʻzbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqildi
U kibertahdidlarga qarshi kurashish milliy tizimini yaratish, raqamli kriminalistikani rivojlantirish, davlat va muhim axborot infratuzilmasi himoyasini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Ipakchilik: subsidiyalar, soliq imtiyozlari va tutzorlarni keng miqyosda kengaytirish
Ipakchilikni rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqarish, eksport va aholi bandligini oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etilmoqda. Pilla yetishtiruvchilar uchun subsidiyalar, tarmoq korxonalari uchun soliq imtiyozlari, tutzorlarni kengaytirish orqali ozuqa bazasini keng koʻlamda kengaytirish koʻzda tutilgan.
Davlat organlarida IT-audit joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat organlari axborot infratuzilmasining muntazam IT-auditi joriy etilmoqda, shuningdek, texnopark rezidentlarining faoliyati uchun shart-sharoitlar, shu jumladan xalqaro hisob-kitoblar va raqamli xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar kengaytirilmoqda.
"Tax free" tizimi kengaytirilmoqda: chet elliklarga xaridlar chogʻida QQSni qaytarish soddalashtiriladi
"Tax free" xizmati mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida joriy etiladi, soliqni qaytarish va mablagʻlarni naqd pulda hamda bank kartasiga olish tartibi soddalashtiriladi.
Farmatsevtika tarmogʻi: yangi qoʻllab-quvvatlash choralari, imtiyozlar va biofarmatsevtika markazini tashkil etish
Prezident farmonida ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyoz va subsidiyalar tizimini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish, "Tashkent Pharma Park" klasterini mintaqaviy tadqiqot va ishlanmalar xabi sifatida rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Soliq nizolarini koʻrib chiqish: Yaponiya amaliyoti qanday saboq beradi?
Yaponiyani koʻpincha sharqdagi geografik joylashuvi, rivojlangan texnologiyalari, boy madaniyati va oʻziga xos an’analariga urgʻu berib, "kunchiqar mamlakat" deb atashadi. Sud tizimi ham bu mamlakatning oʻziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Koʻp kvartirali uylarni kompleks qurish tamoyillari joriy etilmoqda
Prezident qarori bilan hududlarning master-rejalarini tuzish, infratuzilmani rivojlantirish va uy-joy mulkdorlari huquqlarini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlarini nazarda tutuvchi "tartibga solish qumdoni" eksperimental huquqiy rejimi joriy etilmoqda.
Koʻp kvartirali uylar qurilishi samaradorligi oshiriladi
Har yili strategik yoʻnalishlar va uy-joy qurilishining tarmoq tahlili asosida Uy-joy dasturi (respublikada KKUni foydalanishga topshirishning maqsadli koʻrsatkichlari) ishlab chiqiladi.
Inson huquqlari boʻyicha global ta’lim dasturining beshinchi bosqichi boshlandi
Ta’lim muassasalarida mavzuli haftaliklar, ilmiy tanlovlar oʻtkazish va sohaga oid oʻquv dasturlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
Kreativ iqtisodiyot parki faoliyati qanday tashkil etiladi
Park – eksterritoriallik tamoyillari asosida kreativ industriyalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkiliy-huquqiy tuzilma.
Poytaxtimizda 31 ta turar joy majmuasi va boshqa ob’yektlar boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan 2311,4 gektar maydonda amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 16,2 milliard dollardan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari konsepsiyalari ishlab chiqilgan.
Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik uchun jazo kuchaytirilmoqda
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilandi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etiladi
Reyting universitetlarning oʻquv, ilmiy va xalqaro faoliyatini talabalar, oʻqituvchilar va ish beruvchilarning fikrlarini hisobga olgan holda kompleks baholashni nazarda tutadi.
Kuzatuv stansiyalarini oʻrnatish xarajatlari qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan I va II toifadagi sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlandi.
Agrar sektor uchun subsidiyalar samaradorligini mustaqil ekspertlar hisoblab chiqadi
Agrarlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan boʻladi. Tegishli mexanizmlar Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mustahkamlandi, u bilan Agrar sohada toʻlovlar boʻyicha agentlik faoliyati tartibga solindi.
Qoraqalpogʻistonni rivojlantirishning maqsadli yoʻnalishlari belgilandi
Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2026 yil va kelgusi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
Davlat korxonalari samaradorligi qanday oshiriladi
Davlat aktivlarini boshqarishning yangi modeliga oʻtilmoqda: mustaqil direktorlarning roli kuchaytirilmoqda, IPOga tayyorgarlik boshlanmoqda va strategik korxonalarning yirik aksiya paketlari qayta taqsimlanmoqda. Chora-tadbirlar davlat ishtirokidagi kompaniyalarning shaffofligi, investitsion jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish raqamlashtirildi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP yoxud Agroportal orqali amalga oshiriladi.
1 martdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ijro intizomiga mas’ul amaldorlar malakasini oshiradi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan topshiriqlar ijrosini nazorat qilishga mas’ul boʻlgan xodimlar uchun Adliya vazirligi bazasida nazariy tayyorgarlik va asosiy davlat tuzilmalarida amaliyot oʻtash orqali uch yillik malaka oshirish sikli joriy etilmoqda.
Tadbirkorlar innovatsion ishlanmalar bazasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi
Ilm-fan va biznes oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatiladi: tadbirkorlarga innovatsion ishlanmalar bazasiga kirish imkoniyati yaratiladi va ularni tijoratlashtirish uchun raqamli platforma yaratiladi. Tegishli chora-tadbirlar iqtisodiyotning real sektoriga ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 75-son VMQda nazarda tutilgan.
Sud ekspertizasini oʻtkazishda elektron hujjat aylanishi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashish, sud ekspertizasini tayinlash va ish materiallarini yuborish, soʻrovlarni qabul qilish va tadqiqotlar oʻtkazish va boshqa tartiblar belgilandi.
Nodavlat sud-ekspertiza sohasi tartibga solindi
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, nodavlat sud ekspertlari faoliyatiga oid masalalarni tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
"Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Ular bilan "El-yurt umidi" jamgʻarmasining istiqbolli kadrlar tayyorlash boʻyicha stipendiatlari, Prezident maktablari va "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bitiruvchilari, "Prezidentning iqtidorli farzandlari" tashabbusi ishtirokchilari taqdirlanadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasi tubdan isloh qilinadi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi hamda xalqaro talablarga muvofiqlikni ta’minlash boʻyicha bir qator choralar nazarda tutildi.
Oliy malaka toifasiga ega maktab oʻqituvchilariga ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun subsidiya beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan yangi chora 15 yildan ortiq ish stajiga ega oʻqituvchilarga taalluqli boʻlib, 2026 yildan boshlab byudjetdan moliyalashtiriladi.
Ilmiy tashkilotlar zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanadi
Ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasini yangilash tartibi tasdiqlandi. U asbob-uskunalar va sarflash materiallarini sotib olishni soddalashtirish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va xorijda malaka oshirish orqali mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi qanday yuritiladi
Moddiy boʻlim buxgalteri xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Ushbu savolga «TRI-S-AUDIT» kompaniyasi mutaxassisi Vera Tyurina javob beradi
Buxgalteriyani masofadan oʻrganamiz
«Norma» professional rivojlanish markazi masofadan oʻqitish texnologiyalarini qoʻllagan holda «Amaliyotchi buxgalter» oʻquv kursiga qabul e’lon qildi. Mashgʻulotlar qanday oʻtkazilishi haqida ma’ruzachi Olga Shabanova soʻzlab beradi
Jamoa shartnomalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun - jarima
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik haqida nimalarni bilish kerak? Ushbu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi
Qanday qilib TIF ishtirokchisi boʻlish mumkin
Koʻpgina korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanmoqchi. Ularning rahbarlari uchun buxgalteriya va yuridik xizmatlarni tayyorlash vazifasi dolzarb boʻlib turibdi. Nimalarga e’tibor qaratish lozim? Shu va boshqa savollarga TIF sohasidagi «ViGoRus» konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova javob beradi
Nima uchun BIR.UZ tizimi imtihoniga aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan ma’qul?
Buxgalter rasmiy hujjati - Bir.uz attestatini olishni va oʻz malakasini oshirishni istaganlar uchun ajoyib yangilik
BPM-tizimlar qanchalik samarali
Biznes jarayonlarini boshqarishning BPM-tizimlaridan foydalanadigan menejerlar soni tobora ortib bormoqda. Ularning nimasi foydali va qanday dasturiy ta’minotni tanlash kerak? «OLSOFT» kompaniyasi vakili Timur Sharapov maslahat beradi
Fuqarolik-huquqiy shartnomani qanday toʻgʻri tuzish mumkin
Koʻpincha tadbirkorlar va mutaxassislar fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzish orqali mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishadi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, bunda ular murakkabliklarga duch kelishadi. Nimalarga e’tibor berish kerak? Batafsil – sharhimizda
Korporativ karta: nimalarga sarflanadi?
Aprel oyidan boshlab korporativ plastik kartalardan amalga oshirishga ruxsat etilgan toʻlovlar roʻyxati kengaytirildi. Mazkur vaziyatni soliq va buxgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin sharhlab beradi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


