Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
30.01.17

Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnomani onlayn soʻrash mumkin

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan YaIDXPda roʻyobga chiqarilgan yangi interaktiv xizmat jismoniy va yuridik shaxslarga suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma olishga elektron arizalar yuborish imkoniyatini beradi

27.01.17

Qator ob’yektlarga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomi berildi

25.01.2017 yilda Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi

27.01.17

“Ma’muriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisidagi” Qonun nimadan iborat boʻladi?

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi “Ma’muriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi

27.01.17

Javobgarlikdan ozod etishlarini istasangiz, oqibatlarni bartaraf eting

Qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlar tufayli qator iqtisodiy jinoyatlar boʻyicha jinoiy javobgarlikning oldini olish imkoni mavjud. Ammo bu faqat muayyan sharoitlarda sodir boʻladi. Qay tarzda va qanday sharoitlarda amalga oshirilishi xususida – bizning sharhimizda

27.01.17

«GM Uzbekistan» xizmat koʻrsatish sifatini oshirish uchun soʻrov oʻtkazadi

«GM Uzbekistan» kompaniyasi 25 yanvardan 3 fevralga qadar onlayn-soʻrov oʻtkazadi. Bundan koʻzlangan maqsad – muammolarni bartaraf etish uchun takliflar, shuningdek mahsulot sifatini yanada yaxshilash hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish boʻyicha tavsiyalar olish hisoblanadi

27.01.17

Boyni qashshoqlik sari yetaklovchi 10 odat

Pul topish usullari, boyish yoʻllari, turli bizneslarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari va shartlari xususida avvalgi materiallarimizda suhbatlashgan edik. Endi, keling, muammoga biroz boshqacharoq yondashaylik! Iqtisodiy barqarorlikka erishib boʻlganlarni pastga qulashga, sekin-asta tanazzul sari yuz tutishiga nimalar sabab boʻladi?

26.01.17

Muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarimani bekor qilish vaqti keldimi?

Ushbu materialda korxonalar rahbarlari va buxgalterlarining muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun javobgarligining keyinchalik saqlanib qolishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspertlarimiz fikri bayon qilinadi

26.01.17

Shahar atrofi va qishloq joylarda avtobus tashuvchilari soliqlardan ozod etildi

Prezidentning 10.01.2017 yildagi «Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi

26.01.17

Boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar Toshkentda uy-joy sotib olishlari mumkin boʻladi

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Boshqa hududdan kelganlar va chet elliklarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kvartira yoki uylar sotib olish imkoniyatini taqdim etish taklif qilinmoqda

25.01.17

Tekshiruvlar reja-jadvalini kompyuter tuzadi

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. U biznes yuritish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni nazarda tutadi

25.01.17

Sud frontiga kimni yuborish kerak?

Ayrim kompaniyalar sud jarayoniga advokatlarni jalb etishadi, boshqalari – konsalting firmalarini, yana qaysilari – shtatdagi yurist sa’y-harakatlariga tayanadi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt umuman yuridik yordamga murojaat etmasdan, mustaqil ravishda sudda ishni yutib chiqishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, uning shartlari qanday? Quyida shu mavzu boʻyicha fikr yuritamiz.

25.01.17

Milliy madaniy markazlar vakillariga mukofotlar topshirildi

Prezidentning 24.01.2017 yildagi “Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

25.01.17

Ishlamayapsizmi – imtiyozlarni qaytaring

Kollejlar bitiruvchilari–yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan 6 oy muddatga ozod etiladi. Roʻyxatdan oʻtgandan keyin bir yil ichida ular oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda ularni nimalar kutadi?

24.01.17

Tekshiruvlarda shtatdagi yuristlar ishtirok eta oladi

25.05.2000 yildagi 69-II-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririga qator oʻzgarishlar kiritildi

24.01.17

Bozordagi oʻrin uchun qancha toʻlanadi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2854, 2017 yil 20 yanvar) bilan Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi minimal miqdorlari belgilandi

24.01.17

NTM – soliq labirintlarida

“Nalogoviye tamojenniye vesti” nodavlat ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - NTM) faoliyatini huquqiy va soliqqa oid tartibga solish muammosini bir necha bor koʻtargan edi. 2017 yilda muassasalarning aksariyati umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishga toʻgʻri kelganda bu keskin tus olishi mumkin

24.01.17

Xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi

Prezidentning 17.01.2017 yildagi PF–4933-son Farmoni bilan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’yektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

24.01.17

Multqahramonlar buxgalteriya hisobi asoslarini oʻrgatadi

Oʻquv materiallarini qabul qilish hammada turlicha kechishi hech kimga sir emas. Kimdir video darslar orqali, kimdir audiokitoblar vositasida, yana kim oʻqish yordamida materiallarni tezroq oʻzlashtiradi. Har kim oʻzi uchun eng qulay usulni tanlaydi – guruhdami yoki yakka tartibda, qatnab oʻqishmi yoki masofali

24.01.17

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tadbirkorlardan takliflar kutmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasidagi biznes va tadbirkorlik vakillariga muammoli masalalar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni koʻrsatishni soʻrab murojaat etdi

24.01.17

Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar qanday joylashtiriladi?

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 351-3, 2017 yil 18 yanvar) bilan Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni tarqatish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

24.01.17

Mahalliy byudjetlar kollejlarni moliyalashtirishni toʻxtatadi

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634-1, 2017 yil 19 yanvar) bilan Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ayrim qoʻshimchalar kiritildi

24.01.17

«Oʻzshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tashkil etildi

Prezidentning 13.01.2017 yildagi PQ–2728-son “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi

23.01.17

Naqd va naqdinasiz hisob-kitoblar birdek qulay boʻladi

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. U naqd va naqdinasiz pul aylanmasi oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi

23.01.17

Kim bankrot?

Milliy qonunchiligimizda bankrot soʻzining tushunchasi va belgilari, jismoniy va yuridik shaxsning bankrot deb tan olinish shartlari va tartibi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunda oʻz aksini topgan. Ammo “bankrot” soʻzining asl ma’nosi nima, u qayerdan, qanday kelib chiqqan? Quyida shu savolga javob izlaymiz.

23.01.17

Oʻzbekistonda chet el pasportlari joriy qilinishi mumkin

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida pasport-viza tizimini, shuningdek chiqish-kelish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi

23.01.17

Meva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport qilishga ruxsat beriladi

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Uning qator qoidalari eksportni ragʻbatlantirishga qaratilgan

23.01.17

Soliq tekshiruvlari: turlari va oʻtkazish asoslari

Soliq kodeksiga soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

23.01.17

2017 yildan oʻzgarishlar: yuridik shaxslarga soliq solish va boshqa toʻlovlar

Norma.uz portalidagi oʻtgan yil oxiri va shu yil boshidagi sharhlar turkumi har bir shunday oʻzgartirishlarni alohida koʻrib chiqishga bagʻishlangan. Mazkur materialda yuridik shaxslar faoliyatidagi oʻzgartirishlarni yoritgan materiallar anonsi keltirilmoqda

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Tib­bi­yot xo­dim­la­ri­ni dav­lat roʻyxa­ti­dan oʻtka­zish qan­day amal­ga oshi­ri­la­di

2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Xo­rij­da­gi va­tan­dosh­lar­ni tak­lif qilish va fuqaro­li­gi boʻlma­gan shax­slar­ga huj­jat­lar­ni ras­miy­lash­ti­rish tar­ti­bi sod­da­lash­ti­ril­di

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekistonga taklif qilish, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi. Arizalarni YaIDXP va DXM orqali topshirish mumkin.