Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
15.09.18

Qolipli non bozor narxida sotiladi, kam ta’minlanganlarga EKIHning 10%i miqdorida kompensatsiya toʻlanadi

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ta’minlanadi. Vazirlar Mahkamasi 13.09.2018 yilda 731-son bilan tegishli qarorni qabul qildi

15.09.18

Yer qa’ridan foydalanuvchilarning soliq toʻlashi ustidan nazorat kuchaytirildi

Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat byudjeti daromadlarini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi

15.09.18

Mehnat migrantlarini xorijga joʻnatish uchun litsenziya qanday olinadi

Vazirlar Mahkamasining 12.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 725-son qarori qabul qilindi

15.09.18

Sogʻliqni saqlash vazirligi statsionargacha tezkor tibbiy yordam koʻrsatishni takomillashtiradi

QHTBT portalida 2018–2024 yillarda tezkor tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi muhokama qilina boshladi

15.09.18 NHH loyihalari
15.09.18

5 yilda 278 ta namunaviy mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ana shunday tashabbus bilan chiqdi. Osonlashtirilgan sxema boʻyicha qurilish uchun yer, shuningdek imtiyozli kreditlar berish orqali xususiy investorlarni loyihaga jalb etish taklif qilindi

14.09.18

Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish taomiliga 20 daqiqa ketadi

Eski haydovchilik guvohnomasi qanday qilib yangisiga almashtiriladi? Nega amaliyotda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarorida koʻrsatilgan toʻliq boʻlmagan roʻyxatni taqdim etish talab qilinadi? Javoblar – ushbu sharhimizda

14.09.18 NHH loyihalari
14.09.18

Qanday tovarlarga ekologik yigʻim solish taklif etilmoqda

Ekologik yigʻimni undirish taklif etilayotgan tovarlar roʻyxati tuzildi, uni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ishlab chiqildi. Tegishli loyihalar (ishlab chiquvchi – Davlat ekologiya qoʻmitasi) QHTBT portalida joylashtirilgan

14.09.18

Qurilish normalari va qoidalari buzilishi qanday bartaraf etiladi

Ushbu sharhda «Obod mahalla» dasturini amalga oshirishning yuridik jihatlari haqida soʻz yuritamiz

14.09.18 NHH loyihalari
14.09.18

Oʻzbekiston mualliflik huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi koʻzda tutilmoqda

Mamlakatimizning mualliflik huquqi va fonogrammalarni ishlab chiqish borasidagi uchta xalqaro shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

14.09.18

Davlat avtovokzallari tarmogʻini rivojlantirish bilan yangi korxona shugʻullanadi

“Oʻzavtovokzal servis” DUK tashkil etildi. Korxona Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 15 ta davlat avtovokzallari va avtostansiyalarini boshqaradi

14.09.18

Suv xoʻjaligida AKT: onlayn-monitoring, mobil ilovalar

Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 yildagi 714-son qarori bilan suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

13.09.18

Fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar jinoyat ishiga qanday qoʻshiladi

Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan qarorlarda jinoyat ishlari boʻyicha dalillar maqbulligiga oid masalalar koʻrib chiqilgan va fuqarolik ishlarini koʻrishga tayyorlash tartibi belgilangan

13.09.18

Yangi soliq solish tizimi sharoitida biznes yuritish uchun qanday tayyorgarliklar koʻrish kerak?

Bu savolga javob topishda «Norma» professional rivojlanish markazi yordam beradi. Bu yerda kichik biznes vakillari uchun maxsus treninglar turkumi oʻtkazildi

13.09.18

6 ta mintaqada yangi yoʻllar va vodoprovod tarmoqlari quriladi

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (QAITJ) oʻrtasida imzolangan 30,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yoʻli va 198 km suv ta’minoti tarmogʻi quriladi

13.09.18

Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlariga soliq va bojxona imtiyozlari

“Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

13.09.18

Muhandislar-konsultantlar uyushmasi va ixtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda

Bu Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3939-son qarori bilan belgilangan

13.09.18 NHH loyihalari
13.09.18

Farmatsevtika sohasini rivojlantirishda olimlar faol ishtirok etadilar

Fanlar akademiyasi farmatsevtika sohasi uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

13.09.18

XUMSh uchun qishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqildi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi koʻp kvartirali uy-joy fondini kuzgi-qishki davrga (bundan keyin – KQD) oʻz vaqtida tayyorlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

13.09.18

Investitsiya loyihalari yangi qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi

Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

13.09.18 NHH loyihalari
13.09.18

Soliq organlari koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini qanday hisobga qoʻyadilar

QHTBT portalida jismoniy shaxslar oʻrtasida koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini soliq organlarida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilovchi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda

12.09.18

Koʻchmas mulk haqida onlayn bilib olish mumkin

davreestr.uz maxsus axborot portali tashkil etildi. Bu haqda sayt ishlab chiquvchisi «Geoinfokom» DUK Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi

12.09.18

Auditorlik tashkilotlari reytingi e’lon qilindi

Auditorlik xizmatlari sifatini yaxshilash va auditorlik tashkilotlari faolligini oshirish masalalariga bagʻishlangan konferensiya yakunlari chiqarildi

12.09.18

Toshkentda sovuq suvni vaqtincha oʻchirish amalga oshiriladi

«Suvsoz» DUK vodoprovodlarda bosimning pasayishi va jadval boʻyicha sovuq suv oʻchirilishi toʻgʻrisida ma’lum qildi

12.09.18

Maktab ta’limi – jahon tajribasiga tayanib

2018–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (5.09.2018 yildagi PQ–3931-son qaror) tasdiqlandi

12.09.18

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish nazorat qilinadi

Prezidentning 11.09.2018 yildagi qarori bilan Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tegishli hududiy guruhlar tashkil etildi

12.09.18 NHH loyihalari
12.09.18

Tovarlarni TIF TN kodlari boʻyicha tasniflash bilan sertifikatlangan ekspertlar shugʻullanadi

Tashqi savdo vazirligi ekspert tashkilotlari tovarlarni TIF TN kodlari boʻyicha tasniflash xizmatlarini koʻrsatishi reglamentini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

12.09.18

Davlat tashkilotlari yuriskonsultlarini kelishish tartibiga 5 ta oʻzgartirish

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864, 8.09.2018 y.) bilan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod kilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi tugrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

12.09.18 NHH loyihalari
12.09.18

Tekshiruvlar, xronometraj va kameral nazoratdan soliq organlariga koʻproq mablagʻ kelib tushadi

Soliqlarni qoʻshimcha hisoblash va ular boʻyicha jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushgan mablagʻlarni DSQ foydasiga qayta taqsimlash muhokama qilinmoqda. Hukumat qarorining tegishli loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.