Qurilishi tugallanmagan bino-inshootdan xususiy bolalar bogʻchasigacha
Davlat xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat MTMni tashkil etishda yordam beradi. Bunday loyihalarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 944-son qarori bilan belgilangan
Yanada koʻp fuqarolar arzon uy-joy olish imkoniga ega boʻladilar
Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan
Ekologik ekspertiza oʻtkazish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 949-son qarori bilan yangi tartib-taomil tasdiqlandi. Boshqalar qatori ekspertiza ob’yektlari va muddatlari, atrof muhitga ta’sir koʻrsatish xavfi boʻyicha faoliyat turlariga tuzatishlar kiritildi
«Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonunning yangi loyihasi ishlab chiqildi
Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Ushbu tahrirda xususiy sherik boʻla oladigan sub’yektlarning turlari qisqartirilgan, hamkorlik muddatlari uzaytirilgan, DXSh mezonlari va loyihalarni amalga oshirish bosqichlari belgilangan
Xususiy bandlik agentliklari reyestri tuzildi
https://reestr.mehnat.uz sayti ishga tushirildi, u orqali onlayn tartibda 2 xil turdagi xizmatdan foydalanish mumkin: xususiy bandlik agentliklari reyestri va Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga hujjatlar taqdim etish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shu haqda xabar berdi
Koʻchmas mulkni notoʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yetkazilgan zararlar qoplanadi
«Davlat kadastrlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan
Eksport kontraktlari bojxonada hisobga qoʻyilmaydi: endi istisnolar qilinmaydi
Ayrim turdagi tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini bojxona organlarida hisobga qoʻyish borasidagi istisno tartibida amal qilgan talab bekor qilindi (24.11.2018 yildagi PF–5582-son Farmonga qarang)
Inflyatsiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi
Markaziy bank monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan
Tadbirkorlarning unumdor tuproq ustida imorat qurishlari taqiqlanadi
Yangi ob’yektlarni barpo etishdan oldin tadbirkorlar imorat ostida qoladigan uchastkadan tuproqning ustki unumdor qatlamini olib, undan boshqa yer uchastkalari unumdorligini oshirish uchun foydalanishlari kerak boʻladi. Davlat ekologiya qoʻmitasi ishlab chiqqan tegishli qoidalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Bojxona nazorati uchun – toʻrtta yoʻlak
Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan
Issiq suvga yangi narxlar e’lon qilindi
«Toshissiqquvvati» DUK issiq suv va isitish xizmati narxlari oshirilishi toʻgʻrisida xabar berdi. Yangi tariflar 2018 yil 8 dekabrdan kuchga kiradi
Rostov-Don shahrida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi ochildi
Adliya vazirligining xabariga koʻra, bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilingan
Fransiya fuqarolari uchun – vizasiz rejim
Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi. Adliya vazirligi shu haqda xabar beradi
Kreditorlarga koʻproq huquq va kafolatlar berildi
Prezidentning 23.11.2018 yildagi «Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4026-son qarori e’lon qilindi
«Xorijliklar» oyna tusini oʻzgartirganligi (qoraytirganligi) uchun qanday haq toʻlaydilar
Oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) xorijiy avtomobillar Oʻzbekistonga vaqtincha kirganda va tranzit harakatlanganda haq toʻlash tartibini belgilovchi loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan
Paxta yogʻi aksiz soligʻidan ozod qilindi
Texnik chigit, paxta chigiti sheluxasi va shrotini realizatsiya qilish tartibi oʻzgardi, paxta yogʻiga esa endi aksiz soligʻi solinmaydi (21.11.2018 yildagi PQ–4023-son)
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar – qiymati EKIHning 10%iga teng gerbli blankalarda
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar berdi
Ish joyining oʻzida buxgalteriyadan saboq olayotgan boʻlsangiz
Oʻzbek tilidagi «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ning ikkinchi qismi sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkoni ma’muriyati endi ikki jildli ommabop yangi nashr ham oʻzbek, ham rus tilida mavjud ekanligiga e’tiboringizni qaratadi
Notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan soliqlar tezkorlik bilan qaytariladi
Gʻaznachilikda oʻtkazilgan yigʻilishda notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish tizimini toʻliq avtomatlashtirishga oʻtkazish masalasi muhokama qilindi, deya xabar beradi Moliya vazirligi
Valyutani qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda
Qonunchilik palatasi deputatlari 22 noyabr kuni xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratirilgan, jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, valyutaning noqonuniy oboroti uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda qurilish qoidalarini buzish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Chiqindilarni olib chiqqanlik uchun biznes 100% oldindan toʻlov toʻlaydi
2019 yil 1 yanvardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari haqini toʻlash tartibi oʻzgaradi. Oʻzgartirishlar OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 22.11.2018 yildagi Farmonida nazarda tutilgan
Xalqaro savdoda texnik toʻsiqlar kamayadi
«Oʻzstandart» agentligi hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi Milliy oʻlchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro e’tirof etilishi toʻgʻrisida kelishuvni imzoladi
YaIDXP: yana qanday davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin
2018 yilning uchinchi choragida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) 23 ta yangi xizmat koʻrsatila boshladi
IT sohasida yangi nazorat qiluvchi organ
Prezidentning 21.11.2018 yildagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida shu haqda soʻz borgan
UMS «Raqamli ishonch» jamgʻarmasiga topshiriladi
«Universal Mobile Systems» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi (100%) «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga begʻaraz asosda topshiriladi. OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 21.11.2018 yildagi qarorida shu nazarda tutilgan
Tovarlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimi 2019 yilda joriy etila boshlaydi
Alkogolli mahsulotlarning «ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi» zanjiri boʻyicha harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimi ikki bosqichda joriy etiladi. 2019 yil iyuldan boshlab ushbu tizim yordamida 22 turdagi tovar harakatini nazorat qilmoqchilar
Iqtisodiy jinoyatlar: buxgalter nimalarni bilishi kerak
Tekshiruv va dastlabki tergov natijalariga koʻra boshqalar yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish xataridan buxgalter qanday himoyalanishi mumkin? 2018 yil 28 noyabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan seminarda advokat Eleonora Mazurova shu xususda batafsil tavsiyalar beradi
Umidjon Otamirzayev: «Vir.uz taqdim etayotgan imkoniyatni qoʻldan boy berib boʻlmaydi»
Namanganlik Umidjon Otamirzayev bosh buxgalter boʻlib ishlash uchun zarur bilim va koʻnikmalarni bir.uz tizimidan olishni rejalashtirmoqda. U oʻz shahrida yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


