Mahalliy hokimiyat organlariga yangi vakolatlar berildi
Chora mintaqalarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Tumanlarda ommaviy va professional sportni rivojlantirish sport maktablari tomonidan amalga oshiriladi
Keyingi oʻquv yilidan boshlab ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi
Temir yoʻl transporti sohasida qanday xizmatlar bepul koʻrsatiladi
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun va yuk tashish uchun aravachalar ajratish, kutish zalida Wi-fi, tibbiy yordam punktlarida tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqalar shular jumlasidandir.
Talabalar uchun yakuniy davlat imtihonini ish beruvchi korxona va tashkilotlar ham oʻtkazishi mumkin
Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Kripto sohasida litsenziya olish uchun davlat boji qancha turadi?
Faoliyat turidan kelib chiqib litsenziya uchun 1,1 mlrd soʻmdan 27,5 mlrd soʻmgacha toʻlov qilish lozim boʻladi.
Surxondaryo viloyatida uchta sayyohlik markazi quriladi
Ular Boysun tumanidagi Omonxona, Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishloqlari hududida va Jarqoʻrgʻon tumanidagi Oqtepa suv ombori sohil hududida joylashadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar
2020 yildan boshlab Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyati uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni shakllantirish imkonini bergan oʻzini oʻzi band qilish instituti faoliyat koʻrsatmoqda.
Nukus shahrining bosh rejasi tasdiqlandi
Bosh reja shahar infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish va yanada takomillashtirishga qaratilgan. 2040 yilgacha Nukus shahri Nukus tumani hududiga 876 gektarga kengayishi hisobga olingan.
Davlat organlarining ichki audit xizmati uchun KPI belgilanmoqda
Ularning samaradorligi har chorakda baholanadi.
Ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestridan nimalar aks ettiriladi.
Unga ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari, ma’muriy markazlari, doimiy yashovchi aholi soni va boshqa ma’lumotlar kiritiladi.
Ayrim qishloq xoʻjaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod etildi
2025 yil 1 martdan boshlab yangi traktor va kombaynlarga GPS qurilmalari oʻrnatilmasdan ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Oʻzbekistonning RFdagi elchixonasi faoliyati samaradorligi qanday oshiriladi
Elchixona shtat jadvaliga birinchi kotib - Oʻzbekiston IIV vakili lavozimi kiritildi.
Qarshi davlat texnika universiteti ochilmoqda
Uning vazifalari – muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, AT, dasturlash va boshqa sohalarda muhandislik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Asosiy stavka – avvalgi darajada
Markaziy bank qarori inflyatsiya darajasining prognozga nisbatan sekin pasayishi va yuqori inflyatsion kutilmalarning shakllanishi sharoitida qabul qilindi.
Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya talablari belgilanmoqda
Shuningdek, Oʻyinchilar yagona reyestri tashkil etiladi.
Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini qoʻllash kengaytirildi
Shuningdek, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash mezonlari oʻzgartirildi.
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
Unda turistik sohadagi barcha xizmatlar birlashtiriladi
Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi
U yilda bir marta belgilanadi va Badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi
Uning huzurida shuningdek sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari boʻyicha Axborot markazi tashkil etildi.
Shahrisabz tumanida xalqaro kurort quriladi
Mintaqalararo hamkorlik III Forumi doirasida Rossiya tomoni bilan Qashqadaryo viloyatida «Gelon» barcha mavsumli kurort majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishildi.
Xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish tartibi belgilanmoqda
Jinoyat-protsessual kodeksi tegishli bob bilan toʻldirilmoqda
Maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish tizimi soddalashtiriladi
"Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi Qonunga MIZ ma’muriy kengashlarini tugatish va ularning vazifalarini direksiyalar zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Yoʻl harakati qoidalariga yangi belgilar kiritilmoqda
Yoʻl harakati qoidalaridagi atamalar «Yoʻl harakati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiqlashtirilmoqda.
Mamlakatda jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab «Maktab ligasi», «Talabalar ligasi», «Oliy ta’lim kubogi» va «Rektor kubogi» singari sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Uy qamogʻida elektron brasletdan qanday foydalaniladi
Shuningdek, mazkur chora qoʻllanilmaydigan shaxslar doirasi belgilanmoqdayu
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni xarid qilish tartibi takomillashtirildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xarid markazi va Tibbiy texnikaga xizmat koʻrsatish oʻquv-ishlab chiqarish markazi tashkil etilmoqda.
Axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyadan proaktiv shaklda oʻtkaziladi
Mazkur xizmatlar rahbarlari haqidagi kerakli ma’lumotlar elektron baza orqali olinadi.
Tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytiriladi
"Yuqori" va "oʻrta" barqarorlik reytingiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yigʻimi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


