Kriptovalyutalar bilan savdo qilish qoidalari tasdiqlandi
Oʻzbekiston rezidentlari kripto-aktivlar bilan kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarining barcha turlarini milliy valyutada, Oʻzbekiston norezidentlari bilan faqatgina xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega boʻladilar.
Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi qanday oshiriladi
Chora-tadbirlar orasida – yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish, har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma ob’yektlaridan samarali foydalanish.
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qonun bilan mustahkamlandi
Prezident tomonidan 17.08.2022 yildagi “Aholini va hududlarnn tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-790-son Qonun imzolandi.
Magistraturada ta’lim olayotgan xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qoplab beriladi
Toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olish summasini qoplash uchun 15 sentyabrga qadar oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga ariza berish zarur.
Davlat korxonalarining aksiyalari fond birjalarida joylashtiriladi
21 ta kompaniya xususiylashtirish jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda auditdan oʻtkazilgandan soʻng ularning aksiyalari mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtiriladi.
Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun jamgʻarmalar tashkil etiladi
Ularning mablagʻlari mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni va bolalar maydonchasi, kutubxonani qurish, mukammal va joriy ta’mirlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy koʻmaklashishga yoʻnaltiriladi.
«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi
Mukofot ikki darajadan iborat boʻladi: «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni va «Imom Buxoriy» ordeni. Bu ordenlardan birinchisining darajasi ikkinchisidan yuqori hisoblanadi.
Jazoni ijro etish tizimi xodimlari bodikamerani qachon va qanday ishlatishlari kerak
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim.
Sanitar tozalash tizimi qanday rivojlantiriladi
Sohada AKTni joriy etish, abonentlar hamda toʻlovlar hisobining yagona billing tizimini takomillashtirish, xususiy sektorni jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasi isloh qilinadi
Tayanch punkti profilaktika inspektorlari, PPX va Milliy gvardiya xodimlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlarni ma’muriy javobgarlikka tortganliklari uchun mukofotlanadi.
Ixtirochilik faoliyati qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkil etiladi, uning vazifalaridan biri respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirishdan iborat boʻladi.
Yoshlarning AT sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratiladi
Ularning miqdori – BHMning 65 baravarigacha miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga.
«Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, qishloq xoʻjaligi sohasiga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, ulardan samarali foydalangan fuqarolar taqdirlanadi.
Oʻzbekiston faxriy donorlari uchun mukofot miqdori oshirildi
Shuningdek, ularga qulay boʻlgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish, shahar jamoat transportining barcha turlaridan bepul foydalanish huquqi va boshqalar taqdim etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi
Jamgʻarma tadbirkorlikni rivojlantirishni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish uchun tashkil etildi.
Oilaviy bolalar bogʻchalari ishiga IT-texnologiyalar joriy etiladi
Jumladan, xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.
«Oqila ayollar» harakati tashkil etiladi
Harakatning vazifalari jumlasiga ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, «odobli qiz» va «ma’rifatli ona» qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ham kiritildi.
OTB ichimlik suv ta’minoti uchun $161 mln ajratdi
Ushbu mablagʻlar Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyoʻl shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida oʻzlashtiriladi.
Qonun bilan davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari belgilandi
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat organlarining vakolatlarini, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarini belgilovchi «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
Tadbirkorlarni tekshirish roʻyxatiga yana bitta qoʻshimcha kiritildi
Tekshiruv koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan.
Advokatlik faoliyati uchun litsenziya – YaIDXP orqali
Arizani «Litsenziya» AT orqali ham berish mumkin. Advokatlik faoliyati «Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish» hamda «Ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish» mutaxassisliklari boʻyicha litsenziyalanadi.
Moliyaviy nazorat inspeksiyasining vazifalari belgilandi
U byudjet normativlariga rioya qilinishini nazorat qiladi, byudjet tashkilotlari bilan birgalikda profilaktika ishlarini olib boradi, tizimda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralarni belgilaydi.
Gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi
Yil yakunida hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan koʻp qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi toʻliq joriy etilishi va billing tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
«Aliment toʻlovlari» jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
«Aliment toʻlovlari» davlat maqsadli jamgʻarmasi yuridik shaxsni tashkil etmagan holda Majburiy ijro byurosida tashkil etildi.
Boshqaruvchi kompaniyalar elektron reyestrga kiritiladi
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi
Majlisda senatorlar uchta hujjatni rad etishdi.
Mustaqil OTMlarni mablagʻlar bilan qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash uchun moliyalashtirish tartibi belgilandi.
Oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’lim olish imkoniyati yaratildi
Biroq, Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida bunday ta’lim shakllari joriy etilmaydi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


