Benzin va dizel yoqilgʻisi narxlarini bozor belgilaydi
2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.
Karantin paytida elektr energiyasi hisoblagichlari davriy qiyoslovdan oʻtkazilmaydi
Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xabar berdi. Oʻzbekiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar qabul qilindi.
Koreya Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlarni yaratish uchun $5,5 mln yoʻnaltiradi
SSP tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning tegishli qarori loyihasi QHTBTda joylashtirilgan. Uning muhokamasi 18 aprelda yakunlanadi.
Velosiped va mototransportda harakatlanish taqiqlandi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.
Korxona tugatilayotgan boʻlsa, xodimlarni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin
Korxonalarning hammasi ham inqiroz va fors-majorga dosh berolmaydi. Mulkdor barbod boʻlgan biznesini yopishga qaror qilgan boʻlsa, mehnat shartnomalarini bekor qilishiga toʻgʻri keladi.
Suv xoʻjaligi loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish qanday moliyalashtiriladi
Tegishli tartib Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 martdagi 155-son qarori bilan tasdiqlangan.
Virus haqida yolgʻon ma’lumotlar tarqatganlik uchun – jinoiy sanksiyalar
Yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli JK, JPK va MJTKga zarur tuzatishlar kiritildi.
Toshkent viloyatida kartoshkachilik klasteri paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldagi 193-son qarori bilan mavjud qishloq xoʻjaligi tashkilotlari negizida uni tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Buxgalter.uz yaqin vaqt mobaynida bepul resurs boʻlib qoladi
Buxgalter.uz portali karantin tufayli murakkab ahvolda qolgan Oʻzbekiston buxgalterlari va korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzini tijoriy yoʻsinga oʻtkazishni yaxshi vaqtlar kelguncha kechiktirib turadi.
MB saytning yangi versiyasini ishga tushirdi
Yangilangan dizaynda infografikadan foydalanilgan boʻlib, u turli jihozlarga moslashadi. Barcha oʻzgartirishlar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda kiritilgan.
Biznesga – qoʻshimcha imtiyoz va preferensiyalar
Ular koronavirus pandemiyasi davridagi inqirozga qarshi chora-tadbirlarning ikkinchi paketida nazarda tutilgan.
Prezident tomonidan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga doir navbatdagi farmon imzolandi
Bu haqda davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.
Ipotekani rasmiylashtirish chogʻida qanday qilib subsidiya olish mumkin
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom (25.03.2020 yildagi 182-son VMQga qarang) tasdiqlandi.
NHH gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 192-son qarori bilan uni oʻtkazish tartibi tasdiqlangan.
Homiylikka soliq solishga tuzatish kiritiladi
Moliya vazirligi Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Bitiruv va kirish imtihonlarini birlashtirmoqchilar
QHTBT portalida Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.
Qishloq xoʻjaligi birlashmasini tashkil etish uchun subsidiya qanday olinadi
Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi birlashmalari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Faoliyat toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, xodimni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin
Korxona faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, xodimlarni ishdan boʻshatish mumkinmi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Mixail GASANOV vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.
Poytaxtda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi
Hukumatning oʻzbek yozuvchisining boy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilishga qaratilgan qarori qabul qilindi.
Andijonda Hindiston bilan hamkorlikda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 188-son qarorida nazarda tutilgan.
Hududlarda nechta notarius boʻlishi lozim
Vazirlar Mahkamasi tomonidan notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi tasdiqlandi.
Oʻzini yakkalash va xayriya aksiyalarini muvofiqlashtirish rejimi joriy etildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi yana bir qator cheklovchi chora-tadbirlarni joriy etdi.
Shaxsni ushlashda videoyozuvga tushirish joriy etiladi, dorilarni import qilish soddalashtiriladi
30 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Qayer jamoat joyi hisoblanadi
Qonun hujjatlarida aniq ta’rif va yagona yondashuv boʻlmaganligi sababli mutaxassislar bu borada munozara qilib keladilar. IIV «Jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasiga jamoat joylari tushunchasi va tasnifini kiritdi.
Import tovarlari chakana savdoga chiqishi uchun nimalar qilish lozim
Bojxona tartib-taomillarida ishtirok etadigan mutaxassislar ham avtomobillarda harakatlanish huquqi berilishi lozim, aks holda import tovarlar yaqin orada doʻkonlarga chiqmay qolishi mumkin. Bojxona brokerlari uyushmasi shunday deb hisoblaydi hamda bojxonada tozalashda ishtirok etadigan mutaxassislarga ham ruxsatnoma stikerlari berilishini taklif etadi.
Kambagʻallikni qisqartirishga 100 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Qanday qilib xodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin
Xodimlarni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkinmi? Qabul qilinayotgan ijtimoiy himoya choralari munosabati bilan ishdan boʻshatish qoidalari oʻzgardimi?
Mehnat vazirligi tomonidan masofaviy ishlashning moslashuvchan grafigi tasdiqlandi
Xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


