Byudjet tashkilotlari, tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilarga – olis tumanlarda ishlaganlik uchun qoʻshimcha toʻlovlar
Prezident tomonidan 11 yanvar kuni «Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomiliga oʻzgartirishlar kiritildi
Endi investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar hamda raqobatga oid ishlar iqtisodiy sudda koʻrib chiqiladi.
Nazorat tartibida ish yuritish bekor qilindi
Prezident tomonidan «Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.
Soliq toʻlovchilarning soliq xavfi darajalari aniqlandi
Vazirlar Mahkamasi Soliq xavfini boshqarish va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.
Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibi oʻzgartirildi
Gidrogeologik xulosa, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash, ulardan yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari qabul qilindi.
Ayollarga tadbirkorlik bilan shugʻullanishda koʻmak koʻrsatiladi
Xalq banki boʻlimlari 150 BHMgacha miqdorda kreditlarni 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga MBning asosiy stavkasi boʻyicha ajratadi. Kreditlar Xalq bankining filiallari tomonidan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
Namangan viloyatining 3 ta tumanida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi
Prezident qarori bilan Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarini bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga hamda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish belgilandi.
Eksportni ragʻbatlantirish agentligining funksiyalari kengaytirildi
Endi u tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy resurslar ajratishga koʻmaklashadi.
K.Behzod nomidagi institutga malakali kadrlar jalb etiladi
Institutning yangi vazifalari ham belgilandi, ular orasida - oʻqitishning maqsadli tizimini shakllantirish, atoqli ijodkor-rassomlarning «oʻquv-ijodiy ustaxonasi» tizimini joriy etish.
Mahalla xodimlari oliy ma’lumot olishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Dress-kodga rioya etilmaganda ishdan boʻshatish mumkinmi
Kompaniya xodimasi ishga lozim darajada kiyinib kelmaydi, bu holat muntazam davom etmoqda. Kiyinish odobini buzganligi uchun unga qanday choralarni qoʻllashimiz mumkin? Rahbar uni ishdan boʻshatishni talab qilyapti.
2021 yil uchun jamoa shartnomasi umumiy maketi ishlab chiqildi
Xususan, maketga «Koronavirus yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin choralari davrida xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar» deb nomlangan yangi boʻlinma kiritilgan.
Bosh vazir oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari oʻzgartirildi
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining faoliyati investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, EIZ va KSZni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
Avtomobil tashuvlarini nazorat qilishda nima oʻzgaradi
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
YHQ buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi oʻzgartirildi
YHQning buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ma’muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadigan hollar bilan toʻldirildi.
Sovuq suv boʻyicha tariflar oshiriladi
«Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ 24 yanvardan ichimlik suvi va shahar kanalizatsiyasidan foydalanganlik uchun tariflar oshirilishini ma’lum qildi.
Zamonaviy maktablar qurilishi qanday nazorat qilinadi
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish va ularda montaj ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi nizom qabul qilindi.
Oʻz ehtiyojlari uchun qurilishda QQS yuzaga keladimi
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻz ehtiyojlari uchun oʻz kuchi bilan ta’mirlash pardozlash ishlarini bajardi. Bunday vaziyatda QQS hisoblash zarurmi?
4 va undan ortiq bolasi boʻlgan oila - koʻp bolali oila
Kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalar tomonidan uy-joy olish va ularga qoramol berish tartiblariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Senatorlar tomonidan 6 ta qonun ma’qullandi
6 yanvar kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
1 yanvardan nima oʻzgardi
Shu yil boshidan koʻp sonli NHH va amaldagi hujjatlarga tuzatishlar kuchga kirdi. Norma.uz portali 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlarning sharhini taqdim etadi.
QQSni qaytarishda nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda
Davlat soliq qoʻmitasi QQS summalarini qaytarish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Eksport qiluvchilarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish davom ettiriladi
Eksport qiluvchilarga moliyaviy koʻmak, avvalgidek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
«Gʻalaba bogʻi» majmuasi Jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
Mudofaa vazirligining «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Denov tadbirkorlik instituti moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi
Institutga sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini beriladi.
Tibbiyot xodimlari attestatsiyadan ochiq-oshkora oʻtkaziladi
Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translyatsiya qilinadi.
Qanday xizmatlari uchun oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻldirildi.
IMEI-kodni roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, «GSMA (Global System for Mobile Communication Association)», «import qiluvchi», «qora roʻyxat» tushunchasi kengaytirildi va toʻldirildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


