Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
29.11.21

“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

Uning asosiy prinsiplari - noshirlik faoliyatining erkinligi, kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish, mualliflik huquklarini himoya qilish.

29.11.21

Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berildi

Ular jumlasiga Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, JShDS stavkalarini 1%gacha pasaytirish ham kiritilgan.

28.11.21

Yuridik texnikum bitiruvchilari OTTga suhbat natijalari asosida qabul qilinadi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

28.11.21

Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etiladi

Endi hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻladi

26.11.21

1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

norma.uz portali 2021 yil 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

26.11.21

Tovarni shartli chiqarib yuborish: nima oʻzgardi

Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, uni shartli chiqarib yuborish deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.

26.11.21

Dehqon xoʻjaligi uchun yerlarni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish qoidalari tasdiqlandi

Tuman (shahar) hokimliklari noyabrga qadar yer uchastkalarini taqdim etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi. Ular xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, shundan soʻng ochiq elektron tanlovga qoʻyiladi.

26.11.21

Meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun yer uchastkalari beriladi

Yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi.

25.11.21

Toshkent shahrida Piza universiteti filiali tashkil etiladi

Uning vazifasi - geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ushbu sohada tadqiqotlar oʻtkazish.

25.11.21

Odam savdosi sohasida jinoyatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yagona bazaga kiritiladi

Bazaga odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar, odam savdosidan jabr koʻrganlar haqidagi ma’lumotlar ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, jinoyat sodir etish usullari toʻgʻrisidagi va boshqa axborotlar kiritiladi.

25.11.21

“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

Unga transchegaraviy sugʻurta, qayta sugʻurta, birgalikdagi sugʻurta, sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi, prudensial normativlar kabi tushunchalar kiritilgan.

25.11.21

Sud ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash qanday amalga oshiriladi

Tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida 6 oylik ekspertlarni tayyorlash kurslarini tugatgach ushbu soha mutaxassisi boʻlish mumkin.

25.11.21

Imtiyozli shaxslarni qabul qiluvchi xususiy klinikada nimalar boʻlishi kerak

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar tasdiqlandi.

24.11.21

Kripto-birja savdosi qoidalariga qanday oʻzgarishlar kiritildi

Xususan, token tushunchasiga yangicha ta’rif berildi, kripto-aktiv va tokenlar oldi-sotdisiga oid bitimlar milliy valyutada ham tuzilishi mumkinligi belgilandi.

24.11.21

Yetim qizlar uy-joy bilan ta’minlanadi

Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni vaqtinchalik joylashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan uy-joylarni sotib olish parametrlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

24.11.21

2022 yil uchun "Fuqarolar uchun byudjet" e’lon qilindi

Ushbu nashr har yili keng jamoatchilikka taqdim etiladigan Davlat byudjeti boʻyicha nashrlardan biridir.

23.11.21

Yangi Oʻzbekiston: ma’muriy islohotlar

Ular davlat organlarining maqomi, shtat birliklari, ularning moddiy-texnik ta’minoti va boshqalarga daxl qiladi.

23.11.21

Abituriyentlarning maktabda olgan baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda hisobga olinadi

Maktab bitiruvchisining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballariga qoʻshiladi.

23.11.21

Toshkent shahriga oʻtkazilgan yer maydonlarining infratuzilmasi rivojlantiriladi

Poytaxtga oʻtkazilgan tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi, unda sanoatni rivojlantirish va kommunal xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilash nazarda tutilgan.

23.11.21

Qoraqalpogʻistonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilinadi

Hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

22.11.21

Sanatoriylarga yoʻllanmalar DXM yoki YaIDXP orqali beriladi

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

22.11.21

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NHH loyihalari qanday tayyorlanadi

Ushbu hujjatlar NHHlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladi hamda huquqiy va gender ekspertizadan oʻtkaziladi.

22.11.21

Koʻp kvartirali uylar yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmogʻiga ulanadi

2022-2024 yillarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali tasdiqlandi.

22.11.21

Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi

Aholi ishsizligini kamaytirish maqsadida ajratilayotgan yerlarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida aholiga beriladi.

21.11.21

Korrupsiya toʻgʻrisida xabar qilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari himoyada boʻladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

21.11.21

Soliq ma’muriyatchiligi va yoʻl harakati qoidalariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi

Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar muhokama qilindi.

20.11.21

"Ajdodlar izidan" harbiy-tarixiy jamiyati tashkil etiladi

Uning vazifasi - Oʻzbekiston hududida, shuningdek, uning chegaralari tashqarisida boʻlib oʻtgan harbiy-tarixiy ahamiyatga ega tarixiy hujjatlar va voqealar tavsif-bayonini toʻplash, Oʻzbekiston tarixida yuz bergan harbiy-tarixiy voqealar xaritasini tuzish va boshqalar.

20.11.21

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

"Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son VMQga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.