Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili instituti ta’sis etildi
Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Nomzod Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kv.metrdan kam boʻlmagan 1 kvartiralar ajratiladi.
«Rasmiy statistika toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
«Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi
Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ular moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.
Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar toʻlash tartibi oʻzgardi
Chora-tadbirlar kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Gʻallaorol, Kogon va Urgut oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etildi
Oʻrmon xoʻjaliklari Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tashkil etildi va tegishincha 37 870, 1 000 va 10 577 ga maydonga ega.
Jarimalar miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda
«Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tibbiy yordam koʻrsatishda davolash muassasalarida nimalar boʻlishi kerak
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Faoliyat mavjud emasmi - xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar reyestridan chiqarishadi
3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqariladi.
Yetimlarni tarbiyalash bilan Milliy gvardiya shugʻullanadi
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining bolalar uylari Milliy gvardiyaga biriktiriladi.
“Aziz-ayol.uz” milliy platformasi oʻz faoliyatini boshlaydi
Uning vazifalari orasida - xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam berish.
“Transport toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Ipoteka krediti berishda qanday oʻzgarishlar kiritildi
Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi joriy qilinadi
Chora-tadbirlar hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirishga yoʻnaltirilgan.
Qashqadaryo viloyatida har yili «Oʻzbekiston otlari» nomli koʻrgazma tashkil qilinadi
Shuningdek ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-koʻpkari boʻyicha «Eng yaxshi chavandoz», «Eng yaxshi trener» tanlovlari tashkil etiladi. Gʻoliblar BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari tashkil etildi
Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish uchun saylov okruglari tuzish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi
15 avgustdan boshlab Moliya vazirligining bir qator funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkaziladi.
Vaksinatsiyadan bosh tortganlik uchun – ishdan chetlashtirish
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
Oʻzgidromet xizmatlarni qanday taqdim etadi
Umumiy maqsaddagi tezkor va prognostik ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlariga oʻzaro ma’lumotlar almashinuvi boʻyicha qoʻshma dasturlar asosida taqdim etiladi.
Oʻzbekistonga Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi mablagʻlari jalb qilinadi
Nukus shahrida ayollar va bolalar shifoxonasi qurilishi Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston viloyatlarida nasos stansiyalari modernizatsiya qilinadi
Rossiya Federatsiyasi ishtirokida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Kim Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kiradi
Universitet IIV va Milliy gvardiya, QK, huquqni muhofaza qilish organlari, oʻz qoʻriqlash tuzilmalariga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun kadrlar tayyorlaydi.
Chorvoq suv ombori atrofi oʻrmonlashtiriladi
Chorvoq suv omborini himoya qilish va qayta tiklashga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish dasturi tasdiqlandi.
Oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi
«Tadbirkorlik va professional faoliyat sub’yektlarini oʻz-oʻzini tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi tashkil etildi
Xorijiy konsultantlar bilan birgalikda ofis mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya qidiruv ishlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilaydi va ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Maktabgacha ta’lim boʻyicha mobil guruhlar barcha hududlarda tashkil etiladi
2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, respublikaning 13 ta tumanlarida zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan ISUZU NC 40 avtobuslarda mobil oʻqitish guruhlari faoliyat koʻrsatdi.
Tadbirkorlar bilan mahalla aholisi oʻrtasida kooperatsiya qoʻllab-quvvatlanadi
"Mahallabay" va "xonadonbay" ishlash asosida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangicha yondashuvni respublikaning hududlariga tatbiq etish uchun davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklariga $100 mln ekvivalentidagi mablagʻlar ajratiladi.
Qorabayir otlari mahorat maktabiga Milliy gvardiya mutasaddilik qiladi
Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga ixtisoslashgan seksiya va ot sporti klublari tashkil etiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


