22 noyabrdan sovuq suv narxi oshiriladi
1 kubometr suv uchun tarif 280 soʻmni, oqava suv chiqarish uchun – 235 soʻmni tashkil etadi
Yirik baliqchilik klasterlari barcha soliqlardan ozod etiladi
Prezidentning 6.11.2018 yildagi «Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Biznes uchun ruxsat beruvchi hujjatlar roʻyxati 144 bandgacha qisqartirildi
Endi erkin ravishda toʻlov tarmoqlarini yaratish, tashqi reklamani joylashtirish mumkin, biznes uchun yer olishda esa kamroq hujjatlar talab etiladi (VMning 29.10.2018 yildagi 884-son qarori).
OʻzRTXB Qozogʻistonda savdo maydonchasini ochdi
Birja savdolarining elektron tizimiga (BSET) ulangan “OʻzRTXB” AJning xorijdagi savdo maydonchasi ish boshladi
Xronometrajda yangilik: biznes uchun salbiy oqibatlar
Yozgi ta’til davrida oʻquv muassasasi yaqinidagi savdo korxonasining tushumi kamayib ketdi. Soliqchilar... oktyabrda, ya’ni oʻquv yili qizgʻin pallaga kirgan hamda savdo avjiga chiqqan paytda xronometraj oʻtkazdilar. Bu qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida sharhimizda bayon qilamiz
Oliy kurslarda bojxona menejerlari tayyorlanadi
Oliy harbiy bojxona instituti Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi (2.11.2018 yildagi PQ–3995-son qaror). U DBQ xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim hamda ilmiy-metodik muassasa hisoblanadi
Deputatlar tashqi siyosat sohasidagi qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Gap yangi tahrirdagi «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida»gi Qonun va «Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi xususida
2019 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
1 yanvardan boshlab statistika sohasida 108 ta hisobot shakli qoʻllaniladi (31.10.2018 yilda 3083-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan). Ushbu sharhda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tafsilotlar berilgan
Xodim qancha maosh olishi kerak?
Shartnomada va xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda shunday deb yozilgan: «Shtat jadvaliga koʻra haq toʻlanadi». Aslida Mehnat kodeksiga muvofiq qanday yozilishi kerak? Bu savolga ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi. «Norma» PRMda 2018 yil 12 noyabrda boshlanadigan kadrlar ishini yuritish boʻyicha oʻquv kursi doirasida boshqa koʻp uchraydigan xatolarni ham koʻrib chiqadi
2019 yilda byudjet xarajatlarining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladi
3 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda 2018 yilning kutilayotgan yakunlari hamda 2019 yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi, Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi
SSP huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etilmoqda
Prezidentning 2018 yil 5 noyabrdagi tegishli qarori imzolandi
Reyestr endigina toʻldirilayotganda
Mamlakatimizda onlayn NKMni joriy etishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Barchaning e’tibori fiskal ma’lumotlarni uzatish texnologiyasini tanlashga qaratilgan. Yangi texnologiyalarga oʻtish jarayonida savdo uskunalari taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi, shuningdek uni bartaraf etish yoʻllari haqida ham oʻylab koʻrish kerak. Ushbu materialda ana shular xususida batafsil soʻz yuritamiz
Koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini barcha hisobga qoʻydirishi shart!
DSQning tushuntirish berishicha, koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini jismoniy va yuridik shaxslar hisobga qoʻydirishlari kerak
Gaz tarmoqlari va isitish tizimlari xavfsizligi nazorat ostida
Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi 901-son qarori bilan aholi tomonidan isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
IIV Axborot markazi tugatildi, vazifalarining bir qismi prokuraturaga berildi
Prezidentning 31.10.2018 yildagi «Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5566-son Farmoni e’lon qilindi
«Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yordamida buxgalterlarning yangi avlodi oʻsib kelmoqda
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotidan «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» yanada qulay tus oldi. Endi uning oʻzbekchasini sotib olish mumkin. Tarjima qilingan nashrning birinchi jildi sotuvda, ikkinchisi bosmadan chiqarilmoqda, biroq unga oldindan buyurtma berish mumkin
10 noyabrdan ayrim davlat boji stavkalari oʻzgaradi
Oʻzgartirishlar otalikni tan olish (belgilash) toʻgʻrisidagi arizalar, nikoh shartnomalari, aliment toʻlash haqida kelishuvlar, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma, ijaraga berish, qarz va kafillik shartnomalariga daxl qilgan
Elektr energiyasiga tariflar bosqichma-bosqich oshiriladi
Dastlabki indeksatsiyalash 2018 yilning 16 noyabrida, ikkinchisi esa – 2019 yilning 1 iyunida amalga oshiriladi
Propiska qilish haqida iltimosnoma kiritish huquqiga ega organlar soni 73 tagacha oshdi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassislari poytaxt va poytaxt mintaqasida propiska qilinishlari mumkin (VMning 1.11.2018 yildagi 900-son qarori)
«Angro» mahsulotlari dorixonalarda qanday realizatsiya qilinadi
Dorixona sharoitida «angro» mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 2 fevraldan kuchga kiradi
Tabiiy gaz narxlari ikki marta oshiriladi
Barcha iste’molchilar uchun gaz tariflari 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshadi. Yunusobod tumanida 2019 yil boshidan tabiiy gazning maishiy iste’molchilari bilan oʻzaro hisoblashishning yangi sxemasini joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanadi
Valyuta omonatlarini qanday koʻpaytirish mumkin
2018 yil noyabr holatiga koʻra xorijiy valyutalardagi omonatlar boʻyicha bank takliflari sharhini e’tiboringizga havola qilamiz
Ai-80 benzini 5%ga qimmatlashadi
2018 yil 16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisining yangi chakana narxlari belgilandi. Adliya vazirligi Telegram orqali shunday xabar berdi
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xodimlari uchun poytaxt propiskasi «ochiq»
Endi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi ham oʻz xodimlarini poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
KPK vositasida haq toʻlash: hisobvaraq-faktura kerakmi
Prezidentning 30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmonining korporativ plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rasmiylashtirishning yangi tartibi toʻgʻrisidagi normalarini tahlil qilamiz
Xorijiy hamkorlar bilan investitsiya shartnomalari boʻyicha ijro intizomi kuchaytiriladi
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi
Biznes yoʻllarni obodonlashtirishda davlatga koʻmaklashadi
Tadbirkorlar trassalarni yoʻl harakatini monitoring qiluvchi integratsiyalangan tizimlar bilan jihozlash, ular boʻylab avtomobillar vaqtincha saqlanadigan joylarni, haydovchi va yoʻlovchilar dam oladigan joylarni, mashinalarga xizmat koʻrsatish va ta’mirlash servis markazlarini qurish bilan shugʻullanadilar
Sudyaning hayoti va sogʻligʻi sugʻurtalandi
Vazirlar Mahkamasining 27.10.2018 yildagi 879-son qarori bilan sudyalarning hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


