Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.10.18

Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishida xorijlik maslahatchi koʻmak beradi

Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi

04.10.18

Agrosanoat majmuida tekshiruvlar oʻtkazish soddalashtirildi

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga ega boʻldi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)

04.10.18

SSP: yuzma-yuz suhbatdan avval testdan oʻtkazish kerak

Savdo-sanoat palatasi biznesni nazorat qiluvchi davlat organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga doir loyiha yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi

04.10.18

Bolalar bogʻchalari mudiralarini Kuzatuv kengashi saylaydi

Prezidentning 30.09.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida sohaga bir qator oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan. Ushbu sharhda navbatdagi tashkiliy qarorlar haqida batafsil soʻz yuritamiz

03.10.18

Mehnat migrantlariga: onlayn roʻyxatdan oʻtdingizmi – chiptalarga chegirma va imtiyozlar oling

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarning ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtishi batafsil tartibi (27.09.2018 yilda 3070-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi

03.10.18

BHMSga xalqaro normalar joriy etiladi

Buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan uygʻunlashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi

03.10.18

5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni

2.10.2018 yildagi OʻRQ–490-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi

03.10.18

Oʻzbekiston bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi

Ular jumlasiga Parij bitimi, Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatish, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari kiradi

03.10.18

Koʻmirni import qilishda bojxona imtiyozi 1.01.2020 yilgacha uzaytirildi

Qurilish materiallarining toʻrtta pozitsiyasi boʻyicha imtiyozlar muddati 3 oydan keyin tugaydi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)

03.10.18

LBMA «Mirzo Ulugbek Innovation Center» muvofiqlashtiruvchisi boʻldi

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining faoliyatini tartibga solishga doir eng muhim funksiyalar topshirildi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon)

03.10.18 NHH loyihalari
03.10.18

Kim biznesni tekshirishi mumkin

QHTBT portalida Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi taqdim etilgan

03.10.18 NHH loyihalari
03.10.18

Maqbul keladigan ishning «transportda qatnash jihatidan qulayligi» nimani anglatadi

Yangi qonun loyihasida ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish haqidagi taklifning transportda qatnash jihatidan qulayligi tushunchasiga aniqlik kiritish taklif etilgan

03.10.18

Bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari va xodimlari qat’iy hisobga olinadi

2019 yil 1 yanvardan boshlab bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami beriladi, shuningdek nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini litsenziyalashga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtiriladi

02.10.18

Ish bilan ta’minlanmagan shaxslar tadbirkorlik uchun imtiyozli mikrokreditni qanday olishlari mumkin

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (28.09.2018 yilda 2527-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

02.10.18

Propiskadagi uzilish vaqti uchun ba’zi nafaqalar toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 yildagi 766-son qarorida shu va boshqa choralar nazarda tutilgan

02.10.18

2019 yil 1 yanvardan bolalar bogʻchalari xodimlariga – toʻliq pensiya

Bu Prezidentning 30.09.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan

02.10.18

1.01.2019 yildan boshlab FHDYo organlari tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalarni qoʻlda toʻldirmaydilar

Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi «Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash toʻgʻrisida»gi 768-son qarori qabul qilindi

02.10.18

Chiqindilarni toʻplovchi xususiy tashkilotlar tanlovdan qanday oʻtadilar

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

02.10.18

Senat sessiyasining birinchi kuni yakunlari: 14 ta qonun

2018 yil 27 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida 14 ta qonun ma’qullandi

02.10.18

Fargʻonada Latviyaning OTM ochiladi

Shaharda Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining filiali faoliyat yurita boshlaydi. Bu Prezidentning 26.09.2018 yildagi PQ-3952-son qaroridan kelib chiqadi

28.09.18

1 oktyabrdan kiritiladigan oʻzgartirishlar: asosiy yangiliklar haqida qisqacha

2018 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan soliq sohasidagi asosiy yangiliklar, yer uchastkalarini ajratish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hisobga olish, kripto-aktivlar oborotiga doir yangi qoidalar va boshqa yangiliklar

28.09.18

Propiskasiz ishga qabul qilish: qonunga koʻra qanday yoʻl tutiladi?

2018 yil 8 oktyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Kadrlarga oid ish yuritish» kursi boshlanadi. Ekspert Abdusalom Risqullayev mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab jihatlarini tushuntirib beradi. Vaziyatlardan birini koʻrib chiqamiz

28.09.18 NHH loyihalari
28.09.18

Savdodagi koʻpgina taqiq va cheklovlar bekor qilinishi mumkin

Majburiy 15 foizlik oldindan toʻlov, debitorlik qarzi uchun jarimalar, ulgurji savdoga litsenziyalar va koʻchma savdoga ruxsatnomalarni amaliyotdan chiqarish taklif etildi. Tovarlar eksporti, birja savdolari va naqd pulni inkassatsiya qilishni – jiddiy tarzda soddalashtirish

28.09.18

«Oʻzstandart» fermerlarga YeI bozorlarida sotuvni faollashtirishga yordam beradi

«Oʻzstandart» agentligi va RINA S.p.A (Italiya) kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda Global G.A.P standartlariga muvofiq yangi uzilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sertifikatlash yoʻlga qoʻyiladi

28.09.18

Alima Kokanbayeva: «Ish beruvchi yaxshi haq toʻlashga loyiq ekanligingizni malakangiz bilan tasdiqlang»

Alima Kokanbayeva CAP tizimining uch bosqichidan oʻtdi, navbatdagi yakuniy bosqichga tayyorlanyapti. Oʻtgan shanbada BIR.UZ tizimida attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. Shu munosabat bilan Norma portali savollariga javob berdi

28.09.18

MUIC oʻz rezidentlarining loyihalarini davlat organlariga taqdim etadi

Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bilan shugʻullanadi

28.09.18

Qonunning ta’sir doirasiga tushmaydigan davlat xaridlari qanday amalga oshiriladi

Prezidentning 27.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.