Koʻchma aloqa tarmoqlarini loyihalashtirishni litsenziyalash uchun davlat boji pasaytirildi
Shu tariqa, togʻli va olis hududlarni Internet va aloqa bilan qamrab olishni kengaytirish shart-sharoitlari yaxshilanadi.
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasi: asosiy yoʻnalishlar
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Mis xomashyosini boʻlib-boʻlib xarid qilish mumkin
Boʻlib-boʻlib toʻlash muddati – 90 kun.
Tuproq unumdorligini oshirish qanday rejalashtirilmoqda
13 ta tumanda tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini subsidiyalash boʻyicha tajriba boshlanadi.
Soliq auditi boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish mumkin
Ilgari bunday qarorlar ustidan dastlab yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish talab etilgan.
Huquqiy boʻshliqlar qanday toʻldiriladi
Qonun qabul qilingandan soʻng 5 yildan soʻng uning samaradorligi baholanadi.
IT-sertifikat olish xarajatlarini YaIDXP orqali qoplash mumkin
Ingliz tilini bilish boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Ijtimoiy buyurtma boʻyicha suv ta’minoti xizmatlari qanday koʻrsatiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida suv ta’minoti va oqova suv chiqarish boʻyicha qurilish ishlari uchun loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash tartibi belgilandi.
“IT talents” loyihasi doirasida subsidiyalar ajratiladi
Ularning miqdori bitiruvchining ish haqi miqdoriga bogʻliq.
Qonunchilik JST qoidalari bilan uygʻunlashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan 5 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Xorijiy investitsiyalar: birinchi chorakda $7 mlrddan ortiq oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda
Oʻzlashtirish hajmlari boʻyicha yetakchilar – Energetika vazirligi va poytaxt hokimligi.
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
U auksion, tanlov savdolari, muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish, raqobatga asoslangan muloqot va boshqa usullar orqali xususiylashtiriladi.
Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” EIZ tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida – viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bor.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar aylanma mablagʻlar bilan ta’minlanadi
Oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha moʻljallangan strategiyasi qabul qilindi.
Ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan qanday oʻtkaziladi
Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi.
Har bir gektar paxta maydoniga 1 mln soʻmdan subsidiya ajratiladi
Subsidiyaning 30 foizi hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan oʻrtacha 10 foizga oshgan taqdirda ajratiladi.
Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasida Qoraqalpogʻistondan vakil faoliyat yuritadi
2024 yilda Qoraqalpogʻistonda jami 6,5 trln soʻmlik 400 dan ziyod investloyihalar ishga amalga oshiriladi.
Sportchi-ishqibozlar sutkasiga faqat 5 kg baliqni bepul ovlashi mumkin
Aprel oyining oʻrtasidan may oyining yakuniga qadar tabiiy cuv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan.
Investorlar uchun barcha imtiyozlar roʻyxati – yagona reyestrda
Roʻyxat bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi saytida tanishish mumkin.
Avtobus boshqarishda gender tengligi ta’minlanadi
Endilikda ayollar yoʻlovchilarning soni 14 kishidan ziyod boʻlgan avtobuslarni boshqarishga haqli
Xorijiy kompaniyalarning akkreditatsiya pasporti tasdiqlandi
Guvohnoma olish uchun murojaatni koʻrib chiqish muddati – 5 kun.
Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etilmoqda
U bolalar bogʻchalari va maktablarni qurish boʻyicha buyurtmachi boʻladi.
Uchta OTM bittaga birlashtirildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Toshkent moliya instituti va Fiskal institut qoʻshib olindi.
“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarga soliq solinmaydi
Shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash tartibi aniqlashtirildi.
Ayrim byurokratik jarayonlar bekor qilinmoqda
20 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qurilish chogʻida tuproq unumdorligi muhofaza qilinadi
Tuproqning unumdor qatlami saqlanmagan taqdirda yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi.
Ijtimoiy xodimlar uchun koʻrik-tanlov: gʻoliblar BHMning 10 dan 20 baravari miqdorida mukofot oladi
Koʻrik-tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.
“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” tashkil etildi
Uning vazifalari orasida – ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash bor.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


