Tadbirkorlarga qanday koʻmak beriladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi.
Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda
Tamaki mahsulotlari uchun 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan texnik reglament tasdiqlandi.
Bolalar gematologiyasi va onkologiyasini davolashda ustuvor vazifalar belgilandi
Ularning orasida - bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari bor.
Toshkent va Jizzax viloyatlarida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi
Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi nima bilan shugʻullanadi
Kengashning asosiy vazifalaridan biri – moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Toʻlov tizimlarining xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan Nizom toʻlov axborotini himoya qilish mexanizmlari, toʻlov axboroti konfidensialligi va shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi, axborot tizimlari xodimlarining vakolatlari va boshqalarni belgilaydi.
“Mahalla yettiligi” faoliyatini baholash mexanizmi takomillashtiriladi
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.
Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasida mahallalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish uchun “Sall-markaz” tashkil etiladi.
II chorakda 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda
Shundan 853,8 mln AQSh dollari – davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar.
Qoraqalpogʻistondagi ayrim mehmonxonalarga subsidiya beriladi
Subsidiya miqdori – har bir xona uchun 20 mln soʻm.
26 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi
Ularni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yigʻilishida erishilgan.
2024 yilda 6 ming ga yer maydoni auksionga chiqariladi
Yer maydonlari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mulk huquqi asosida taqdim etiladi.
“Termiz xalqaro savdo markazi”: qoʻshimcha choralar
Prezident qarori bilan erkin savdo zonasida ishlab chiqarilayotgan sanoat va iste’mol tovarlarining eksport bozorini diversifikatsiya qilish nazarda tutilgan.
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
Ular asosiy faoliyatining yoʻnalishlari – yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yoʻnaltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash boʻyicha intilishlarini ragʻbatlantirish, yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Sport qonunchiligida nimalar oʻzgardi
Kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadigan va ularga maksimal ball beriladigan sportchilar roʻyxati belgilandi.
Zargarlik sohasi va dam olish maskanlariga soliq imtiyozlari berilmoqda
Imtiyozlar tegishincha 3 va 2 yilga taqdim etilmoqda.
Sugʻurtalovchilarga jarima qanday qoʻllaniladi
Sugʻurtalovchiga nisbatan qoʻllaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitali eng kam miqdorining 1 foizidan oshmasligi kerak.
Toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari uchun eksport narxlari nazorat qilinadi
Minimal eksport narxlari belgilanadigan mahsulotlar roʻyxati Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Zoʻravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish uchun vaqtinchalik boshpanalar yaratiladi
“Inson” markazlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar koʻrsatiladi.
Ipak qurti yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha kurslar ochilmoqda
Ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Suv xoʻjaligi boshqaruv tizimi isloh qilinadi
Suv xoʻjaligi ob’yektlarida ishlash uchun xususiy sektorni jalb qilish maqsadida biznes yuritish tizimi shaffof boʻladi.
Giyohvandlik va toksikomaniyani barvaqt oldini olish tizimi takomillashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028 yillarga moʻljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.
Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida – professional standartlarni ishlab chiqishda ularni xorijiy tashkilotlar hamda ilmiy hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali takomillashtirib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bor.
Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori oʻzgartirildi
Endi ular Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bogʻliq boʻladi.
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 20 mln soʻmdan toʻlanadi
Prezident tomonidan 07.05.2024 yildagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
U mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi va Vazirlar Maxkamasiga boʻysunadi.
Toʻqimachilik tarmogʻi korxonalari qanday imtiyoz va preferensiyalarga ega boʻlishdi
Soliq va bojxona preferensiyalari, imtiyozli kreditlar, binoni boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotib olish – ushbu choralarning barchasi Prezidentning 01.05.2024 yildagi PF-71-son Farmoni bilan toʻqimachilik tarmogʻi korxonalari uchun koʻzda tutilgan.
Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanadi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama toʻlash oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


