Dori vositalariga qat’iy narxlar bekor qilindi, preparatlarning xorijda roʻyxatdan oʻtkazilganligi tan olinadi
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Yozuvchilar uyushmasi: har bir boʻlinmaga 500 mln soʻmdan
Vazirlar Mahkamasining 13.06.2018 yildagi 451-son “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Kim yirik soliq toʻlovchi hisoblanadi
DSQning qarori (roʻyxat raqami 3023, 18.06.2018 y.) bilan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qanday amalga oshirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Toshkentda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda
Prezidentning 19.06.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
NNT adliya organlarini oʻz tadbirlari haqida qanday xabardor qiladilar
Adliya vazirining buyrugʻi (1.06.2018 yilda 3020-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Onlayn-NKM qachon ish boshlaydi?
Oʻzbekistonda fiskal xotirali onlayn-nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Yangi tizim qachon ish boshlaydi? Qanday NKMlar qoʻllaniladi? Muxbirimiz tadbirkorlar va iste’molchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob topishga urinib koʻrdi
Xalqaro huquq boʻyicha kursda oʻqidingizmi – xorijda stajirovka oʻtaysiz
Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018 yildagi 453-son qarori bilan Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Fargʻona vodiysida 6 700 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari (11.06.2018 yildagi 437, 438, 439, 441-son) bilan Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi ayrim tumanlar aholisining bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish uchun shpargalka
Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari (MIZ) hisobini qanday qilib toʻgʻri yuritish mumkin? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi mutaxassisi Vera Tyurina maslahat beradi
6 oyda yuriskonsult boʻlish mumkin
Adliya vazirligining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi
Bitta tashqi savdo kontrakti doirasidagi mahsulot 1 yilga sertifikatlashtiriladi
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (13.06.2018 yilda 1458-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
2019 yil 1 yanvardan patent bojlari va toʻlovlarini pasaytirish rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir «Yoʻl xaritasi» muhokama qilinmoqda
Haydovchilarning malakasini oshirish: 1 avgustgacha – faqat «Avtotest»da
2018 yil 1 avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi
Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi tartibga solinadi
QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini joylashtirish, muomalada boʻlishi va toʻlovining amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
Haydovchilik guvohnomasi: olish, almashtirish yoki dublikatini rasmiylashtirish
Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Haydovchilarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha xizmatlar qanday litsenziyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oʻzavtotrans avtotashishlar sohasidagi muammolarni hal etishga kirishadi
Vazirlar Mahkamasining 9.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 434-son qarori qabul qilindi
Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi, abituriyentlar uchun - ijodiy imtihon va qoʻshimcha kvotalar
Prezidentning “Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan
Yagona reyestrda davlat xizmatlari soni 444 tadan 693 taga oshdi
Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori (1.06.2018 yilda 3021-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangilangan Davlat xizmatlari yagona reyestri tasdiqlandi
Xoʻjalik shartnomalari haqida batafsil
21 iyunda «Norma» professional rivojlanish markazi korxonalar rahbarlari, bosh buxgalterlari va yuristlarini «Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari» seminariga taklif etadi
Daromad soligʻini maxsus kalkulyator hisoblab beradi
YaIDXPda «Daromad soligʻi kalkulyatori» yangi interaktiv xizmati taqdim etildi. Xizmat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan
Oltin va kumush medal sohiblariga OTMga kirishda imtiyoz berilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Chirchiq shahrining «ikkinchi nafasi»: 2 yilda 700 mlrd soʻmlik 302 ta loyiha
Vazirlar Mahkamasining 11.06.2018 yildagi «Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 440-son qarori qabul qilindi
PJ ishlovchi pensionerlarga 100% pensiya toʻlashni taklif etmoqda
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlovchi pensionerlarga toʻliq hajmda pensiya toʻlashni taklif etmoqda. Material Moliya vazirligining saytida joylashtirilgan
Yashash minimumi qanday hisoblab chiqariladi
Iqtisodiyot vazirligi Minimal iste’mol savatchasi va yashash minimumini hisoblab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Tadbirkorlar Toshkentni eng goʻzal shaharga aylantirishadi
18 iyun kuni Botanika bogʻida oʻtkaziladigan “Tor 500” forumi davlat hokimiyati va xususiy sektorni oʻzaro yaqinlashtirish va ular oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish yoʻlidagi ilk qadam boʻlishi kutilmoqda
Tadbirkorlar birlashmalariga a’zolik majburiy boʻladi
12 iyun kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini birinchi va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


