2019 yilgi ish vaqti kalendari tasdiqlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi
Haydovchilarga YPX xodimlari bilan muloqotni videotasvirga olishga ruxsat berildi
Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 1.12.2018 yildagi 975-son qarori) tasdiqlandi
Yoshlar biznes markazlari qurilishiga investitsiya qanday kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 962-son qarori bilan yosh tadbirkorlar uchun kovorking markazlari va komplekslar qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi, shuningdek yoshlar biznes-loyihalariga “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratish mexanizmi tasdiqlandi
Pillachilikda – qoʻshimcha soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 4.12.2018 yildagi «Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Kompanonning ishonchliligini qanday aniqlash mumkin
Davlat xizmatlari agentligi maxsus internet-platformani ishga tushirdi, uning yordamida boʻlajak amaliy hamkorga oid ma’lumotlarni tekshirish, uning ishonchli ekanini aniqlash mumkin, deya xabar beradi «Narodnoye slovo» gazetasi
LBMA xodimlari Toshkent va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin
Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati yana kengaytirildi (VMning 3.12.2018 yildagi 980-son qarori)
Hisoblagichni yechish va oʻrnatishga arizani uyda turib berish mumkin
YaIDXPda elektr energiyasi, tabiiy gaz va sovuq suv hisoblagichlarini oʻrnatish va yechishga ariza yuborish boʻyicha yangi xizmatlar ishga tushirildi
Temur Joʻrabekov: «Texnik jihatdan onlayn NKMni pilot darajasida joriy etishga hamma narsa tayyor»
Toshkentda yettita vazirlik va idora vakillari ishtirokida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimi test rejimida ishga tushirildi. U texnologiya pilot loyihani boshlash uchun tayyorligini koʻrsatdi. Mamlakatimiz qachon onlayn NKMga oʻtadi? «Norma» portali muxbiri Oleg Gayevoy shu savolga javob izlab «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJga yoʻl oldi
Zamonaviy maktab qanday boʻlishi kerak
QHTBT portalida 2020-2025 yillarda «Zamonaviy maktab» davlat dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda
Biznesga tekshiruvlar yagona tizimiga kirishga ruxsat beriladi
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3093, 30.11.2018 y.)
Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Fuqarolik va ma’muriy sudlar tomonidan ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga taalluqli boʻlgan qarorlar loyihalari koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sudning Axborot xizmati xabar berdi
1 yanvardan QQS joriy etilishi sababli narxni 20%ga oshirish kerakmi?
Norma ekspertlar – soliq maslahatchilari, auditorlar, bosh buxgalterlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Ular turli xil tavsiya berdilar, biroq bir masalada fikrlari yakdil – narxlarni oʻzgartirishdan avval hisob-kitob qilib koʻring. Ehtimol, bozorda koʻproq ulushga ega boʻlish va koʻproq pul ishlash uchun narxlarni oshirgan emas, balki tushirgan foydaliroqdir
2019 yil 1 yanvardan Professional mediatorlar reyestrini yuritishni boshlaydilar
Uni shakllantirish va zarur ma’lumotlarni kiritish tartibi adliya vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3092, 29.11.2018 y.)
Kameral nazoratdan keyin mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni qanday oʻtkazadilar
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 965-son qarori bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»
«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi
Asal Orziyeva: «bir.uz bilan ishdan ajralmagan holda ikkinchi kasbni egallayapman»
Namangandagi «Nafis Charm» MChJ kadrlar boʻlimi inspektori Asal Orziyeva buxgalterlik kasbini oʻzlashtirmoqda. Vir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida «I toifali buxgalter-kassir» ixtisosligi boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi u erishgan dastlabki natija boʻldi
Turar joylarda qoʻriqlash vositalarini oʻrnatmoqchilar
QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz uy» konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinmoqda
Suv xoʻjaligi vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etiladi
Prezident Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi (29.11.2018 yildagi PQ-4039-son qaror)
1 dekabr: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
Qurilish, bojxona nazorati, tashqi reklama, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda 2018 yilning 1 dekabridan boshlab amal qiluvchi asosiy huquqiy yangiliklar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz
Parlament quyi palatasida qator qonun loyihalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 30 noyabr kuni deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Mamlakatning kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 968-son qarori bilan 2018–2021 yillarda ushbu sohadagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi
Toshkent shahrida Adju universiteti tashkil etilmoqda
Yangi OTM qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalari va boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi
Suv ta’minotini tarifikatsiyalashning yangi mexanizmlari va kanalizatsiya xizmatlari uchun ustama puli joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
2019 yil avgustdan tovarlarni maxsus markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Mamlakatimizning «madaniyat konsepsiyasi» tasdiqlandi
Unda quyidagilar nazarda tutilgan: madaniyat markazlarini tashkil etish, turli mavzudagi respublika koʻrik-tanlovlarini uyushtirish, har yili «Teatr tomoshalari haftaligi»ni oʻtkazish, maxsus koʻkrak nishonini ta’sis etish va boshqalar
Ekologiya sohasiga – ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalar
Vazirlar Mahkamasining 26.11.2018 yildagi 958-son qarorida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish nazarda tutilgan
Yoʻl qurilishida xorijiy tajriba yordam beradi
Yoʻllarni qurish va ulardan foydalanish sohasida eng yaxshi xorijiy tajribani joriy etadilar. Davlat-xususiy sheriklik salohiyatini faol qoʻllash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi PQ–4035-son qarorida nazarda tutilgan
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish 3,2 baravar arzonlashdi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yangi davlat boji stavkalari rejalashtirilganidan koʻra koʻproq kamaytirildi (VMning 27.11.2018 yildagi 963-son qarori)
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


