IT sohasi mutaxassislari qoʻllab-quvvatlanadi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mutaxassislarning IT va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarning maqsadli tayyorlanishi va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirish tashkil etiladi.
Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ma’muriy reglament qabul qilindi
U 2022 yil 1 yanvardan amal qilishni boshlaydi.
ShJBPH toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Moliya vazirligi tomonidan Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.
Hisob palatasi auditni oʻtkazadi
2022 yilning birinchi choragida sogʻliqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, suv xoʻjaligi, oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirliklarida audit oʻtkaziladi.
Kimlar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi
Xususan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar hujjatlarning dublikatlari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Kim ishlab chiqarish amaliyotini xorijda oʻtaydi
Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekistonning xorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
OTM va tarmoq tashkilotlariga texnikumlar biriktiriladi
Ular texnikum hamda xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish orqali qoʻshma dasturlar asosida oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlaydi.
Hokim oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadi
Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi.
Senatorlar tomonidan bir qator qonunlar ma’qullandi
Ushbu qonunlar SKga kiritiladigan tuzatishlarga, tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlarga, qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish va sugʻurta faoliyatiga taalluqlidir.
1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Toshkentda BDKI filiali ochiladi
Uning asosiy yoʻnalishi - kinokompaniyalar va kinostudiyalarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim sohasida yuqori malakali ijodiy kadrlarni tayyorlash.
Sement ishlab chiqaruvchilar uchun soliqlar pasaytirildi
Qaror Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Jizzaxda Qozon Federal universiteti filiali ochiladi
U geologiya, dasturiy injiniring, iqtisodiyot, mashinasozlik, davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiy biokimyo boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi.
"Foreign Languages" telekanali tashkil etiladi
Uning asosiy vazifasi - aholi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish.
Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilandi
Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qanday ajratiladi
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchui doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibini nazarda tutadigan ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi joriy etilmoqda
2022 yildan boshlab, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qoʻllaniladigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari soddalashtirilgan rejimda joriy etiladi
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari belgilandi.
Hisob palatasining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari qayta koʻrib chiqildi
Xususan, palata Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ekspertizasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazadi.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
JKga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra bunday huquqbuzarliklar uchun 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan tarzidagi jazo qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun sanksiyalar qayta koʻrib chiqildi.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qoʻshimcha javobgarlik joriy qilindi
Suvdan foydalanish talablarini buzgan, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan, xazonlarni va shox-shabbalarni yoqib yuborgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Rejada - korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining reytingini joriy etish
Vazirlar Mahkamasining "Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirildi.
YTH toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday tuziladi
«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonun «yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma» tushunchasi bilan toʻldirildi.
Ichki ishlar organlarining eng yaxshi xodimlari ustama oladilar
Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari pul ta’minotining 50%i miqdorida bir yil davomida moddiy ragʻbatlantiriladi.
Uy-joyni sotib olish uchun subsidiyalar berish muddati uzaytirildi
Subsidiya olish uchun 2020 yil 31 dekabrgacha taqdim etilgan arizalar boʻyicha subsidiyalarni berish muddati 2021 yil 1 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Hokim oʻrinbosarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi
Mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati har chorak yakuni boʻyicha mahalliy vakillik hokimiyati organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi.
Investitsiya loyihalari davlat hisobidan infratuzilma bilan ta’minlanadi
Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25%dan kam boʻlmagan loyihalari zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadi.
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallarning muomalada boʻlish sohasi qonun bilan tartibga solindi
Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallarning muomalada boʻlish sohasiga tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish, ushbu metallar hamda toshlarni qazib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar bilan bogʻliq operatsiyalar majmuini amalga oshirish kiradi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



