Ramazon hayitining birinchi kuni – 15 iyun (juma)
Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Soliq islohoti boʻyicha turli takliflarning koʻp jihatlari oʻxshash
OAVda e’lon qilingan soliq islohoti boʻyicha takliflarda nafaqat tafovutlar, balki umumiy yondashuvlar ham mavjud. «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasining iqtisodiy sharhlovchisi J.Abdullayev tayyorlagan jadval shundan guvohlik bermoqda
Tatyana Kulik: «Kasbiy darajam attestat bilan tasdiqlandi»
Namangandagi «Namangan-Avtotexxizmat» MChJda ajoyib hodisaning guvohi boʻldik. Moddiy buxgalter Tatyana Kulikni Bir.uz attestatini olganligi bilan tabriklashayotgan edi. Shu munosabat bilan u muxbirimizning savollariga javob berdi
Norezidentlar hisobvaraqlariga koʻproq “naqd” oʻtkazilishi mumkin
Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Valyutaviy svoplar boʻyicha bazaviy kurs erkin belgilanadi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Akkumulyator zavodi xorijliklarga sotiladi
Prezidentning 2018 yil 5 iyundagi PQ–3773-son «Jizzax akkumulyator zavodi» AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Tabiiy gaz yoʻqotishlari qanday hisoblanadi?
“Tabiiy gaz yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” Adliya vazirligida (roʻyxat raqami 3018, 2018 yil 1 iyun) roʻyxatdan oʻtkazildi
Harbiy xizmatchilar qoʻshimcha ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Jismoniy shaxslar uchun ERI arzonlashdi
Bu Prezidentning 5.06.2018 yildagi Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashga doir PF-5456-son Farmonida nazarda tutilgan
JShDS: savollar va javoblar
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda koʻpincha murakkabliklar yuzaga keladi. Ularni xatolarga yoʻl qoʻymasdan qanday hal etish mumkin?
Butun mamlakat boʻylab oilaviy biznes kengaytiriladi
Prezidentning 7.06.2018 yildagi qarori bilan «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash huquqi yangicha tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 399-son qarori e’lon qilindi
Ekin va oʻsimliklar kasalliklar va zararkunandalardan qanday himoya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 405-son qarori bilan Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat granti asosida qabul qilish boʻyicha imtiyoz qanday ishlaydi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2018 yildagi 417-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Talaba oʻzlashtira olmasa – oʻqituvchi ishdan boʻshatiladi, xorijiy abituriyentlar test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi
Prezidentning 5.06.2018 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Sergelida besh yulduzli mehmonxona quriladi
Bu haqda Sergeli tuman hokimi Nozim Husanov tumanda joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: tafsilotlar aniqlashtirildi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish metodikasiga tuzatishlar kiritildi
«Navoiy» EIZ kengaytirildi, yana 4 ta KSZ tashkil etildi
Prezidentning 5.06.2018 yildagi «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3774-son qarori e’lon qilindi
Ish stajini va yakka tartibdagi tadbirkorning sugʻurta badallari toʻlanishini hisobga olish soddalashtirildi
Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan
Bir yarim yilda 28 ta yangi sport ob’yekti quriladi, 19 tasi rekonstruksiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2018 yildagi 411-son qarori bilan 2018–2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi, kontrakt miqdori yangicha belgilanadi
Prezidentning 4.06.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi PQ–3769-son qarori qabul qilindi
Ish haqi hisob-kitobidagi, alohida boʻlinmalar hisobotlaridagi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlashda YaTT ishtirok etishidagi va boshqa oʻzgartirishlar
Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 384-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda
Formali kiyim-bosh savdosiga litsenziya qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 406-son qarori bilan Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilar sportni rivojlantirish uchun yigʻimlarni qanday toʻlaydi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 3017, 31.05.2018 y.) bilan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga yigʻimlarni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
YaIDXP orqali shaxsning manzilini mamlakat boʻylab topish mumkin
Tajribadan soʻng Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my2.gov.uz) Oʻzbekiston hududi boʻylab manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish xizmati ishga tushirildi
Kitoblar yetkazib beriladi
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining knigi.uz kitob internet-doʻkoni ish boshladi. Assortimentda – boshlovchilar tomonidan ham, tajribali kadrlar xodimi, buxgalterlar va rahbarlar tomonidan ham talabgir oʻquv-ma’lumotnoma adabiyoti mavjud
Harbiy-texnik institutga tanlov qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1.06.2018 yilda 3019-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
Buxgalter nimalarni bilishi kerak
Buxgalter ishini muvaffaqiyatli boshlab olish uchun nimalarni bilishi kerak? «Norma» professional rivojlanish markazi mutaxassislari 15 ta pozitsiyani sanab oʻtishdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


