Donni qayta ishlovchi korxonalarga – soliq va bojxona imtiyozlari
Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018 yildagi «Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 684-son qarori e’lon qilindi
2021 yildan kamida bir sutkaga chegarani kesib oʻtganlar alohida hisobga olinadi
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi
Maktab oʻqituvchisining ish yuklamasi belgilandi
Xalq ta’limi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari pedagoglarining namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3058, 20.08.2018 y.)
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqariladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (20.08.2018 yilda 3056-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan ularni sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi tasdiqlandi
Baliq ishlab chiqarish boʻyicha EIZda qanday qatnashish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 20.08.2018 yildagi 677-son qarori bilan Toshkent viloyatida «Baliq ishlab chiqaruvchi» erkin iqtisodiy zonasi investitsiya loyihalarini tanlab olish tartibi tasdiqlandi
Soat 21:00 dan 9:00 gacha alkogol sotishni taqiqlashlari mumkin
QHTBT portalida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni tartibga solishga yoʻnaltirilgan hukumat qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Ish haqi va nafaqalar: qanday toʻgʻri hisoblash mumkin
28 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi buxgalterlar va kadrlar boʻyicha xodimlarni «Normal mehnat sharoitlaridan ogʻishganda ish haqi. Nafaqalar (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarishlash va boshqa nafaqalarni) toʻlash. Ta’til puli hisob-kitobi» seminariga taklif qiladi
«Ijtimoiy tadbirkor» maqomi kimga beriladi
QHTBT portalida tadbirkorlik sub’yekti «Ijtimoiy tadbirkor» maqomini, shuningdek imtiyoz va preferensiyalarni olishi tartibi nazarda tutilgan nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi barcha axborot hamma uchun ochiq boʻladi
Prezidentning «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarida yordam beradi
Davlat xaridlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3057, 20.08.2018 y.)
«Dori-Darmon» AKdagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvga topshiriladi
Prezidentning «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilingan
Toshkentda markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi «Davlat-xususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish toʻgʻrisida»gi 674-son qarori e’lon qilindi
Shukur Sulaymonov: «Biznes boshlamoqchi boʻlganim sababli direktor.uz e’tiborimni tortdi»
direktor.uz tizimi ishga tushirilgan dastlabki oyda 1141 kishi roʻyxatdan oʻtdi. Bugungi kunga kelib «Moliyaviy savodxonlik asoslari» onlayn-kursini 34 kishi tamomladi. Shukur Sulaymonov 222,2 ball toʻplab, direktor.uz reytingida birinchi oʻrinni egalladi
Xorijiy avtotashuvchilarning XYT tartibidan foydalanishi nima sababdan taqiqlanishi mumkin
Tegishli Nizomda Xorijiy avtotashuvchilarni XYT kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi nizomlaridan mamlakat hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi belgilangan
Investitsiyalar jalb qilishda eng yaxshilarni tanlov aniqlaydi
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Raqamli mahsulotlar boʻyicha bitimlarning buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi
Vazirlar Mahkamasining 16.08.2018 yildagi 670-son qarori bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi 2018–2022 yillarda Oʻzbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi
Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi “Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 671-son qarori e’lon qilindi
Olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga qabul qilish qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 14.08.2018 yildagi 660-son qarori bilan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga oʻquvchilarni qabul qilish va ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi tasdiqlandi
Telefon raqamlari toʻqqizta belgili boʻladi
2018 yil oxirigacha yettita belgili telefon aloqasi numeratsiya tizimidan toʻqqizta belgilisiga oʻtish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Axborot kommunikatsiyalari vazirligi
1 sentyabrdan poytaxtda boshqaruvning alohida tartibi joriy etiladi
Prezidentning 17.08.2018 yildagi «Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jadallashtiriladi
2030 yilgacha «Raqamli Oʻzbekiston» rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadigan Raqamli iqtisodiyot rivojlantirilishini muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Poytaxtning bosh rejasi tasdiqlanguncha eski shahar qismini buzish taqiqlandi
2019 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident qarori loyihasi tayyor boʻlishi kerak. U imzolanguncha Toshkent shahrining eski shahar qismida buzish, rekonstruksiya qilish va kapital qurilish boʻyicha ishlarni olib borish taqiqlanadi
Oʻquv mashgʻulotlari uchun soatbay haq oʻrta hisobda 7% oshirildi
15.08.2018 yilda 3054-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjat bilan ta’lim sohasida mehnatga soatbay haq toʻlashning yangi miqdorlari tasdiqlandi
Indeksatsiyadan keyin oliy ta’lim muassasalari xodimlari va olimlar qancha maosh oladilar
Joriy yil 1 sentyabr, 2019 yil 1 yanvar va 1 iyul oylaridagi indeksatsiyani hisobga olgan holda bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 15.08.2018 yildagi 662-son qarorida raqamlar keltirilgan
Yagona maktab formasi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 15.08.2018 yildagi «Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi, deya xabar qiladi Xalq ta’limi vazirligi
«Geoinnovatsion markaz» DUK uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish va ulardan foydalanishga haqli
Vazirlar Mahkamasining 15.08.2018 yildagi 663-son qarori bilan qonun hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritildi
NNTning chet ellik xodimlari uchun – akkreditatsiya kartochkasining yangi shakli
U adliya vazirining 15.08.2018 yilda 3055-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


