Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.12.18

Terminal va NKMni qayta sozlash: muqobil yoʻli boʻlmagan variant

2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtayotgan tadbirkorlar cheklarda QQSni ajratib koʻrsatish uchun terminal va NKMni qayta sozlash masalasini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishda davom etmoqdalar. Boshqa fikr-mulohazalar qatori, xorijiy tajribaning yuzaki tahliliga asoslangan xato fikrlarning ham guvohi boʻlmoqdamiz

18.12.18

TDYuUda tanlov: «xalqaro» huquqshunoslar gʻolib boʻlishdi

Toshkent davlat yuridik universitetida 3-kurs talabalari oʻrtasida mukofot fondi 40 EKIHni tashkil qilgan «Jinoyat ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi» tanlovi oʻtkazildi

18.12.18

Avtoni qisqa muddatli ijaraga berish: tartib belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 yildagi 1015-son qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.12.18

Oʻzbekiston orqali tranzitga – «yashil chiroq»

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1022-son qarori bilan davlatimiz hududi orqali tranzit oʻtishga doir ayrim qoidalarga tuzatishlar kiritildi

18.12.18

FHDYo organlari gerbli guvohnomalarni qanday toʻldiradilar

Adliya vazirining buyrugʻi (13.12.2018 yilda 3098-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran toʻldirishning yangi qoidalari kuchga kiradi

18.12.18

Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari qanday roʻyxatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 yildagi 1010-son qarori bilan Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi

17.12.18

Alkotester yordamida mast holatdagi haydovchilarga bayonnoma rasmiylashtiriladi

Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (14.12.2018 yilda 3099-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi

17.12.18

Yana bitta qonun ma’qullandi, boshqa masalalar koʻrib chiqildi

2018 yil 14 dekabr kuni Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisi ishini yakunladi

17.12.18

«Xorijlik»lar tonirovka uchun qanday haq toʻlaydi

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartib-taomilini nazarda tutadigan idoraviy hujjat qabul qilindi

17.12.18

Fargʻona vodiysida qoʻshimcha 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Ular viloyatning Fargʻona shahrida, shuningdek Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 12.12.2018 yildagi 1007-son qarorida nazarda tutilgan

17.12.18

Texnik reglament sertifikatlashtirish majburiyligini talab qiladi

Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4059-son qarori bilan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish uchun qoʻshimcha asos joriy etildi

17.12.18

Natalya Krasilnikova: «director.uz da oʻqiganimdan keyin rahbar bilan muomala qilishim osonlashdi»

Natalya Krasilnikova direktor.uz dagi kichik va xususiy biznes sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha oʻquv kursini tugatib, barcha dasturlardan muvaffaqiyatli oʻtganini tasdiqlovchi hujjat – sertifikat olganlardan. U norma.uz portaliga bergan intervyusida qoʻlga kiritgan bilimlari asqotganligi haqida soʻzlab berdi

17.12.18 NHH loyihalari
17.12.18

Firma ochilishi zahoti kichik biznesni tekshirishga ruxsat beradilar

«Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqamiz

14.12.18

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish xizmatining eng yaxshi xodimlari mukofotlanadi

"Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish a’lochisi" koʻkrak nishoni Vazirlar Mahkamasining 11.12.2018 yildagi 1004-son qarori bilan ta’sis etildi

14.12.18

Artyom Semyonov: «Vir.uz tizimida buxgalterlar uchun boshqa ixtisosliklar boʻyicha analoglar paydo boʻlsa, ma’qul boʻlar edi»

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgach, Artyom Semyonov moliya menejeri boʻlishga qaror qildi. U «ishlab chiqarish buxgalteri» ixtisosligi boʻyicha bir.uz tizimi diplomini oldi va maqsadiga erishish yoʻlida harakatlanishda davom etmoqda. Bugun uni savolga tutdik

14.12.18

QQS tufayli narxlar oshmasligi uchun nima qilish kerak

QQS bilan bogʻliq shu va boshqa dolzarb savollarga javobni, shuningdek amaliy tavsiyalarni 17 va 24 dekabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan treningda olish mumkin

14.12.18

“Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etish boʻyicha loyiha tasdiqlandi

Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4060-son qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etish ma’qullandi

14.12.18 NHH loyihalari
14.12.18

Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilinmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi QHTBT portalida Prezidentning qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan farmoni va qarori loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi

14.12.18

Davlat xizmatchilari hukumat mobil aloqasidan foydalanishga majbur boʻladilar

Prezidentning 13.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi

14.12.18

"Elektron hukumat"ni rivojlantirish boʻyicha loyihalar toʻxtatib qoʻyildi

“Elektron hukumat” tizimini boshqarish boʻyicha funksiyalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga oʻtkazilganligi vaqtinchalik choraga sabab boʻldi (Prezidentning 13.12.2018 yildagi Farmoni)

14.12.18

Senatorlar 2019 yilgi Davlat byudjetini qabul qildilar va 17 ta qonunni ma’qulladilar

2018 yil 13 dekabr kuni Toshkentda Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisi ish boshladi

13.12.18

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish: yangi qoidalar

Prezidentning 12.12.2018 yildagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

13.12.18 NHH loyihalari
13.12.18

Keyingi yili alkogol qanchaga oshadi

Alkogolli mahsulotlar uchun yangi eng kam narxlar koʻrsatilgan loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan

13.12.18

Sportning texnik va amaliy turlari ommabop boʻladi

Avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalar gʻoliblariga OTMga kirish boʻyicha imtiyozlar taqdim etildi

13.12.18

Yongʻin xavfsizligi tekshiruvlari qachon oʻtkaziladi

Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi

13.12.18

Shakar ishlab chiqaruvchilarga QQS boʻyicha berilgan imtiyoz muddati bir yilga uzaytirildi

Prezidentning 16.01.2018 yildagi «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5303-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi

13.12.18

2019 yildan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga – 100 foiz pensiya

Prezidentning 12.12.2018 yildagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

13.12.18

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tashkil etildi

Idora "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari negizida tashkil etildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.