Dori vositalari xorijiy ilmiy manbalar asosida tekshiriladi
Dori vositalari ularning samaradorligini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining xalqaro manbalari hisobga olingan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmati qanday koʻrsatiladi
Shaxsning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtishi uni mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun – raqobatbardosh kadrlar
Hujjat raqamli texnologiyalar asosida yer melioratsiyasi va suv resurslarini boshqarishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish, «sanoat– korxona – oliy ta’lim» uzluksiz ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan.
Xalq qabulxonalari faoliyati samaradorligi oshiriladi
Fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Fuqaro aviatsiyasi tizimida tibbiy nazorat takomillashtirildi
Hujjat aviatsiya xodimlarining kasbiy layoqatini xolis va asosli baholash, shuningdek parvozlar xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilaydi.
Yangi ekologik ta’lim tizimi joriy etilmoqda
Hujjat aholi oʻrtasida ekologik koʻnikmalarni shakllantirish, ta’lim muassasalari faoliyatining barcha bosqichlarini xalqaro standartlar va ekologik me’yorlar asosida tashkil etishga qaratilgan.
Yoʻl harakati xavfsizligi organlarini xabardor qilish tartibi joriy etilmoqda
Avtomobil egalari yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlikni onlayn tarzda oʻtkazishi mumkin boʻladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasining vazifalari belgilandi
Hujjat agrosanoat sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan.
Yashil bogʻlar va parklarni samarali boshqarish tizimi joriy etilmoqda
Respublikada yashil maydonlar kengaytiriladi, mamlakatning har bir hududida botanika bogʻlari va dendroparklar barpo etilib, ularni mahalliy tabiiy sharoitlarga mos ravishda saqlash tizimlari yaratiladi.
Ijro tartib-taomillari raqamlashtiriladi
Hujjatda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz hamda oʻz vaqtida ijro etish chora-tadbirlari belgilangan.
Huquqiy tajriba qanday oʻtkaziladi
Qonunchilik darajasida huquqiy tajribani tashkil etish va oʻtkazish tartibi, vakolatli sub’yektlar doirasi, uni qoʻllash muddatlari, shuningdek, tajriba yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish mexanizmi belgilandi.
Oʻzbekistonda islomiy moliya joriy etilmoqda
Islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslari va banklar tomonidan islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatish tartibini mustahkamlovchi Qonun qabul qilindi.
Toshkent xalqaro moliyaviy xabga aylantiriladi
Toshkent xalqaro moliya markazi investitsiyalar hajmini oshirish, kapital bozorini rivojlantirish va ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etishga hissa qoʻshishi kerak.
Ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish jadallashtiriladi
Hujjat atrof-muhitga antropogen yukni kamaytirish, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, shuningdek, ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qonunning qabul qilinishi atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilashga, davlat ekologik nazoratini samarali tashkil etishga, biologik xilma-xillikni saqlab qolishga koʻmaklashadi.
Shaxsiy ma’lumotlarning samarali himoyasi ta’minlanadi
Qonun shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish shartlarini, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Milliy tabiat bogʻlari koʻpayadi
Hujjat tabiiy hududlarni muhofaza qilish, ekologik qiymatga ega boʻlgan tabiiy ob’yektlar va majmualarni qayta tiklash va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan.
Yosh mahkumlarni raqamli kasblarga oʻrgatish kelajakda ularga yordam beradi
Hujjat yosh mahkumlarning ozodlikka chiqqanidan soʻng jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish, bandligini ta’minlash, takroran jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgan.
«Surxon-Agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi
Tabiiy-iqlim sharoiti qulay boʻlgan hududlarda agropark usuli asosida issiqxonalarni rivojlantirish orqali yashil iqtisodiyot tamoyillari joriy etilmoqda.
1 apreldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Futbol klublarini ishonchli boshqarish amaliyoti joriy etilmoqda
Sport vazirligi huzurida Sport tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilib, uning mablagʻlari yangi loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Avtomobilda xalqaro tashishlarga ruxsat berish tizimi takomillashtirilmoqda
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga ruxsatnomalarni almashtirish, berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun yangilandi
Qonunda murabbiy, sport hakami va sport agentining huquqiy maqomi belgilanib, sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish, ommaviy sportni tashkil etish masalalari belgilab qoʻyildi.
Akademik litsey oʻquvchilari uchun yakuniy attestatsiya soddalashtirildi
Akademik litsey oʻquvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishda qoʻshimcha imtiyoz va kafolatlar berildi.
AESda vodorod portlashidan himoyani qanday ta’minlash mumkin
Qoidalar suv va suv-energetik turdagi reaktorlar (SSER) bilan jihozlangan atom elektr stansiyalarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda vodorod portlashidan himoyalanish talablarini belgilaydi.
Qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayoni tezlashadi
Hujjat bilan vazirliklar, idoralar va hokimliklarda qogʻozdan foydalanishning qat’iy standartlarini belgilash va uning aylanmasini keskin qisqartirish nazarda tutilmoqda.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 2026 yil 18 martda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi naqdsiz shaklda amalga oshiriladi
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar oʻrtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kitoblar yetkazib beriladi
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining knigi.uz kitob internet-doʻkoni ish boshladi. Assortimentda – boshlovchilar tomonidan ham, tajribali kadrlar xodimi, buxgalterlar va rahbarlar tomonidan ham talabgir oʻquv-ma’lumotnoma adabiyoti mavjud
Buxgalter nimalarni bilishi kerak
Buxgalter ishini muvaffaqiyatli boshlab olish uchun nimalarni bilishi kerak? «Norma» professional rivojlanish markazi mutaxassislari 15 ta pozitsiyani sanab oʻtishdi
Jadval boʻyicha ta’til
Ish beruvchi tasdiqlangan jadvalga koʻra boshqa vaqtda olishi kerakligini vaj qilib, xodimga yillik ta’til berishni rad etishi mumkinmi? Bu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi
Ish haqi hisob-kitobi: xato qilmaslik uchun nima qilish kerak
Ish haqini hisoblashda qilingan xato nafaqat buxgalter uchun ancha noxushliklar va ovoragarchiliklarga sabab boʻladi. Hisob-kitoblardagi tasodifiy xatolar xatarini qanday kamaytirish mumkin? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasining mutaxassisi Vera Tyurina maslahat beradi
Rahbarlar uchun buxgalteriya hisobi
Rahbar buxgalteriya hisobi tashkil etilishi va uning ahvoli uchun mas’ul. Nafaqat tashkilotning barqarorligi, balki rahbarning moddiy farovonligi va xotirjamligi ham hisob toʻgʻri yuritilishiga bogʻliq. Ushbu uchastkadagi ishni qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?
Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin
Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi
Ishdan ajralmagan holda buxgalteriya hisobini qanday oʻzlashtirsa boʻladi
29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buxgalteriya hisobiga kirish» oʻquv kursi boshlanadi. Mashgʻulotlar masofaviy tarzda oʻtkaziladi
Norezidentlarga soliq solish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim
25 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda norezidentlarning daromadlariga soliq solish» seminari boʻlib oʻtadi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


