Ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkasining qoʻllanilishi uzaytirildi
2024 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi.
Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilinadi
Jinoyat kodeksiga muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek intizomiy jazo choralari oʻzgartirildi.
Onlayn-auksion orqali yer uchastkasi sotib olgan nogironligi boʻlgan shaxslarga harajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Bir marotabalik toʻlov miqdori BHMning 100 baravarigacha tashkil etishi mumkin.
Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyxati kengaytirildi
25 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Jamoat transportida brutto-shartnoma tizimi tartibi belgilanmoqda
Yoʻnalishlarni tashuvchilarga biriktirish tender asosida amalga oshiriladi.
Nogironligi bor voyaga yetmagan shaxslarga nafaqalar tayinlash uchun murojaat etish talab etilmaydi
Nafaqalar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Jarimalarni toʻlash tizimi soddalashtirilmoqda
Huquqbuzar 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
Rieltorlik tashkilotlari uchun daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari oʻzgartirildi
Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, yiliga kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
Sudga davlat xizmatlari toʻgʻrisida murojaat qilishda davlat boji pasaytirildi
Fuqarolar sudga murojaat qilganda davlat bojini 50 foiz miqdorida toʻlaydi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 %gacha pasaytirildi
Asosiy stavkaning 1 foiz bandga pasaytirilishi oʻtgan yil mart oyida xatarlar uchun foiz stavkani oshirish orqali qoʻyilgan qoʻshimcha yuklamani toʻliq olib tashlash imkonini beradi.
Shtat qisqartirilganda xodimlardan kimlarni boʻshatish mumkin
Tashkilot buyurtmalar hajmi qisqargani sababli shtatni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan – bir nechta buxgalterlar ishlaydigan moliya boshqarmasida. Ishda faqat ulardan biri qoladi.
Oʻqituvchi qachon imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladi
Oʻqituvchilarning ish joyi, ish staji va ixtisosligi ularning pensiyaga chiqish shartlariga qanday ta’sir qilishini kadrovik.uz iltimosiga koʻra Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro boʻlimi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farrux Pardayev tushuntirdi.
Meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun 323 million dollar ajratiladi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi.
Energetika va gʻalla yetishtirish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga maxsus maqsadli hisobvaraqlardan foydalanishga ruxsat berildi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan olingan mablagʻlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlangan taqdirda ularning hisobvaraqlari muddatidan oldin yopiladi.
Bir qator Qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish jarima solishga sabab boʻladi.
Pensionerlar istalgan vaqtda metroda bepul yurishlari mumkin
1 apreldan boshlab pensionerlar metropolitendan bepul foydalanishlari mumkin.
«Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi vazifalari belgilandi
«Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ishga tushirildi.
Sanoat zonalari va yosh tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanadi
Sanoat zonalari va Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotdi.
Elektr energiyasi, issiqlik, gaz yoki suvdan noqonuniy foydalanish oʻgʻirlik sifatida malakalanadi
Bundan tashqari, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Konstitutsiyaviy sud referendum boʻyicha qaror qabul qildi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida referendum predmeti boʻlmaydigan masalalar mavjud emas, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan.
Davlat xizmatchilari uchun sovgʻalarni qabul qilish qoidalari joriy etildi
Sovgʻa ochiq va oshkora qabul qilinishi lozim, bunda davlat organining obroʻsiga putur yetkazmasligi kerak.
Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari imtiyozlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning tegishli hududda istiqomat qiluvchi oila a’zolariga har oy toʻlanadigan nafaqa tayinlash tartibini belgilash huquqi berildi.
“Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul”
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi.
Poytaxtning energiya ta’minoti yaxshilanadi
2023 yilda Toshkent shahri elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi.
Brendlarni import qiluvchilar reyestri qanday shakllantiriladi
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Davlat mulkini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan olgan investorlar mulkni toʻlangan qismidan foydalanishlari mumkin boʻladi
Xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan baholash hisobotini majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazish talabi bekor qilinmoqda.
Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida Qonun qabul qilindi
Qonunda xususiylashtirilmaydigan davlat mulki roʻyxati belgilangan.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar uchun ruxsat berish va xabardor qilish tartibi belgilanmoqda
Arizalarni koʻrib chiqqanlik va xabarnomalarni yuborganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


