Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
21.10.25

Musiqa va jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga sertifikatlar beriladi

V+ va undan yuqori darajadagi sertifikat uchun oylik maoshga ustama beriladi.

20.10.25

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

Ulardan biri – sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish.

20.10.25

Haydovchilik kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yagona elektron namunasi joriy etiladi

Endi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshiruvchilar kurslarni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart emas. Guvohnoma "ye- avtota'lim.uz " moduli orqali elektron tarzda shakllantiriladi.

17.10.25

Tayyor mis mahsulotlari eksporti ragʻbatlantiriladi

2030 yilga borib mis xomashyosining birja savdolari hajmini 225 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

16.10.25

Birjada zargarlik buyumlarini sotishda chegirmalar uzaytirildi

2026 yil 1 fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxatini shakllantirishda qoʻshimcha mezonlar hisobga olinadi.

15.10.25

2026 yilda transport-logistika markazlari faoliyatida nimalar oʻzgaradi

Vazirlar Mahkamasining 08.10.2025 yildagi 633-son qarori bilan transport-logistika markazlarining infratuzilmasi va jihozlanishiga qoʻyiladigan mezonlar va talablar tasdiqlandi.

14.10.25

Kimlar muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega

Ular orasida – togʻ-kon sanoati xodimlari, uchuvchilar va uchuvchi-sinov tarkibi, teatr artistlarining alohida toifalari va boshqalar bor.

13.10.25

"Yashil tashabbuslar" jamgʻarmasi oldida qanday vazifalar turibdi?

Jamgʻarmaning maqsadlaridan biri yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashdir.

13.10.25

Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi

Issiqxona xoʻjaliklariga bir qator imtiyozlar berish orqali ularning samaradorligi oshiriladi.

13.10.25

“Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

U harbiy va ikki maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishning shaffofligi, samaradorligi va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.

10.10.25

Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik boshlandi

Aholini roʻyxatga olish 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish muddati - 45 kun.

10.10.25

Mamlakatimizning har bir tumanida namunali hududlar tashkil etish rejalashtirilgan

Prezident qarori bilan tumanlarga (shaharlarga) "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)" maqomini berish dasturi tasdiqlandi.

10.10.25

Sanoat mahsulotlari eksporti hududlar hisobiga oshadi

Prezident qarori bilan tasdiqlangan sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari orasida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan resurslarni aniq baholash va samaradorlikni oshirish metodologiyasi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish xarajatlarini toʻliq qoplash ham bor.

09.10.25

Statistika organlari uslubiyotlarining auditi oʻtkaziladi

Milliy statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi tashkil etilgan boʻlib, uning vazifalari statistika organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.

09.10.25

Sun’iy intellektni joriy etish hisobiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtatlari qisqartiriladi

Masalan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida sohani raqamlashtirish hisobiga 1 080 ta boshqaruv shtat birligi qisqartirilmoqda.

09.10.25

Chet el fuqarolari Oʻzbekistonda maxsus soliq rejimni qanday qoʻllashlari mumkin

2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Unda Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni JShDSdan ozod etish nazarda tutilgan.

08.10.25

Ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifati yaxshilanadi

Reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan "Sogʻlom ayol va bola oyligi" yiliga ikki marta oʻtkaziladi.

07.10.25

Readmissiyadan soʻng kimlarga xorijga chiqish pasporti beriladi

Xorijdan readmissiya tartibi bilan qaytarilgan fuqarolarga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish tartibi belgilandi.

07.10.25

Iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish kengaymoqda

Prezident farmoniga koʻra, geologiya, ekologiya va yerdan foydalanish sohalarida qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida davlat tomonidan muntazam ravishda kosmik monitoring (yiliga kamida uch marta) amalga oshiriladi.

07.10.25

Hukumat qarorlari ijrosi boʻyicha nazorat – «ijro.gov.uz» orqali tashkil etiladi

Hukumat qarorlarida mavjud topshiriqlarning ijrosi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

03.10.25

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining amaliyotga yoʻnaltirilishi va ishga joylashtirilishi raqamlashtiriladi

Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus elektron platforma ishlab chiqiladi.

03.10.25

Yerga ijara huquqidan kredit ta’minoti sifatida qanday foydalanish mumkin

Ijara huquqi kredit tashkiloti tomonidan yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqib, kredit ta’minoti sifatida taqdim etiladi.

03.10.25

Kambagʻal oilalarga kreditlarni soʻndirish uchun 250 mlrd soʻm ajratiladi

Biznesni ochish uchun uskunalar xarid qilish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining yagona elektron platformasi –-- "Oilakredit.uz" orqali ajratiladi.

02.10.25

Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan tovarlar boʻyicha QQSni qaytarish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining qarorida soliq summasi oyiga BHMning 10 baravaridan oshmaydigan xaridlar summasi doirasida qaytarilishi belgilandi.

30.09.25

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari ochiladi

Ular MMTV Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari, shuningdek vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim va kasbiy ta’lim tashkilotlari negizida tashkil tiladi.

30.09.25

Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi

2026-2027 yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tadbirkorlik loyihalariga 4 trln soʻm miqdorida mablagʻ ajratadi.

29.09.25

Yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun – jinoiy javobgarlik

Aybdorga BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha erkinlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

26.09.25

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2025 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharhni taqdim etadi.

Kompaniya yangiliklari
28.09.16

Sayyohlik tashkilotlar va mehmonxonalarda soliq solishning oʻziga xosliklari

«Norma» kompaniyasidagi bonusli seminar shunday nomlangan. Kompaniyaning yetakchi eksperti Zoya Tuchkova tinglovchilarga sayyohlik tashkilotlari va mehmonxonalarning soliq xatarlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha amaliy tavsiyalarini taqdim etadi

28.09.16

2016 yilda soliq solishning oʻziga xosliklari

«NORMA» professional rivojlanish markazining bonusli seminarida kompaniya eksperti Zoya Tuchkova tinglovchilarni 2016 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlashning oʻziga xosliklari bilan tanishtiradi, koʻp takrorlanadigan xatoliklarni koʻrib chiqadi

26.09.16

Norma.uz Telegramda oʻzining yangiliklar kanalini ochdi

Endi Norma.uz portalidagi yangiliklardan ular e’lon qilingan zahoti xabardor boʻlishingiz mumkin

21.09.16

«Norma» seminarga taklif etadi

«Norma» professional rivojlanish markazi navbatdagi bonusli seminarga tinglovchilarni taklif etadi. Bu safar eksport-import operatsiyalari boʻyicha toʻgʻri hisob-kitob va soliq solish masalalari kun tartibiga qoʻyiladi

22.08.16

Kadrlar boʻyicha mutaxassislar uchun navbatdagi oʻquv kursi oʻzbek tilida oʻtkaziladi

Oʻn kunlik oʻqish 5 sentyabrda boshlanadi. «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti, koʻplab kitob va materiallar muallifi, amaldagi Mehnat kodeksi ishlab chiquvchilaridan biri Abdusalom Risqullayev kursda oʻqituvchilik qiladi

17.08.16

“Yubiley” aksiyasi: abituriyentlar uchun elektron testlar 50%ga arzon!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi sharafiga Abitur.uz (ilgari – «Mening shahrim. Ta’lim») loyihasi “Yubiley” aksiyasini e’lon qildi. Abituriyentlar uchun elektron testlarning toʻliq versiyalari va blokli toʻplamlarini maxsus narxlar boʻyicha 50%ga arzon xarid qilish mumkin

26.07.16

Abitur.uz turkumidagi testlar navbatdan tashqari yangilandi

Yaqinda imtihonlar! Siz ularga nechogʻli tayyor ekanligingizni tekshirib koʻring. Buni elektron trenajerlardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Axir qisqa muddatlarda eng murakkab testlarni yechishni oʻrganish uchun Abitur.uz turkumidagi dasturiy mahsulotlarda oʻzingizni baholash, oʻqish va vaqtni nazorat qilishni oʻrganish imkonini beradigan testlashning 3 turli rejimi koʻzda tutilgan.

05.07.16

Elektron testlarning navbatdagi yangilanishi chiqdi

Abitur.uz turkumidagi elektron testlarning yangilangan versiyalarini yuklab olish mumkin. Ularga yangi testlar va 2016 yil uchun kvotalar boʻyicha axborot kiritilgan

Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.