Tovarlar uchun umid qilib boʻlmaydigan qarzdorlik: hisobdan chiqaramiz
Tartib Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan belgilangan.
QQS hisob-kitobi uchun tovarlarning bozor qiymati qanday aniqlanadi
QQS bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining huquqiy maqomi belgilandi
Xotin-qizlar kengashlari oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradi va doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi boʻladi.
QQS summasini qoplash: bu qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimiga tuzatishlar kiritildi
Xususan, biznesmenlarni "majburiy" homiylik va boshqa tadbirlarga jalb etish indikatorini hisoblash tartibi oʻzgardi.
Hisobvaraq-faktura: rasmiylashtirish, taqdim etish va qabul qilish
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligi reytingi joriy etiladi
Shuningdek, yigʻinlar xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar ajratiladi.
“Hazorasp” EIZ hududi kengaytiriladi
Bu Prezidentning 17.08.2020 yildagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorida nazarda tutilgan.
QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi tafsilotlari aniqlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 489-son qarori qabul qilindi.
Turkiyalik investor Toshkent viloyatida IES quradi
Turkiyaning «AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.» kompaniyasi Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini investitsiyalaydi.
Yaponiyaning yetakchi universitetlarida oʻqish uchun grantlar ajratildi
2020–2021 yillarda Yaponiya Hukumatining begʻaraz grantlari dasturi boʻyicha magistratura va doktoranturada davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 19 xodimi oʻqiydi.
MHXSga oʻqitish xarajatlarini respublika byudjetidan qoplashni rejalashtirmoqdalar
QHTBT portalida Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻqitish va imtihonlarni topshirish boʻyicha xarajatlarni respublika byudjeti hisobidan qoplash toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom loyihasi joylashtirilgan.
Eksport yuklar qanday sugʻurtalanadi
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Buxoro viloyatida suv ta’minoti tizimini modernizatsiyalashga $437,62 mln ajratiladi
Asosiy qismi Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan ajratiladi.
Oʻzbekiston MDH doirasida yana bir hujjatga qoʻshildi
Bu Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 1992 yil 13 noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomadir.
Yangi olimpiya zaxiralari kollejlarida futbol boʻlimlari tashkil etiladi
Kollejlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida tashkil etiladi.
Chet eldagi ishga joylashtirish uchun haqni kim toʻlaydi
«Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Ular 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar uchun namunaviy ustavlar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim tizimini tartibga solishga doir qator hujjatlarni tasdiqladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soliq organlarida qanday roʻyxatga olinadi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Soddalashtirilgan tartibda import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati qayta koʻrib chiqildi
Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 449-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Elektron shartnomalarga oʻtganda nimalarni hisobga olish lozim
Karantin sharoitida tovarlar, ishlar va xizmatlar oldi-sotdisining odatdagi usullari doim qulay boʻlmaydi, hatto ularni amalga oshirib boʻlmasligi ham mumkin. «Norma» sharhida - elektron shartnoma tuzayotganda qanday muhim jihatlarni hisobga olish lozimligi haqida.
Oʻzbekistonda SkillsPassport tizimi joriy etiladi
Prezident 11 avgust kuni mamlakatimizda kasb-hunarga oʻqitish sohasini yanada riovjlantirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Notariuslar uchun ma’muriy reglamentlar joriy etiladi
Adliya vazirligi notarial harakatlarni amalga oshirishning ma’muriy reglamentlari loyihasini ishlab chiqdi. U muhokama qilish uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.
Savdo qonunda yoziladi
QHTBT portalida "Savdo toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi joylashtirilgan. U Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Imom Moturidiy markazi tashkil etiladi
U Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida faoliyat koʻrsatadi, shuningdek uning nomidagi Xalqaro stipendiya ta’sis etiladi
Kimyo va biologiya yangi tizim boʻyicha oʻqitiladi
Oʻzbekistonda kimyo va biologiyaga oʻqitishning yangi tizimi joriy etiladi, bu Prezidentning 12 avgustdagi qarorida belgilangan.
Maishiy xizmat koʻrsatish qoidalari oʻzgaradi
Yangi Qoidalar loyihasi QHTBTda e’lon qilingan, amaldagi hujjat 25 yil avval qabul qilingan.
Oliy Majlisga tekshiruv oʻtkazish huquqi berildi
Qonun hujjatlariga qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari takomillashtirilishiga oid tuzatishlar kiritildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


