Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.05.20

Samarqand viloyatida fotoelektrik stansiya quriladi

Prezidentning 13.05.2020 yildagi “"Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4712-son qarori qabul qilindi.

16.05.20

Elektron ishonchnoma qanchalik qonuniy?

Ayrim EHA operatorlari ishonchnomani elektron shaklda yozib berishni taklif etmoqdalar. Bir qarashda bu qulaydek koʻrinadi. Biroq TMBlarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizom faqat qogʻozda yozilgan ishonchnomalar muomalasini tartibga soladi. Buxgalter qanday yoʻl tutishi kerak: ishonchnomani qogʻozda yozib bersinmi yoki elektron shaklda?

15.05.20

Tovarlarni olib oʻtish maqsadi qanday aniqlanadi

Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish maqsadini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

15.05.20

Karantin uzaytirildi, biroq uning talablari yumshatiladi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi karantinni 1 iyunga qadar uzaytirdi.

15.05.20

Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi oʻzgardi

Prezident tomonidan 12.05.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4710-son qaror imzolandi.

14.05.20

Chorvachilik tarmogʻiga subsidiyalar qanday ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 12.05.2020 yildagi qarori bilan chorvachilik tarmogʻiga subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi.

14.05.20

2020 yilda qanday qonunlar ishlab chiqiladi

Shu yil Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi 278-son qarori bilan belgilandi.

14.05.20

Propiska toʻgʻrisidagi qonunga tuzatishlar kiritildi

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

14.05.20

Pandemiya davri: tadbirkorlar yanada qoʻllab-quvvatlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev karantin talablarini yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini ishlatish, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

13.05.20

Mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot markazlari uchun reyting joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi «Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 274-son qarori qabul qilindi.

13.05.20

Oltita bankdagi davlat ulushlari xususiylashtiriladi

Prezident tomonidan 12 may kuni Oʻzbekiston bank tizimini isloh qilish toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi.

13.05.20

Hududlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish Jizzax viloyatidan boshlanadi

Prezidentning 11.05.2020 yildagi «Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

13.05.20

Hayvonotga mansub mahsulotlarni olib kirish qat’iy nazorat qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 277-son qarori qabul qilindi.

13.05.20

GMOli mahsulotlar ekspertizadan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli (Monreal, 29.01.2000 yil) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-son qarori qabul qilindi.

13.05.20

Pandemiyada mehnat sharoiti qanday tashkil etilishi – yangi tahrirdagi SanQvaMda

“COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda ishlab chiqildi.

13.05.20

Barcha davlat mulki yagona reyestrga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining 8.5.2020 yildagi “Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 273-son qarori qabul qilindi.

12.05.20

«FORS-MAJOR» haqida oʻnta yanglish fikr

Bizga u haqda barcha narsa ma’lumdek tuyuladi. Biroq butun dunyo boʻyicha pandemiya tan olingan payt keldi, fors-major roʻy berdi. Bu amaliyotda nimani bildiradi?

11.05.20

Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi

U "Loyihalarni boshqarish", "Tadbirkorlik va innovatsiyalar", "Xalqaro elektron tijorat" va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi.

11.05.20

Temir yoʻlda bojxona nazoratidan oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi

Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

11.05.20

MHXS «PROFI: Xabardor boʻling!» bepul onlayn-konferensiyasi 18 maydan 22 mayga qadar oʻtkaziladi

Profi Training biznes-maktabi barcha xohlovchilarni MHXS «PROFI: Xabardor boʻling!» boʻyicha bepul onlayn-konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Unda moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

11.05.20

Propiska, yerlarni noqonuniy olib qoʻyganlik uchun javobgarlik va yangi ordenlar

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan Senatning toʻrtinchi yalpi majlisida 10 ta qonun koʻrib chiqildi.

11.05.20

Korxona pochta manzili va bankni oʻzgartirgan boʻlsa, nima qilish zarur

Korxona pochta manzili va bank rekvizitlarini oʻzgartirdi. Yopilmagan shartnomalar bor. Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Bosqichma-bosqich yoʻriqnoma karantin sharoitida ham barcha zarur masalalarni hal qilish imkonini beradi.

08.05.20

Karantin davrida sud nimalarni hisobga olishi lozim

Oliy sud Plenumining 28.04.2020 yildagi «Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 8-son qarori qabul qilindi.

08.05.20

Matematika ilm-fani yangi darajaga olib chiqiladi

Prezidentning 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

08.05.20

2019 yildagi daromadlar qachon va qanday deklaratsiyalanadi

2019 yildagi jismoniy shaxslarning jami daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani elektron shaklda joʻnatish mumkin. Buni qanday amalga oshirishni DSQning jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassisi Jamoliddin JOʻRAYeV gapirib berdi.

08.05.20

Mahalliy eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash kengaytirildi

Prezidentning 2020 yil 7 maydagi tegishli qarori imzolandi.

07.05.20

«Chiroqchi» EIZ parametrlari aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uning hududlari chegaralari belgilandi, direksiyasi tuzilmasi, ustavi va faoliyatini moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.